sotsial shart-sharoitlar bilan bog‘liq holda sodir etilishi qayd etilgan. Jamiyat
tarixiy rivojlanishi
jarayonida aholi takror barpo bo‘lishida chuqur o‘zgarishlar yuz berdi.1950 yillarga kelib, jamiyatda
demografik jarayonlar (nikoq, tug‘ilish va o‘limni) boshqarish jarayoni keng tarqaldi.
Jamiyat
taraqqiyotida ro‘y bergan yirik ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlar, Aholining demografik mayliga bevosita
ta‘sir etdi. Ayniqsa, qator davlatlarda Aholining farzandlar soniga bo‘lgan munosabati o‘zgardi.
Ko‘pbolalik o‘rnini o‘rtacha bolalik, kam bolalik egallay boshladi. Oilani ko‘p farzandga bo‘lgan
talabi asta-sekin urbanizatsiya jarayoni,
sanoatni rivojlanishi, ayollar bilim darajasini oshib borishi,
ijtimoiy qayotdagi o‘rnini o‘zgarib borishi bilan bog‘liq holda kamaya bordi. SHuningdek jamiyatda
ilm-fanning, ayniqsa tibbiyotning rivojlanishi, aholiga tibbiy xizmatning keng tarqalishi aholi o‘rtasida
o‘limni keskin kamayishiga, o‘rtacha umr ko‘rish davrini esa uzayishiga sabab bo‘ldi. Xomiladorlikni
oldini oluvchi vositalar xaqidagi bilimlar muntazam shakllanib bordi. Bu vositalarldan foydalanish, esa
keng tarqala boshladi. Qator davlatlarlda tug‘ilishni nisbati yuqori darajada saqlanib turishi, o‘limning
esa
keskin kamayishi, aholi sonini birdan o‘sib borishiga sabab bo‘ldi. Bu jarayon dunyodagi
rivojlanayotgan davlatlarda, ayniqsa 1960-1970 yillarda keskin tus oldi. Aholi sonini tez sur‘atlar bilan
ko‘payib borishini aholishunos olimlar «Demografik revolyutsiya» yoki «Demografik portlash» deb
atadilar. Aholining bunday tez sur‘at bilan ko‘payib borishi qar bir davlat uchun ijtimoiy iqtisodiy
muammolarni yuzaga keltirdi. Natijada ko‘pgina davlatlar o‘sib borayotgan
aholi sonini cheklashga
qarakat qildilar, «Tug‘ilishni nazorat etish» dasturi qabul qilindi va tug‘ilish jarayoni ekzogen (tashqi)
omillar ta‘sirida boshqarila boshlandi. Aholi takror barpo bo‘lishini tashkil etgan ikki asosiy jarayon
tug‘ilish va o‘limni boshqarilishi aholi takror barpo bo‘lish sur‘atini, o‘zgarishiga olib keldi. Aholi
takror barpo bo‘lishi bir turdan ikkinchi turga o‘ta boshladi. Ushbu xolni
yuqorida qayd etilganidek-
«demografik o‘tish», deb belgilandi. Demografik o‘tish jarayoni bosqichma-bosqich sodir bo‘ldi.
Muttaxassislar tomonidan demografik o‘tish to‘rt bosqichga ajratildi.
Birinchi bosqich. Bu bosqich rivojlangan mamlakatlarda XX asr o‘rtalarida kuzatildi. Unda
aholi o‘rtasida tug‘ilish va o‘lim xollari kamaya boshladi. Lekin o‘lim tug‘ilishga qaraganda juda tez
sur‘at bilan kamayadi. Ba‘zi davlatlarda esa tug‘ilish deyarli kamaymaydi. Natijada Aholining tabiiy
o‘sishi juda yuqori darajada bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich. O‘limning kamayishi jarayoni davom etadi va kamayishi eng kulminatsion
nuqtaga yetadi. Tug‘ilishning kamayish sur‘ati esa jadallashadi.
Natijada, aholi tabiiy o‘sishi
sekinlasha boradi.
Uchinchi bosqich. Ushbu bosqichda yuqori bosqichlarda ro‘y bergan tug‘ilishni va o‘limni
kamayishi, aholi o‘rtacha umr ko‘rishi muddatini uzayishi natijasida aholi tarkibida qariyalar salmog‘i
ko‘payib boradi. Bu xol o‘lim xolatini ko‘payib borishiga olib keladi. Tug‘ilish yana ham kamayib
boradi va oddiy aholi takror barpo bo‘lishi sodir bo‘ladi. Ya‘ni netto koeffitsient 1 ga tenglashadi.
Boshqacha qilib aytganda. Qar bir ona o‘z o‘rniga faqat bittadan qizni-bo‘lajak onani qoldiradi holos.
Bu bosqichda aholi yosh tarkibida stabillashuv to‘liq kuzatilmaydi. Aholi tarkibida o‘lim xollari kam
bo‘lgan guruq-yoshlar sallmog‘i nisbatan baland bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqichda o‘lim hollari yuqori darajada bo‘ladi. O‘lim va tug‘ilish
koeffitsientlari
tenglashadi. Demografik stabillashuv jarayoni tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: