Demografiy a


Xalqaro migratsiya. Xalqaro migratsiyaning iqtisodiy samaradorligi



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/114
Sana01.02.2022
Hajmi1,37 Mb.
#423608
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114
Bog'liq
demigrafiya.

Xalqaro migratsiya. Xalqaro migratsiyaning iqtisodiy samaradorligi. 
Aholi o‘zi yashab turgan 
mamlakatdan boshqa mamlakatlarga, qit‘alarga ko‘chib borsa bunday migratsiyani tashqi yoki xalqaro 
migratsiya deb ataymiz.
 
Aholining migratsion harakatiga ko‘plab omillar ta‘sir etishi mumkin. Ularga 
ijtimoiy: siyosiy, milliy, diniy, ekologik, harbiy va demografik omillarni kiritish mumkin. Umuman 
xalqaro migratsiyani olti guruhga ajratiladi:
 
1.Oilaviy va boshqa sabablarga ko‘ra, doimiy yashash maqsadida bir davlatdan ikkinchi 
davlatga ketgan emmigryntlar. 
2.Migrant mehnatkashlar. 
3.Nolegal immigrantlar. 
4.Qochoqlar. 
5.Studentlar, stajer-tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar 
va uqituvchilar. 
6. Turli maqsadda ko‘chib yuruvchilar turistlar, dam oluvchilar, anjumanlarga qatnashuvchilar 
va h.k. 
Hozirgi xalqaro migratsiyada asosiy o‘rinni mehnat migratsiyasi egallaydi. Chunki xozirgi 
davrda insonning yashaashi uchun iqtisodiy omilning ahamiyati kuchaydi. Dunyoda va uning alohida 
hududlarida jamiyat taraqqiyotining ma‘lum bir tarixiy davrlarida turli ijtimoiy guruhlaridagi 
migrao‘ion harakatni o‘rganishda migratsiya ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ayniqsa migratsiya 
jarayonini demografik nuqtai nazardan o‘rganilganda uning ko‘rsatkichlari atroflicha tahlil etiladi. 
Migratsiya ko‘rsatkichlari: 
1.Migratsiyaning absolyut va nisbiy son ma‘lumotlari. 
2.Migratsion harakatning intensivligi yoki koeffitsienti ma‘lum hududda yashovchi 
aholida har 100 kishiga to‘g‘ri keluvchi migrantlar soni). 
3.Migratsiya saldosi (bir yil davomida ko‘chib kelgan aholi bilan, ko‘chib ketgan ahotlining 
ayirmasiga) teng. 
Aholining bir ijtimoiy-iqtisodiy muhitdan ikkinchi muhitga o‘tishi uning demografik mayliga 
(nikohga kirish va oila qurishiga, oiladagi farzandlar soniga, oila mustahkamligiga munosabati va h.k.) 
bevosita ta‘sir etadi. Shuningdek, aholi migratsiyasi mehnat resurslari shakllanishida ham muhim 
omillardan hisoblanadi. Migrantlar oqimi aholining yosh jinsiy tarkibida o‘z aksini topadi. Mehnat 
resurslari ortib boradi. Natijada qator muammolar yuzaga keladi yoki aksincha mehnat resurslarining 
kamayib ketish hollari ham yuzaga kelishi mumkinki, bu ham muammolarga sabab bo‘ladi. 
BMT ma‘lumotlariga ko‘ra 2000 yilda dunyo bo‘yicha 175 million xalqaro migrantlar mavjud 
bo‘lgan. Bulardan deyarli 50 foizi ayollar, qariyib 4 millioni qochoqlardir. 1990 yildan 2000 yilgacha 
bo‘lgan davrda har 3/2 migrant SHimoliy Amerikaga to‘g‘ri kelgan. 1980 yilgacha kam rivojlangan 
davlatlarda xalqaro migrantlar umumiy sonining har 5/3 tasi o‘ta rivojlangan mamlakatlarda 
joylashgan. Bugungi kunda iqtisodiyot o‘ta muhim jglobal ahamiyatga ega bo‘lgan bir vaqtda 
migrantlar oqimi tobora jadallashmoqda. Ayniqsa, ishga jolashish, ish topish maqsadida ayol 
migrantlar miqdori oshib bormoqda. Xalqaro aholining almashinishi aholini jo‘ntuvchi (tranzit) va 
qabul qiluvchi hududlar uchun iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va demografik ta‘siri ahamiyatli 
bo‘ladi. 
Xalqaro migratsiyada aholi ko‘chib ketayotgan, ko‘chib kelayotgan migratsiya ohimini to‘g‘ri 
boshqarish muhim ahamiyatga ega. migratsiya natijasida noqonuniy odamlarni olib o‘tish va sotish, 
OITS infektsiyasini va boshqa kasalliklarni u davlatdan bu davlatga tashish kabi noxush holatlar 
tobora 
rivojlanmoqda. 
Shuningdek, 
rivojlangan 
davlatlardan 
rivojlanayotgan 
davlatlarga 
migrantlarning pul o‘tkazishi migratsiyaning iqtisodiy nuqtai-nazardan salbiy ko‘rinishidir. Malakali 
12
Alikhan Aman, Population migration in Uzbekistan (1998-1999). T., 2000. 84-бет. 


mutaxassislar va erkaklar migratsiyada ishtirok etish, ayollarning oilada xo‘jayin bo‘lib qolishiga va 
hatto oilalarning buzilishiga ham olib kelmoqda. 
Migrantlar tarkibini taxlilidan ularda asosan erkaklar va yoshlar ko‘plab qatnashishini 
ta‘kidlash lozim. Bolalar, ayollar va qariyalar yuqorida keltirilgan sabablar tufayli kamdan-kam 
yashash joyini o‘zgartiradi. 
Xalqaro migratsiyada ishtirok etib mamlakatimizga ko‘chib kelayotganlarning aksariyatini 
ishbilarmonlar, tadbirkorlar, ilmiy hodimlar, elchixona hodimlari tashkil etadi. Bular vaqt incha yashab 
keyin vataniga qaytib ketishadi. 
Kam sonli aholisi bo‘lgan davlatlar uchun tashqi migratsiya (ko‘chib ketish) demografik, 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xarakterga ega muammolarni keltirib chiqaradi. Respublikamiz 
aholisining xalqaro migratsiyadagi ishtiroki bunday munday muammolarga olib kelgani yo‘q. Ammo, 
zamonaviy xalqaro aholi migratsiyasi masshtabi borgan sari kengayar ekan ko‘p millatli aholisi 
bo‘ldgan O‘zbekiston uchun davlatlararo migratsiya sezilarli axamiyatga ega bo‘ladi. 
Manbalarda ko‘rsatilishicha 90-yillar boshida dunyo bo‘yicha 25 mehnatkash ishchi migrant 
ro‘yxatga olingan. Ularning yarmidan ortig‘i rivojlangan davlatlardn chiqqan bo‘lib 3/2 qismi 
industrial rivojlangan davlatlarga borib joylashgan. Xalqaro migratsiyada oxirgi yillari aholi o‘rtasida 
tabaqalanish kuchayganligi oqibatida noqonuniy migrantlar soni oshdi. Nelegal migrantlarning asosiy 
qismini yollanib ishlovchilar tashkil etmoqda. Bunday ishchi-migrantlar ko‘pchilik dvlatlar arzon 
ishchi kuchi sanaladi. 1990-yillardn keyin sobiq Ittifoq respublikalri aholisi ichida xuddiy shunday 
(nelegal) yashirin migratsiyada qatnashuvchi migrantlar soni ko‘paydi, ayniqsa, aholisi soni ko‘p, 
ishsizlik baland bo‘lgan hududlarda bu yanada o‘sdi. Yevropa, Osiyoning rivojlangan davlatlari, 
Rossiya (O‘rta Osiyo respublikalari uchun) asosiy immigratsiya davlatlari bo‘lib qoldi. 
Migratsiya jarayonini boshqarish, yo‘lga qo‘yish har bir davlat migratsiya siyosatining bosh 
vazifasidir. Demak, davlatlararo, davlat ichidagi aholining mexanik harakatini to‘g‘ri tashkil etish
malakali mutaxassislarni yo‘qotish oldini olish, mutaxassislarni almashishni amalga oshirish, mavjud 
mehnat resurslaridan foydalanish yo‘llarini izlab, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, aholi turmush 
darajasini ko‘trish bugungi kunda rivojlanayotgan davltlar oldidagi muammolardan hisoblanadi. 
Aholining mexanik harakati hudud ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyatni yaxshilashga xizmat 
qilmog‘i lozim. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish