DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 17 -
hisoblangan Lao xalqi nomining ko'plik shaklidir (qiziq ma'lumot: 16 mln Lao xalqi
Tailandda yashaydi va aholining 25% ini tashkil etadi. 3 mln Lao Laosda yashaydi va
aholining 50% ini tashkil etadi). Lao tilida mamlakat nomi "Muang Lao" yoki "Patet
Lao" deb atashadi. Ikkala so'z ham Laolar yurti ma'nosini beradi.
Litva - wikipedia.org saytida bu mamlakat nomining tarjimasi noma'lum
deyilgan bo'lsa-da, etymonline.com sayti bergan ma'lumotga ko'ra, bu nom "qirg'oq"
degan ma'no anglatishi taxmin qilinadi.
Livan - mamlakat hududidagi Livan tog'i nomidan olingan. Bu so'z finikiyaliklar
tilida (semit(somiy) tillar oilasiga kiruvchi, O'rtayer dengizi atrofidagi mamlakatlarda
iste'molda bo'lgan til) "oq tog" (ing. Mount of Lebanon) ma'nosini anglatadi.
Lesoto - Buyuk Britaniya mustamlakasi paytida mamlakat Basutolend deb
atalgan. Bu nom "basuto yeri" degan ma'noni anglatadi. Basuto yoki Suto(Soto) -
Lesoto va Janubiy Afrikaning unga qo'shni hududlarida yashovchi xalq. "Basuto"
etnonimi "-suto (-soto)" o'zagi va "-ba" prefiksidan hosil bo'lgan. 1966-yil mamlakat
mustaqillikka erishgach o'sha -suto (-soto) o'zagidan tarkib topgan Lesoto nomini
qabul qildi. Xalqning nomi - Soto, davlatining nomi - Lesoto, tilining nomi - sesoto.
Lesoto barcha tomondan Janubiy Afrika Respublikasi bilan o'ralgan (anklav) davlat
hisoblanadi.
Liberiya - lotincha Liber "ozod". Bu hudud ozod qilingan amerikalik qullar
joylashtirilgan hudud bo’lganligi uchun shunday nomlangan.
Lixtenshteyn - nemischa - "yengil tosh". Bu hudud Shellenburg va Vaduts
(mamlakat poytaxti) hududlarini sotib olgan va birlashtirgan Lixtenshteyn sulolasi
sharafiga shunday nomlangan.
Lyuksemburg - "kichik qasr" (kelt tilida 'Lucilem' - "kichik", nemischa 'burg' -
"qasr").
M
Mavrikiy - golland shahzodasi Mavrisius (Morisa) Oranskiy sharafiga. Mamlakat
hududi bitta oroldan iborat. Bu orolni X asrda arablar ochadi va "Dina Arobi" deb
nomlaydi. XVI asr boshida bu orolga portugal dengizchilari kirib keladi va orolni
o'zlarining kemasi sharafiga "Sishna" deb nomlaydi (port. Cisna - oqqush). 1598-yili
orol gollandlar tomonidan egallanadi va ular orolni mamlakat shtatgalteri Moritsa
Oranskiy ismining lotincha shakli bilan "Mauritius" deb nomlaydi. 1715-yildan
boshlab orol Fransiya qo'l ostiga o'tadi. Fransuzlar orolni Il-de-Frans (fr. île de France
- Fransiya oroli) deb nomlaydilar. 1810-yildan esa orolni inglizlar egallaydi va orolning
eski Mauritius nomini tiklashadi. Mauritius nomi o'zbek tiliga rus tilidan Mavrikiy
shaklida kirib kelgan. Mavrikiy 1968-yili Buyuk Britaniya hamdo'stligi tarkibidagi
mustaqil konstitutsiyaviy monarxiya deb e'lon qilinadi. 1992-yil 12-martda mamlakat
respublika deb e'lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |