6. Davlat qarzlarini boshqarish
O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy organi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. Oliy Majlis byudjet defitsitini
moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo’lgan mablag’lar va byudjet
mablag’lari hisobidan kreditlashtirishning maksimal miqdorlarini belgilaydi. U
yoki bu ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini
O‘zbekiston Respublikasi hukumati – O‘zbekiston Respublikasi Vazir-lar
Mahkamasi o’rnatadi. 2019 yilda davlat qarzining chegaraviy hajmi mamlakatda
yaratilayotgan YaIMning 50 foizidan oshmasligi zarur.
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun ikki
dasturni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq:
tashqi qarzlarni olish davlat dasturi;
ichki qarzlarni olish davlat dasturi.
Bu dasturlar maqsadlari, manbalari va qaytarilish muddatlarini ko’rsatgan
holda navbatdagi moliyaviy yilda olinishi lozim bo’lgan qarzlar ro’yxatidan
iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjetining loyihasi bilan Oliy Majlisga taqdim
etiladi va tasdiqlanishi kerak.
396
Xususan, tashqi qarzlar olish davlat dasturida ikki guruhga bo’lib, aks
ettiriladi:
bog’lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar (qarzlar);
maqsadli xorijiy qarzga olishlar (qarzlar).
Bularning har ikkalasi uchun ham yuqoridagi dasturda alohida-alohida
quyidagilar o’z ifodasini topishi kerak:
bog’lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar:
(qarzlar) bo’yicha:
jalb qilish manbalari;
qarzga olish summalari;
qaytarish muddatlari.
maqsadli xorijiy qarzga olishlar:
(qarzlar) bo’yicha:
yakuniy oluvchi;
qarzga olishning maqsadi va foydalanish yo’na-lishi;
qarzga olish manbasi;
qazga olish summasi;
qarzni qaytarish muddatlari;
mablag’larni byudjetga qaytarish bo’yicha uchinchi shaxsning kafolati;
navbatdagi moliyaviy yil boshlangunga qadar foydalanilgan mablag’lar
hajmining baholanishi;
navbatdagi moliyaviy yilda mablag’larning foydalanish hajmi prognozi
(bashorati).
O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog’ozlarining yagona
emitenti bo’lib, Moliya vazirligi hisoblanadi va u O‘zbekiston hukumati
tomonidan aniqlangan chegaralarda ularning chiqarilish muddatlari va hajmini
belgilaydi.
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari davlat jamg’armalarning
mablag’larini maqsadli va barqaror sarflanishini ta’minlash, byudjetdan
moliyalashtiri-layotgan tashkilotlarning qarzlarini kamaytirish maqsadida ijroiya
hokimiyat organlariga davlatning qimmatli qog’ozlarini chiqarish, kreditlar va
qarzlar olish yo’li bilan qarz mablag’larini jalb qilish taqiqlangan (hukumat
tomonidan to’g’ridan-to’g’ri o’rnatilgan hollardan tashqari). Bu jihat davlatning
byudjetdan tashqari jamg’arlariga ham tegishlidir.
Davlatning ichki qarzlariga xizmat qilish bo’yicha bosh vakil funksiyasini
mamlakatning Markaziy banki bajaradi. Har bir obligatsiyani muomalaga
chiqarish emissiyasida barcha yagona va jamlanma sertifikatlar Moliya vazirligi
tomonidan saqlash va hisobga olish uchun depozitariyga berilishi kerak.
Depozitariy funksiyasini Markaziy bank yoki u tomonidan vakolati belgilangan
boshqa tashkilot bajarishi mumkin. Markaziy bank Moliya vazirligining
397
topshirig’iga ko’ra va respublika byudjetining mablag’lari hisobidan
obligatsiyalarning egalariga bu obligatsiyalar qaytarilayotgan paytda to’lovlarni
amalga oshiradi.
Davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish hukumatning Moliya vazirligi va
Markaziy bank bilan hamkorlikdagi eng muhim va mas’uliyatli funksiyalaridan
biridir. Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish
choralarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
“olovli” choralar – qayta moliyalashtirish va lombard stavkalarini oshirish
(ko’tarish), qimmatli qog’ozlar va valyuta bozorlarida Markaziy bankning
interventsiyasi. Biroq bunday choralar qisqa vaqt – 2 yoki 3 kun uchun ta’sirchan
hisoblanadi;
xorijiy qarzga olish. Qimmatli qog’ozlar bozoriga ta’sir ko’rsatish uchun
qarz olishning o’zi emas, balki kreditlarning olinishi to’g’risida ishonch bo’lishining
o’zi etarlidir. Yuqoridagi choralar singari bu guruhga kiruvchi choralar ham, ma’lum
darajada va ma’noda, tanazzulni orqaga suruvchi va uning ildizlariga barham
bermovchi “olovli” choralar hisoblanadi;
davlat qimmatli qog’ozlar milliy bozori nobarqarorligining oldini olishga
samarali va uzoq muddatli ta’sir ko’rsatishga uzoq muddatli monitar choralarga
moliyaviy bozorning chegarasidan chetga chiquvchi choralar (xususan, soliq tizimi
va soliqlarning undirilishini tartibga solish, byudjet defitsitini qisqartirish, iqtisodi-
yotning o’sishiga erishish va h.k.lar) qo’llanilsagina, erishish mumkin.
Davlat qarzlarini boshqarish mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlari va
sifatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi byudjet
siyosatining muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda
davlat qarzlarini boshqarishda aniq bir kontseptsiyaga ega bo’lish alohida ahamiyat
kasb etadi. Bu kontseptsiyada davlat qarzlarini boshqarish hamda pul-kredit siyosati
va valyuta siyosati o’rtasidagi aloqalarni davlat qarzlarining davlat moliya
tizimidagi o’rnini, tashqi va ichki davlat qarzlarining bir-birlari bilan bog’liqligini
aniqlash juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |