katta ta‘sir ko‘rsatadi. Bu ta‘sir
nafaqat kichik, alohida aholi manzilgohlarid, balki yirik materik,
region, mamlakatlar doirasida ham seziladi. SHuniingdek, aholining mexanik harakati natijasida aholi
soni, zichligi, uning ko‘payishi ko‘rsatkichlari va demografik vaziyat ham o‘zgaradi. Bu o‘zgarish
salbiy va ijobiy tusga ega bo‘ladi.
Aholi migratsiyasining salbiy tomoni shundaki, migrantlar oqimi yo‘nalgan rayonlarda ko‘chib
kelganlar soni, ko‘chib ketganlar sonidan ortiq bo‘ladi. Aholi soni o‘sib boradi, yosh tarkibi, ko‘chish
jaryonlaridan faol ishtirok etuvchi yoshlar salmog‘iing yuqoriligi bilan farq qiladi.
Bu xol kelajakda
aholi ko‘chib kelayotgan regionlardagi demografik vaziyatni yaxshilashga va aholi tabiiy harakati
sur‘atlarining oshishiga imkon beradi. Bir paytlar O‘zbekistonning Mirzacho‘l, Qarshi cho‘llari
hududiga Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlaridan aholi ko‘chib kelib
joylashgan. Bu yuqorida keltirilgan holatlarga misol bo‘lishi bilan
birga yetishmayotgan mehnat
resursining ta‘minlanishiga ham yordam berdi.
Aholi ko‘chib ketayotgan hududlardan katta yoshdagi kishilar salmog‘ining kamayishi ro‘y
beradi. Natijada tug‘ilish nisbatan kamayadi, o‘lining o‘rtacha miqdori yuqori bo‘ladi, aholining o‘sish
sur‘atlari pasayadi yoki uning soni kamayib boradi. Aholining tabiiy harakati aholi ko‘chib ketgan va
aholi ko‘chib kelgan hududlarda bir-biridan keskin farq qiladi. CHunki har ikki jarayonda ham
aholining jinsiy, yosh tarkibida u yoki bu tarzda buzilishlar ro‘y beradi. Bu aholining tabiiy harakati
sur‘atiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Aholining jinsiy va yosh tarkibidagi, uning o‘sish sur‘atlaridagi
o‘zgarishlar, mehnat resurslarining keragidan ortib ketishiga yoki ularning yetishmasligiga olib keladi.
Umuman olganda, aholi migratsiyalari- bu mamlakatning turli hududlari va xalq xo‘jaligi tarmoqlari
o‘rtasida mehnat resurslarini qayta taqsimlanishining vositasidir. CHunki, asosan ma‘lum kasb
malakaga ega bo‘lgan kishilar ko‘chib yuradilar. Yangi qurilish va qishloq xo‘jalik
yerlari
o‘zlashtirilayotgan hududlarga malakali ishchi kuchi kelishi, ularning iqtisodiy rivojlanishini
tezlashtiradi, ishlab chiqarishning nisbatan mukammal texnika turlarini rivojlantirishga imkon beradi.
Migrantlar tarkibi ayrim hududlar aholisining madaniy darajasiga, bilimiga ta‘sir ko‘rsatadi,
etnik assimilyatsiya jarayonlarini va ko‘p tillikning tarqalishini belgilab beradi.
Turli xil etnik
guruhlarning aralashishi oqibatida yangi etnik birliklar paydo bo‘lishiga, ommaviy aholining ko‘chishi
yoki ko‘chirilishi sabab bo‘ladi. Masalan, respublikamizga Ulug‘ Vatan urushi yillari, 1966 yilgi
Toshkent zilzilasidan so‘ng ommaviy rusiyzabon millatig mansub kishilarning ko‘chib kelishi mintaqa
aholisining tarkibi, etnik tuzilishida o‘zgarishlarga sharoit yaratadi. Boshqa millat vakillari ko‘chib
kelgan hududlar, yangi o‘zlshtirilgan yerlar aholisi irqiy va milliy tuzilishiga ko‘ra xilma-xil bo‘ldi.
Aholi migratsiyalari ilgari odamlar yashamagan hududlarni aholi bilan ta‘minlashga va o‘zlashtirishga,
aholi tarqalgan yirik
yangi areallarni barpo etishga, mamlakat ayrim qismlari orasidagi iqtisodiy va
sotsial rivojlanish darajalarini tenglashtirishga imkon beradi. Bunda migratsiyalarning yo‘nalishlari
hududiy bo‘lgan iqtisodiy va sotsial vazifalarning hal etishga yordam berishi zarurdir. Migratsiya
jarayonlarini boshqarishda davlat migratsiyalar va ularning geografiyasi to‘g‘risidagi miqdoriy
ko‘rsatkichlardan kishilarning ko‘chib yurish sabablar haqidagi xilma-xil ma‘lumotlardan
foydalaniladi. Ana shu asosda aholining u yoki bu hududga migratsiyasini rag‘batlantiruvchi tadbirlar
ishlab chiqildi va amalga oshiriladi. Bu tadbirlar ko‘pincha katta harajat talab qiladi.
Migratsiyani
vujudga keltiruvchi sabablar qilib iqtisodiy, siyosiy va ixtiyoriy ko‘chib yurishlar ko‘rsatiladi.
Aytaylik ma‘lum bir hududda istiqomat qiluvchi aholi o‘zi yashab turgan joyga nisbatan yashash
darajasi ustun bo‘lagan hududga ko‘chib o‘tishni iqtisodiy sabb bilan bog‘laymiz. Davlat tuzumidagi
siyosiy vaziyat va undagi o‘zgarishlar, chegaralarning qayta ko‘rilishi oqibatida aholi
manzilgohlarining u yoki bu davlat chegarasiga o‘tish va hokazo sabablar aholining ko‘chib yurishiga
olib keladi. Bunga misol tariqasida sobiq Ittifoqning parchalnib har bir davlat
mustaqillikka erishuvi
millatlarning u davlatdan bu davlatga ko‘chib o‘tishini tezlashtiradi. Ko‘plab rusiyzabon kishilarning
o‘z ona vatanlariga qaytib ketishi, chet davlatlarga ko‘chib ketish hollari shular jumlasidandir.Uchinchi
sabab qilib turli xil baxtsiz hodisa, tabiiy sharoit, turmush tarzidagi noqulayliklar tufayli aholi ixtiyoriy
ravishda bir joydan- ikkinchi joyga ko‘chib o‘tadi. So‘nggi o‘n yilda migratsiya masshtabi
mamlakatimizda ham, mamlakatlararo ham kengayib u siyosiy ahamiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: