DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 13 -
H
Hindiston - Hind daryosi sharafiga. Rasmiy nomi Hindiston Respublikasi bo'lib,
qadimgi forscha hindu (sanskritcha sindhu so’ziga qarindosh) so'zidan kelib chiqqan
bo'lib, Hind daryosining tarixiy nomidir. Hindiston Konstitutsiyasida mamlakat nomi
sifatida hind tilida, mamlakatning rasmiy tilida - Bharat (hindi ) nomi o'rnatilgan.
Bu tarixi Mahabharatada yoritilgan qadimgi hind shohining sanskrit tilidagi nomidan
kelib chiqqan.
I
Isroil - Ya'qub payg'ambar (a.s.) ning ikkinchi nomi. U kishining 12 ta o'g'li
bo'lgan va yahudiylar mana shu 12 farzanddan tarqalgan. Ular "Bani Isroil", ya'ni
"Isroil o'g'illari" deb atalgan va keyinchalik, 1948-yilda tuzilgan yahudiylar davlati
o’ziga shu nomni oladi.
Indoneziya - "hind orollari". Yunoncha "nesos" so’zi "orollar" degan ma'noni
beradi. (Demak, Mikroneziya - kichik orollar, Polineziya – ko’p orollar). Hind
okeanidagi orollar deb tushunish mumkin. Malay arxipelagidagi bu hududlar
Niderlandiya mustamlakasi bo’lgan paytida metropoliya tomonidan "Niderland Ost-
Indiyasi" deb atalgan.
Iroq - Bu mamlakat nomining kelib chiqishi haqida turli xil gipotezalar bor.
Ulardan biriga ko’ra, bu nom qadimgi Shumer-Akkad davlatining asosiy shahri
bo’lgan Uruk shahri nomidan olingan. Tarjimasi eski yahudiy tilidan "daryolar
orasida" degan ma'noni beradi (daryolar deganda Dajla va Frot daryolari nazarda
tutiladi). Ba'zi manbalarda bu so’zning tarjimasi shumer tilidan "shahar" degan ma'no
berishi aytilgan. Pospelov ma'lumotiga ko’ra arablar Dajla va Frot daryolari
havzalarini egallagach bu hududga al-Iroq (قارعلا) deb nom berishgan. Ma'nosi
“qirg’oq”.
Irlandiya - keltlargacha yashagan Iwerin qabilasi tilidagi Eire so‘zidan olingan
bo‘lib, "hosildor yer" yoki "Eire (keltlarning hosildorlik ilohasi) yeri" ma'nolariga ega.
Bu davlat nomini inglizchadan "temir yer" (iron land) degan tarjima bilan
chalkashtirmaslik kerak.
Islandiya - "muz yer". Ajnabiylarni aslida hosildor bo’lgan bu yerlarga kelish
fikridan qaytarish uchun ataylab shunday nomlashgan.
Italiya - "buqacha yurti". Bu nom faqatgina hozirgi Italiyaning janubiy qismidagi
kichik bir tumanga nisbatan qo’yilgan, ya'ni faqat o’sha tumandagina buqachalar ko’p
bo’lgan.
Italiya so'zining kelib chiqishi haqida aniq ma'lumot mavjud emas. Eng keng
tarqalgan nuqtai nazarga ko'ra, atama Gretsiyadan kelib chiqqan va "buzoqlar
mamlakati" degan ma'noni anglatadi. Buqa Italiyaning janubida istiqomat qiluvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |