Davlatiy moliya


 Davlat krediti klassifikatsiyasi



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

2. Davlat krediti klassifikatsiyasi 

Byudjet  defitsitini  moliyalashtirish  uchun  davlat  boshqaruv  organlari  qarz 

mablag’larini, qarzlarni jalb qilishga majburdir.  

Qarz mablag’larini, qarzlarni jalb qilish, odatda, qarz shartnomasi asosida 

amalga  oshiriladi.  Unga  ko’ra,  bir  tomon  (qarz  beruvchi)  ikkinchi  tomonning 

(qarz oluvchining) mulkiga ma’lum belgilarga ega bo’lgan pul mablag’lari yoki 

boshqa buyumlarni beradi, qarz oluvchi esa shu summadagi pul mablag’lari (qarz 

summasi)  yoki  teng  miqdor  va  sifatdagi  buyumlarni  qarz  beruvchiga  qaytarish 

majburiyatini oladi. Shartnoma bo’yicha qarz oluvchi davlat yoki uning subyektlari, 

qarz  beruvchilar  esa  fuqarolar  yoki  yuridik  shaxslar  hi-soblanadi.  Davlat  qarzlari 

ixtiyoriy  bo’lib,  muomalaga  chiqarilgan  qarzlarning  shartlarini  o’zgartirishga  yo’l 

qo’yilmaydi. 

Davlat krediti  quyidagi bir necha belgilarga ko’ra klasssifikatsiya qilinadi: 

1) emitentlar bo’yicha

  markaziy boshqaruv organlari tomonidan joylashti-riladigan qarzlar; 

  hududiy boshqaruv organlari tomonidan joylashti-riladigan qarzlar; 

2)  joylashtirilish joyiga qarab

  ichki qarzlar; 

  tashqi qarzlar. 

3) bozorda aylanishiga qarab

  bozorli qarzlar; 

  bozorsiz qarzlar.  




386 

Bozorli  qarzlar  erkin  sotiladi  va  sotib  olinadi.  Ular  byudjet  defitsitini 

moliyalashtirishda asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Bozorsiz qarzlar erkin ravishda 

o’z  egalarini  almashtirishi  mumkin  emas.  Ular  qimmatli  qog’ozlar  bozorida 

muomalada bo’lmaydi. Ma’lum bir investorlarni jalb qilish uchun bunday qarzlar 

davlat tomonidan chiqariladi va shu investorlarning o’ziga xos bo’lgan manfaatlariga 

mos keladi. Masalan, g’arb mamlakatlarida bozorsiz davlat obliga-tsiyalari davlat 

pensiya fondlari, sug’urta korxonalari va kichik investorlarning mablag’larini jalb 

qilish uchun chiqariladi. 

4) mablag’larni jalb qilish muddatiga ko’ra

  qisqa muddatli (bir yilgacha qaytarish muddati bilan); 

  o’rta muddatli (bir yildan besh yilgacha); 

  uzoq muddatli (besh yil va undan yuqori). 

Qisqa  muddatli  qarzlardan  byudjet  daromadlarining  kelib  tushishi  va 

xarajatlarini  amalga  oshirishdagi  qisqa  muddatli  uzilishlarni  moliyalashtirish 

uchun  foydalaniladi.  Odatda,  bunday  maqsadlar  uchun  veksellar  chiqariladi. 

Italiyada g’aznachilik veksellari 3, 6, 12 oylik muddatlarda, Yaponiyada – 60 kunlik, 

Buyuk  Britaniyada  –  91  kunlik  muddatlarda  chiqariladi.  G’aznachilik  veksellari 

muddatlarda ikki yilgacha bo’lgan Germaniya bundan mustasnodir. 

Ba’zi  bir  mamlakatlarda  nisbatan  uzoq  muddatlar  uchun  mablag’larni  jalb 

qilishda  g’aznachilik  notalaridan  foydalaniladi  va  ular  veksellarga  nisbatan 

kamroq tarqalgandir. Italiyada bunday g’aznachilik notalari 2-3 yillik qaytarilish 

muddati  bilan,  AQSh  da  –  bir  yildan  o’n  yilgacha  qaytarilish  muddatlarida 

chiqariladi. Uzoq muddatlar uchun mablag’larni jalb qilish, odatda, obligatsiyalar 

yordamida amalga oshiriladi. 

5) Qarz majburiyatlari ta’minlanganligiga qarab

  garovli; 

  garovsiz bo’ladi 

Garovli obligatsiyalar mutlaq yoki aniq mulk bilan ta’minlanadi. Xorijning 

rivojlangan  mamlakatlarida  tez-tez  mahalliy  hokimiyat  organlari  tomonidan 

bunday obligatsiyalar muomalaga chiqariladi. Garovsiz obliga-tsiyalarda aniq bir 

narsa  ta’minlanmaydi:  uning  ta’minlanish  asosi  bo’lib  davlatning  yoki  mahalliy 

hokimiyat organlarining jami mulki hisoblanadi. Markaziy boshqaruv organlari, 

odatda, garovsiz obligatsiyalarni muomalaga chiqarishadi. Ularning ishonchliligi 

juda yuqori bo’lganligi uchun ular qo’shimcha kafolatga ehtiyoj sezmaydi. 

6) To’lanadigan daromadning xarakteri bo’yicha

  yutuqli qarz majburiyatlari; 

  foizli qarz majburiyatlari; 

  nol kuponli qarz majburiyatlari. 



387 

Yutuqli  obligatsiyalar  bo’yicha  daromadlarning  to’lanishi  lotareyalar 

asosida  amalga  oshiriladi.  Bu  obligatsiyalar  katta  talabga  ega  emas.  Chunki 

investorlar  tasodifga  tayanib  emas,  balki  barqaror  daromad  olishga  intiladilar. 

Yutuq olishni istaganlar esa lotareya chiptalari sotib olishni ixtiyor etadilar. Bu 

turdagi qarz majburiyatlarining asosiysi foizli obligatsiyalar bo’lib, ular bo’yicha 

daromad kuponlar asosida yilda bir, ikki yoki to’rt marta to’lanadi. Investorlarning 

ko’pchiligi ana shunday qarz majburiyatla-rini ma’qul ko’rishadi. 

Davlatning  qisqa  muddatli  qarz  instrumentlari  kuponlarga  ega  emas.  Ular 

nominalidan  chegirmalash  asosida  sotiladi  va  nominal  bo’yicha  sotib  olinadi. 

Ayrim  uzoq  muddatli  qarz  majburiyatlari  ham  kuponlarga  ega  bo’lmasligi 

mumkin.  Ular  bo’yicha  barcha  daromadlar  asosiy  qarzning  summasi  bilan 

birgalikda  to’lanadi.  Xuddi  qisqa  muddatli  obligatsiyalar  singari  ular  ham 

nominalidan  chegirmalash  orqali  sotiladi  va  nominali  bo’yicha  sotib  olinadi. 

Amaliyotda bunday obligatsiyalar nol kuponli obligatsiyalar nomini olgan. 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish