DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 11 -
"yer, mamlakat"). Mahalliy xalq o'z mamlakatlarini Suomi (fin tilida 'Suo' - "botqoq",
''maa "yer"; so'zma-so'z: "botqoqlar mamlakati") deb atashadi.
Fransiya - "Fransiya" nomi lotincha "Frankiya" - "Franklar mamlakati" degan
ma'noni anglatadi. Frank etnonimi Reynning quyi va o'rta oqimida yashagan german
qabilasining nomidir. V-VI asrlarda franklar Galliyani zabt etdilar va u yerda Franklar
davlatini tashkil etdilar (lotincha Regnum Francorum). Xuddi shu Franklar davlati
nomidan IX asrda dastlab "Fransiya" nomi paydo bo'ldi. Tarixiy nuqtai nazardan,
"Fransiya" nomi dastlab faqat Il-de-Frans provinsiyasiga tegishli bo’lib, u tarixan qirol
domeni (mulki) tarkibida bo'lgan.
Franklar nomining kelib chiqishi haqida turli xil versiyalar mavjud. E. Gibbon va
Y. Grimm asarlaridan keyin ingliz tilida "frank" so’zi paydo bo’ladi va "erkin" degan
tushunchani anglata boshladi. "Frank" nomi "ozod" degan ma'noni anglatgan degan
faraz ham mavjud, chunki Galliya fath qilinganidan keyin faqat franklar soliqlardan
ozod bo'lganlar.
G
Gabon - Mbe daryosi (Ekvatorial Gvineya va Gabondagi daryo) ning
portugalcha nomi "Gabão" so’zidan kelib chiqqan. Bu so’zning ma'nosi "kapyushonli
palto". Bunday nom daryo mansabining o’ziga xos shaklidan kelib chiqqan.
Gaiti - 1492-yil 5-dekabrda Kolumb bu orolni kashf etdi. Bu yerda u "Kastiliya
yerlariga juda o'xshash bo’lgan, dunyodagi eng chiroyli vodiylar" ni ko'rdi. Shuning
uchun bu orolga "Isla de la Espanola" (qisqa qilib Espanyola) deb nom berdi. Kastiliya
tilidan tarjima qilganda Isla de la Espanola atamasi "Ispaniya oroli" degan ma'noni
anglatadi. Gaiti so’zi esa "tog'li" degan ma'noni anglatadi (boshqa versiyaga ko'ra -
"toshloq yer" yoki "baland"). XVI-XVIII asrlarda, orol odatda Espanyola yoki Santo
Domingo (asosiy shahri nomi) deb nomlangan. 1804-yilda orolning g'arbiy qismida
mustaqil Gaiti davlati paydo bo'ldi va tez orada bu nom butun orolga taalluqli bo’lib
qoldi.
Gayana - mahalliy Guainazes xalqi nomidan (tarjimasi - "hurmatga loyiq
odamlar").
Gana - Sharqiy Afrikada o'rta asrlarda mavjud bo’lgan qirollik sharafiga. Bu nom
o’sha qirollik monarxi unvoni ham hisoblangan. So’zning tarjimasi - "qo’mondon".
Buyuk Britaniya mustamlakasi bo’lgan paytda mamlakat "Oltin Qirg’oq" deb
nomlangan (1957-yil mustaqillikka erishgan).
Germaniya - Mamlakat turli tillarda turlicha nomlanadi. Nemislarning o'zi
uchun bu Deutschland, Frantsiya uchun Allemagne, Finlar uchun Saksa, arablar
uchun Almaniya (ايناملأ). Toponim etimologiyasi haqida turli xil farazlar bor. Ulardan
biriga ko’ra mamlakat "nayza ko’tarib yuruvchilar yurti" ma'nosini beradi. Eski ingliz
Do'stlaringiz bilan baham: |