DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 15 -
Kanada - Kanada nomi lavrentiyalik irokez qabilasi tilidagi kanata sozidan
olingan (tarj. 'qishloq', 'manzilgoh'). 1535-yilda hozirgi Kvebek sharhi hududida
yashagan hindu qabilalari fransuz tadqiqotchisi Jak Kartyega shu atrofdagi Stadakon
qishlog'iga yo’nalish berish uchun shu so’zni ishlatgan. 1545-yildan yevropaning kitob
va xaritalarida bu nom Sent-Lovrens daryosi havzalariga nisbatan ishlatish
boshlangan. 1791_yilida Buyuk Britaniya hozirgi Kanada hududlarini egallagach bu
hududlarga umumiy qilib Kanada nomini ishlatishni boshlagan va bu nom hozirgacha
saqlanib qolgan.
Keniya - Keniya tog’i sharafiga. Bu tog' Kikuyu tilida Kere-Nyaga (tarj. oq tog’)
deb ataladi. Buyuk Britaniya mustamlakasi davrida mamlakat dastlab Sharqiy Afrika
Protektorati deb atalgan. Rasmiy nomi 1920-yilda Keniyaga o'zgartirildi.
Kipr - bir taxminga ko’ra, shu hududda joylashgan mis konlari sharafiga
shunday nomlangan (lotincha "cuprum" so’zidan). Boshqa bir taxminga ko’ra, orolda
o’sadigan kiparus (ignabargli o'simlik turi) sharafiga nomlangan.
Kiribati - bu orollarga ingliz kapitani Tomas Gilbert sharafiga Gilbert orollari deb
nom berilgan. Bu nom mahalliy tilda "Kiribati" deb talaffuz qilinadi va bu nom
mamlakat nomiga asos bo’lgan.
Kolumbiya - Xristofor Kolumb sharafiga
Komor orollari - arab tilidan "Juzur ul-qomar" (
رمقلا رزج ) – “oy orollari”
Kongo - mahalliy xalq tilidan so'zma-so'z "ovchilar" degan ma'noni anglatadi.
Hozirda Afrikada Kongo nomli 2 ta davlat bor: Kongo Respublikasi va Kongo
Demokratik Respublikasi. Bu davlatlar tarixiga biroz to‘xtalsak. Dastlab Kongo
Respublikasi.
Kongo daryosining o’ng sohilidagi yerlarni 1883-yilda Pyer de Brazza
rahbarligidagi fransuzlar egallaydi ( mamlakat poytaxti Brazzavil uning nomiga
qo’yilgan). Bu hudud 1886-1947-yillarda Fransiya Ekvatorial Gvineyasi tarkibida bo’ldi.
1947-yildan Fransuz dengizorti hududi deb nomlandi. 1958-yilda Fransuz
hamjamiyati tarkibida avtonomiyani qo’lga kiritdi. 1960-yilda mustaqillikka erishdi.
Mamlakat nomi Kongo Respublikasi bo’lib qoldi.
Kongo daryosi havzasining katta qismini 1885-yilda Belgiya mustamlakaga
aylantirgan edi. Bu hududlar 1885-1908-yillarda Belgiya qiroli Leopold II ning xususiy
mulki bo’lgan va bu hududlarda uning qattiq diktaturasi o’rnatilgan. 1908-yilda u bu
hududni Belgiya hukumatiga sotadi. Natijada bu hududlar Belgiya mustamlakasiga
aylanadi va Belgiya Kongosi nomini oladi. 1960-yilda Patrik Lulumba boshchiligida
mamlakat mustaqillikni qo’lga kiritdi va Kongo Respublikasi nomini oladi. Bu paytda
fransuz mustamlakasi bo’lmish hudud ham o’ziga Kongo Respublikasi nomini olgan
edi. Biroz vaqt davomida bu davlatlar o'z poytaxtlari nomi bilan farqlanib turdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |