mutaxassislar va erkaklar migratsiyada ishtirok etish, ayollarning oilada xo‘jayin bo‘lib
qolishiga va
hatto oilalarning buzilishiga ham olib kelmoqda.
Migrantlar tarkibini taxlilidan ularda asosan erkaklar va yoshlar ko‘plab qatnashishini
ta‘kidlash lozim. Bolalar, ayollar va qariyalar yuqorida keltirilgan sabablar tufayli kamdan-kam
yashash joyini o‘zgartiradi.
Xalqaro migratsiyada ishtirok etib mamlakatimizga ko‘chib kelayotganlarning aksariyatini
ishbilarmonlar, tadbirkorlar, ilmiy hodimlar, elchixona hodimlari tashkil etadi. Bular vaqt incha yashab
keyin vataniga qaytib ketishadi.
Kam sonli aholisi bo‘lgan davlatlar uchun tashqi migratsiya (ko‘chib ketish) demografik,
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xarakterga ega muammolarni keltirib chiqaradi.
Respublikamiz
aholisining xalqaro migratsiyadagi ishtiroki bunday munday muammolarga olib kelgani yo‘q. Ammo,
zamonaviy xalqaro aholi migratsiyasi masshtabi borgan sari kengayar ekan ko‘p millatli aholisi
bo‘ldgan O‘zbekiston uchun davlatlararo migratsiya sezilarli axamiyatga ega bo‘ladi.
Manbalarda ko‘rsatilishicha 90-yillar boshida dunyo bo‘yicha 25 mehnatkash ishchi migrant
ro‘yxatga olingan. Ularning yarmidan ortig‘i rivojlangan davlatlardn chiqqan bo‘lib 3/2 qismi
industrial rivojlangan davlatlarga borib joylashgan. Xalqaro migratsiyada oxirgi yillari aholi o‘rtasida
tabaqalanish kuchayganligi oqibatida noqonuniy migrantlar soni oshdi. Nelegal migrantlarning asosiy
qismini yollanib ishlovchilar tashkil etmoqda. Bunday ishchi-migrantlar ko‘pchilik dvlatlar arzon
ishchi kuchi sanaladi. 1990-yillardn keyin sobiq Ittifoq respublikalri aholisi
ichida xuddiy shunday
(nelegal) yashirin migratsiyada qatnashuvchi migrantlar soni ko‘paydi, ayniqsa, aholisi soni ko‘p,
ishsizlik baland bo‘lgan hududlarda bu yanada o‘sdi. Yevropa, Osiyoning rivojlangan davlatlari,
Rossiya (O‘rta Osiyo respublikalari uchun) asosiy immigratsiya davlatlari bo‘lib qoldi.
Migratsiya jarayonini boshqarish, yo‘lga qo‘yish har bir davlat migratsiya siyosatining bosh
vazifasidir. Demak, davlatlararo, davlat ichidagi aholining mexanik harakatini to‘g‘ri
tashkil etish
malakali mutaxassislarni yo‘qotish oldini olish, mutaxassislarni almashishni amalga oshirish, mavjud
mehnat resurslaridan foydalanish yo‘llarini izlab, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, aholi turmush
darajasini ko‘trish bugungi kunda rivojlanayotgan davltlar oldidagi muammolardan hisoblanadi.
Aholining mexanik harakati hudud ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyatni yaxshilashga xizmat
qilmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: