DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 23 -
"Ozarbayjon" toponimi qadimgi Atropatena yoki Midiya Atropatenasi davlati
nomidan kelib chiqqan. Midiya Atropatena (forscha Mad-i Aturpatkan, Midiya
Atropatova) yoki shunchaki Atropatena deb Aleksandr Makedonskiy istilosidan keyin
ahamoniylarning Midiyadagi so'nggi satrapi bo'lgan Atropat (Aturpatak) Midiya
shimoliy qismida tuzgan podsholik atala boshlangan. Atropat nomi qadimgi fors
tiliidagi «Āturpāt» - o'tga sig'inuvchi ruhoniy (so'zma-so'z "olov qo'riqchisi") so'zidan
kelib chiqqan. Atropatenada haqiqatan ham ko'plab zardushtiylik ibodatxonalari bor
edi, ularda olov yonib turardi. "Aturpatkan" nomidan o'rta asr forsiy tilida
"Aderbadgan" (forscha Âzarâbâdagân) deb talaffuz qilingan va keyinchalik bu
nomdan hozirgi Ozarbayjon nomi kelib chiqqan.
XIX asr Ozarbayjon tarixchisi Abbos Quli Aga Bakixanov "Ozarbayjon" so'zining
kelib chiqishini bu mintaqadagi arab xalifaligiga qarshi Eron Xurramiylari qo'zg'olonini
boshqargan mashhur sarkarda Bobak nomi bilan bog'lagan. Bakixanov o'zining
"Gulistoni Iram" asarida shunday yozgan: "Aftidan, Ozarbayjon nomi, arablar
Azerbabejan deb talaffuz qiladigan "Azer-Babegan" so'zidan kelib chiqqan. Bu so'z
"Bobak olovi" degan ma'noni anglatadi". Qanday bo'lmasin, olovga sig'inish hozirda
biz Ozarbayjon deb ataydigan hududda boshlangan.
P
Pokiston - bu nomni ilk bor 1933-yili mustaqillik harakati faoli hisoblangan
Rahmat Ali o'zining "Hozir yoki hech qachon" nomli broshurasida "i" harfisiz qo'llagan
("Pokstonda yashovchi 30 million musulmon birodarlar..."). Bu nomni Britaniya
Hindistonining Panjob, Afg'oniston, Kashmir, Eron, Sind, Toxariston viloyatlari
nomlarining qisqartmasidan yasagan. "i" harfi keyinchalik talaffuzda qulay bo'lishi
uchun qo'shilgan. Bu nom, shuningdek "toza, benuqson mamlakat" degan ma'noni
anglatadi ("pok" so'zi urdu va fors tillaridan bizning tilga ham shu ma'noni saqlagan
holda kirib kelgan).
Paragvay - bu toponim mamlakat hududidan oqib o'tuvchi Paragvay daryosi
nomidan olingan. Mahalliy hindular tilida "shoxli daryo" degan ma'noni anglatadi.
Boshqa bir farazga ko'ra, bu gidronim "Pagaya" (mahalliy qabila) daryosi" degan
ma'noni anglatadi. 1811-yilda Paragvay Respublikasi e'lon qilindi va o'sha vaqtdan
beri mamlakat nomi o'zgarmadi.
Peru - Mamlakat nomini XVI asr boshlarida Panama shahridagi San-Migel
ko'rfazi yaqinida yashagan Biru ismli mahalliy hukmdorning nomidan olish mumkin.
Boshqa bir taxminga ko'ra, kechua tilidagi "pelu" - "daryo" so'zidan olingan.
Puerto-Riko
-
ispanchadan
"boy
port".
Bu
davlat
AQSH
ning
"inkorporatsiyalanmagan tashkiliy hudud" i hisoblanadi. Bunday hududlar AQSH
hukumati boshqaruvidagi uning hududi tarkibida bo'lmagan hududlar sanaladi. Bu
hududda AQSH konstitutsiysi cheklangan, oliy hokimiyat AQSH Kongressiga
bo'ysunadi. Kolumb bu orolni xristianlikning avliyosi Ioann Krestitel sharafiga San
Do'stlaringiz bilan baham: |