36.
Poligam oila shakli - bir ayol yoki erkakning ikki va undan ortiq oila (nikoh) qurishi.
37.
Reproduktiv – organizmning o‘ziga o‘xshash organizmlarni yaratishi, ko‘paytirishi
38.
Reproduktiv ma‘yl – organizmning o‘ziga o‘xshash organizmlarini yaratishi yoki
ko‘paytirish xohishi, ehtiyoji.
39.
Reemigratsiya – migrantlarning turg‘un turishi uchun o‘z vataniga qaytib kelishi.
40.
Standartlash (standart) – me‘yor, namuna, o‘lcham – keng ma‘noda boshqa ob‘ektlarni
taqqoslash uchun dastlabki ob‘ekt deb qabul qilingan namuna, model.
41.
Suburbanizatsiya - yirik shaxarlarning o‘z atrofi bilan
birgalikda tez rivojlanib, asosiy
yirik shahar bilan uning atrofi aholisining qayta taqsimlanish
jarayoni yoki yirik shaxar
markaziga nisbatan uning atrofi aholisining tez o‘sish jarayoni.
42.
Tashqi migratsiya – aholini ikki davlat o‘rtasida ko‘chib yurishi.
43.
Urug‘ - kishilarning urf-odatlari, an‘analari, ho‘jalik yuritishi va madaniyati juda yaqin
bo‘lgan birligi bo‘lib, u ibtidoiy jamoa tuzumida vujudga kelgan.
44.
O‘lim ko‘rsatkichi-o‘lganlar sonining har 1000 kishiga nisbatan hisoblanishi.
45.
Urbanizatsiya - mamlakat yoki mintaqa aholisining sonida shaxar aholisining salmog‘i
va shaxarcha yashash tarzining rivojlanish jarayoni.
46.
Xristian dini - yangi eranining birinchi asri ikkinchi
yarmida Rim impereyasining
sharqida paydo bo‘lgan. Uning asosiy yo‘nalishlari: katolik, protestant va provaslav.
47.
Qabila – odamlar etnik birligining ikkinchi bosqichi bo‘lib, u ikki urug‘larning
qorishishi (aralashuvi) natijasida paydo bo‘lgan ibtidoiy jamiyatning mahsulidir.
48.
Xalq - aholining eng yuqori etnik bosqichi bo‘lib, ma‘lum bir hududda yashayotgan
turli millat va elatlarning aralashuvi va yagona maqsad hamda intilishga ega bo‘lgan
kishilar
jamiyatidir. Jumladan, AQSH, Rossiya,
Germaniya, O‘zbekiston xalqi va boshqalar.
O‘zbekiston halqi 120 dan ortiq elat va millat vakillari yagona maqsad sari ahil
yashamoqdalar.
49.
Shaxar aglomeratsiyasi - shaxarlarning gurux bo‘lib
rivojlanishi, shaxar aholi
punktlarining hududiy jihatidan bir-biri bilan qo‘shilib ketishi
yoki bir biriga yaqin
joylashishi. CHet el adabiyotlarida shaxar aglomeratsiyasi konurbatsiya deb ataladi.
50.
Etnogenez - xalqlarning kelib chiqishi, paydo bo‘lishi.
51.
Etnografiya - aholining turmush tarzi,
madaniyati, urf odatlari, an‘analari,
oilaviy
munosabatlari va boshqa etnik xususiyatlarini o‘rganadi.
52.
Emmigratsiya – fuqorolarning bir mamlakatdan boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketishi.
53.
Elat - kishilarning etnik birligini uchinchi bosqichi bo‘lib, qator urug‘ va qabilalarning
o‘zaro aralashuvi mahsuli bo‘lib, u quldorlik, asosan feodalizm jamiyatida paydo bo‘lgan.