keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar
va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar,
tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan hisobot davri uchun taqdim etilgan
tegishli byudjetlarning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni o’z partiyalar guruhlarida
va doimiy komissiyalarida (qo’mitalarida) dastlabki tarzda muhokama qilish
asosida ko’rib chiqadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent
shahar, tumanlar va shaharlar hokim-lari tegishli byudjetlar ijrosi to’g’risidagi
yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10 mayidan so’ng tegishincha
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va
Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etadi.
Tegishli byudjetlarning ijrosi to’g’risidagi hisobot-larni taqdim etish
muddatlari tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq
deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar
Kengashlari tomonidan belgilanadi. Tegishli byudjet-larning ijrosi to’g’risidagi
hisobotlar tegishincha Qora-qalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq
deputat-lari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar
Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
380
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hisobot davri
uchun taqdim etilgan Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatlar
guruhlari va qo’mitalarida muhokama qilish asosida ko’rib chiqadi.
Tegishli hisobot davri uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar
fraktsiyalari, deputatlar guruhlari va qo’mitalarida ko’rib chiqilgandan so’ng
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida ko’rib
chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’ar-malari byudjetlarining ijrosi
to’g’risidagi yillik hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangandan so’ng hisobot yili uchun Davlat
byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi
axborot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytiga
joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |