yanada aholi soning kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Rossiyaga ko‘chib kelayotgan immigrantlar O‘rta
Osiyo respublikalari va Qozog‘istondandir.
O‘zbekistondan ham xorijga, Rossiyaga va boshqa hududlarga turli maqsadlarda migratsiyada
ishtirok etib chiqib ketayotganlar hammamizga ma‘lum. Respublikamizdan chiqib ketayotgan
emigrantlar tarkibida birinchidan bir vaqtlr kelib qolgan rusiyzabon millatga mansub kishilar, ularning
farzandlari yana vatanlariga qaytishmoqda. Ikkinchidan yahudiylar,
nemislar, greklar, qozoqlar,
mesxeti turklar o‘z ona yurtlariga yoki boshqa davlatlarga ko‘chib ketishmoqda. Bunday migratsiyani
etnik migratsiya deb ham atash mumkin. Uchinchidan, mahalliy millat vakillari (o‘beklar) ichidan ham
ish izlab, o‘qish yoki qarindoshlari orqali boshqa joylarga borib yashash maqsadlarida tashqi
migratsiyada faol ishtirok etishmoqdaki- bu ommaviy mehnat migratsiyasi hisoblanadi. Ushbu
migratsiyada ishtirok etayotganlar vaqtincha va doimiy yashash uchun ketishadi. O‘zbekiston
aholisining xalqaro migratsiyadagi ishtiroki ko‘proq chetga ko‘chib ketuvchilar hisobiga bo‘lib
migratsiya salьdosi manfiy tus olgan. Xalqaro migratsiyada ishtirok etib mamlakatimizga ko‘chib
kelayotganlarning
aksariyatini ishbilarmonlar, tadbirkorlar, ilmiy hodimlar, elchixona hodimlari
tashkil etadi. Bular vaqtincha yashab keyin vataniga qaytib ketishadi.
Xalqaro migratsiya jarayoni
bilan birga mahalliy ichki migratsiya ham respublikada mustaqillik yillari ancha jonlandi. Ichki
migratsiyada qishloqdan-shaharga va shahardan-shaharga yo‘nalishlari bo‘yicha aholi harakati
kuchaydi. Ya‘ni qishloq joylarda ba‘zi korxona va xo‘jaliklardagi ishlarning to‘xtab qolishi aholining,
ayniqsa yoshlarning ish izlab markaz shaharlarga qatnoviga olib keldi. Umuman O‘zbekiston uchun
ichki migratsiyada vaqtincha yashash joyini o‘zgartiradiganlar va mayatniksimon migratsiyada ishtirok
etadiganlar hamma davrlarda ustun bo‘lib kelgan. SHaharlar o‘rtasidagi aholi almashinishi ham kichik
shaharlarda yashovchilarning yirik shaharlarga ko‘chishi hisobiga ancha katta.
Mamlakat aholisini
xalqaro va ichki migratsiyada ishtirok etishini ham salbiy, ham ijobiy tomonlrga egaligini yuqorida
keltirib o‘tgandik. O‘zbekiston uchun chet davlatlarga ko‘chib ketayotganlar ichidagi yetuk
mutaxassislar katta yo‘qotish hisoblanadi. Ayniqsa, fan, maktab, sog‘liqni saqlash, huquq sohasidagi
malakali yetuk mutaxassislar shular jumlasidandir.
Kam sonli aholisi bo‘lgan davlatlar uchun tashqi migratsiya (ko‘chib ketish)
demografik,
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xarakterga ega muammolarni keltirib chiqaradi. Respublikamiz
aholisining xalqaro migratsiyadagi ishtiroki bunday munday muammolarga olib kelgani yo‘q. Ammo,
zamonaviy xalqaro aholi migratsiyasi masshtabi borgan sari kengayar ekan ko‘p millatli aholisi
bo‘ldgan O‘zbekiston uchun davlatlararo migratsiya sezilarli axamiyatga ega bo‘ladi. Manbalarda
ko‘rsatilishicha 90-yillar boshida dunyo bo‘yicha 25 mehnatkash ishchi migrant ro‘yxatga olingan.
Ularning yarmidan ortig‘i rivojlangan davlatlardn chiqqan bo‘lib 3/2 qismi
industrial rivojlangan
davlatlarga borib joylashgan. Xalqaro migratsiyada oxirgi yillari aholi o‘rtasida tabaqalanish
kuchayganligi oqibatida noqonuniy migrantlar soni oshdi. Nelegal migrantlarning asosiy qismini
yollanib ishlovchilar tashkil etmoqda. Bunday ishchi-migrantlar ko‘pchilik dvlatlar arzon ishchi kuchi
sanaladi. 1990-yillardn keyin sobiq Ittifoq respublikalri aholisi ichida xuddiy shunday (nelegal)
yashirin migratsiyada qatnashuvchi migrantlar soni ko‘paydi, ayniqsa, aholisi soni ko‘p, ishsizlik
baland bo‘lgan hududlarda bu yanada o‘sdi. Yevropa, Osiyoning rivojlangan davlatlari, Rossiya (O‘rta
Osiyo respublikalari uchun) asosiy immigratsiya davlatlari bo‘lib qoldi.
Migratsiya
jarayonini boshqarish, yo‘lga qo‘yish har bir davlat migratsiya siyosatining bosh
vazifasidir. Demak, davlatlararo, davlat ichidagi aholining mexanik harakatini to‘g‘ri tashkil etish
malakali mutaxassislarni yo‘qotish oldini olish, mutaxassislarni almashishni amalga oshirish, mavjud
mehnat resurslaridan foydalanish yo‘llarini izlab, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish,
aholi turmush
darajasini ko‘trish bugungi kunda rivojlanayotgan davltlar oldidagi muammolardan hisoblanadi.
Aholining mexanik harakati hudud ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyatni yaxshilashga xizmat
qilmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: