DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 14 -
xalqlarning timsoli edi va ko'pincha otni bo'g'ib qo'yuvchi Rim She-bo'ri sifatida
tasvirlangan. Dastlab Italiya nomi faqat hozirgi Italiya (hozirgi Kalabriya viloyati)
egallab olgan hududga tegishli edi. Qo'shimcha: Italiya hududida 2 ta anklav davlat
mavjud - Vatikan va San-Marino
Ispaniya - "Ispaniya" nomi finikiyaliklar tilidan kelib chiqqan. Finikiyaliklar
tilidagi "ishpanim" so'zi "Damanlar sohili" degan ma'noni anglatadi (daman - mayda,
o'txo'r, sutemizuvchi hayvonlar oilasiga mansub, qunduzga o‘xshash hayvon).
Rimliklar bu so‘zni ko'plikda (Hispaniae) butun Pireney yarim oroliga nisbatan
ishlatishgan.
J
Jazoir (Aljir) - arab tilidan 'al-jazoir' – “orollar” (رئازجلا)
Jibuti - 1977-yilda Fransiyadan mustaqillik e'lon qilingach, mamlakat o'zining
poytaxti nomi bilan Jibuti deb nomlandi. "Jibuti" nomi, o'z navbatida, shahar
joylashgan Ras Jibuti burni nomidan kelib chiqqan. "Jibuti" so’zi afar tilidagi "palma
tolasidan yasalgan eshikosti sholcha" ma'nosini anglatuvchi "gabouti" so’zidan
olingan bo’lishi ham mumkin. E. M. Pospelovning so'zlariga ko'ra, toponimning
bunday nomlanishiga sabab mayda marjon riflarining burunning ustki qismida hosil
qilgan g'adir-budur yuza sabab bo’lgan.
K
Kabo-Verde - portugalcha "yashil burun" (bu yerda burun so’zi geografik
atama). Yashil orolni ko'rgunlarigacha butun Sahroyi Kabir bo’ylab sayohat qilgan
portugal sayyohlari tomonidan qo’yilgan.
1456-yilda venetsiyalik Kadamosto Yashil burun yarimoroliga (portugalcha
Cabo Verde) qarama-qarshi joylashgan bir qator orollar arxipelagni kashf etdi va
ularni Kabo Verde orollari deb atadi. 1975-yilgi mustaqillikdan so’ng davlat "Yashil
burun orollari respublikasi" yoki sodda qilib "Yashil burun orollari" degan nom oldi
(port. Ilhas do Cabo Verde). 80-yillarning o'rtalariga qadar, mamlakat xorijda tarjima
qilingan, ya'ni Kabo Verde shaklida yangradi. 1986-yilda mamlakat hukumati
"Republica do Cabo Verde" nomini qabul qildi va nom bilan bog’liq farq yo’qqa
chiqarildi.
Kamerun - Mamlakat nomi "Rio dos Camarones" (portugal tilida - "krevetkalar
daryosi") gidronimidan kelib chiqqan. Ushbu gidronim Vuri daryosi mansabining
1480-yillarida portugaliyalik navigatorlar tomonidan kashf etilgandan keyin paydo
bo'lgan. Bu yerda juda ko'p krevetkalar topilganligi bu hududning shunday
nomlanishiga sabab bo’lgan. Keyinchalik, gidronim Kamerun shakliga aylantirildi va
hozirgi Kamerun hududlariga nisbatan ishlatila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |