23-MAVZU: IJTIMOIY TA’MINOT
REJA:
1. Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy asoslari va tamoyillari.
2. Davlat pensiyasi va jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti.
3. Ijtimoiy nafaqalar.
1. Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy asoslari va tamoyillari
Mamlakatning Konstitutsiyasi, odatda, yosh bo’yicha, kasal, nogiron yoki
boquvchisini yo’qotganda, bolalarni tarbiyalash uchun va qonunda ko’zda
398
tutilgan boshqa holatlarda har bir kishining ijtimoiy ta’minotini kafolatlaydi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida ijtimoiy ta’minotga quyidagicha ta’rif berish
mumkin: jarayonida fuqarolarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko’rsatish
uchun milliy daromadning bir qismi hisobidan pul mablag’larining ijtimoiy
fondlarini shakllantiradigan va ulardan foydalanadigan taqsimlash munosabatlari
tizimiga ijtimoiy ta’minot deyiladi. Mana shunday keng ma’noda, ijtimoiy
ta’minot fondlarini shakllantirish manbalari va ta’minotni tashkil etishga bog’liq
bo’lmagan holda jamiyat barcha a’zolarining tegishli tarzda ta’minlanishini o’z
ichiga qamrab oladi.
Pulli pensiya va nafaqa to’lovlari ijtimoiy ta’minot bo’yicha xarajatlarning
asosiy ko’rinishlari hisoblanadi.
Pensiya – bu qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari va boquvchisining
yo’qotilganligi munosabati bilan (bog’liq ravishda) fuqarolarni moddiy jihatdan
ta’minlash uchun ma’lum pul summalarining davrma-davr to’lanmalaridan iborat.
Pensiyaning quyidagi ko’rinishlari mavjud:
yoshga doir (qarilik) pensiya(si) (ba’zi xorijiy davlatlarda qarilik pensiyasi
deyiladi, bizning qonunchiligimizda yoshga doir pensiya deyilgan);
nogironlik pensiyasi;
xizmat qilgan yillari uchun pensiya (qonunchiligimizda uch xil pensiya
tizimi qayd etilgan, bu holat pensiyaga ustamalar sifatida yoki muddatidan oldin
pensiyaga chiqish bo’yicha imtiyozli pensiyaga chiqish ro’yxatlari bo’yicha
keltirilgan kasb egalarini pensiyasi sifatida qayd etiladi, xorijda bunday nomdagi
pensiyalar mavjud, bizda bu pensiyalarimizning tarkibida yuritiladi);
boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya.
Fuqarolarning ayrim toifalari uchun ijtimoiy pensiyalar deb ataladigan
pensiyalar ham to’lanadi (bizda bu ko’proq ijtimoiy nafaqalar deb yuritilmoqda,
ammo ayrim xorijiy mamlakatlarda bundan nomlanadigan pensiyalar mavjud).
Yuqoridagilarni hisobga olib, ularni quyidagicha ham ifodalash ham
mumkin:
yoshga doir (qarilik) pensiya (si);
nogironlik pensiyasi;
boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya.
Ba’zi mamlakatlarda pensiyalarning xizmat qilgan yillari uchun pensiyalar
va ijtimoiy pensiyalar ko’rinishlari ham mavjud. Bizning mamlakatimizda xizmat
qilgan yillar uchun pensiyalar qonunchiligimizda qayd etilgan pensiyalarning
tarkibiy qismi hisoblanadi, ijtimoiy pensiyalar tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar
ko’rinishiga ega va ushbu nafaqalar bugungi kunda davlat byudjeti hisobidan
moliyalashtirilishi belgilangan.
Nafaqalarning quyidagi asosiy ko’rinishlari bo’lishi mumkin:
399
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun;
homiladorlik va tug’ish bo’yicha;
farzand tug’ilganda;
bola parvarishi bo’yicha;
muddatli harbiy xizmatchilarning bolalariga;
ishsizlik bo’yicha;
ta’ziya holatlari bo’yicha.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda ta’minotning boshqa quyidagi shakllari ham
amal qiladi:
kasbiy-texnikaviy o’qitish;
ishsizlarni qayta o’qitish;
nogironlarni qayta o’qitish va ishga joylash;
qariyalar va nogironlar uchun internat-uylarida mehnatga qobiliyatsizlarni
tekinga saqlash;
nogironlarni protezlash va ularni moto-velokolyaskalar va atomobillar bilan
ta’minlash;
uyga yordamning ko’p ko’rinishlarini tashkil qilish va boshqalar.
Ijtimoiy ta’minot mehnat qilish qobiliyatini qisman yoki to’liq yo’qotgan shaxs
xususida davlat va jamiyat g’amxo’rligi, inson-parvarlikning namoyon bo’lish
shaklidir. Mehnat faoliyatining to’xtatilishi munosabati bilan insonning moddiy
ahvoli yomonlashganda, o’z mehnat qobiliyati yo’qotilganligi inson ongiga
kuchli salbiy ta’sir ko’rsatayotgan bir paytda ijtimoiy ta’minot davlat va jamiyat
tomonidan uning unutilmaganligini va o’z holiga tashlab qo’yilmaganligini
ko’rsatadi.
“Ijtimoiy ta’minot” kategoriyasining mazmuniga oid iqtisodchilar o’rtasida
yagona fikr mavjud emas. Mualliflarning ba’zi birlari “ijtimoiy ta’minot”
tushunchasini keng ma’noda talqin qilib, uning tarkibiga ona va bolani, fuqarolarni
qarilik chog’ida va mehnat qobiliyatini yo’qotganda tekin ta’minlanishi, davolash
va tibbiy xizmatlarning tekinligi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar
majmuining barchasini kiritadilar. Boshqa bir toifadagi mualliflar “ijtimoiy
ta’minot” va “ijtimoiy sug’urta”ni yagona tartibdagi iqtisodiy kategoriyalar
sifatida ko’rib chiqadilar. Uchinchi guruh mualliflari “ijtimoiy ta’minot”
tushunchasini tor ma’noda tasavvur qilib, ijtimoiy sug’urta bilan qamrab
olinmaydigan ta’minotning turlarinigina uning tarkibidan iborat deb
hisoblaydilar. Va nihoyat, to’rtinchi guruhga kiruvchi mualliflar ham mavjudki,
ularning fikricha, meh-natga qobiliyatsizlikni ta’minlashning turli shakllari va
ko’rinishlari, shu jumladan, ijtimoiy sug’urtani ham qamrab oluvchi yagona
“ijtimoiy ta’minot” tushunchasi mavjud.
400
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarning mehnat qilish,
dam olish, sog’ligini muhofaza qilish huquqlariga, qariganda, kasal bo’lganda,
mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yoki to’liq yo’qotganda va boquvchisidan
mahrum bo’lganda ijtimoiy ta’minot, uy-joyga egalik qilish,ma’lumot olish,
madaniyat yutuqlaridan foydalarish huquqlariga, davlat va jamoatchilik ishlarini
boshqarish huquqiga ega ekanligini kafolatlaydi. Shu munosabat bilan va
“ijtimoiy ta’minot” tushunchasini keng talqin qilish pozitsiyasidan nafaqat tekin
tibbiy xizmat ko’rsatish va davolash, balki Konstitutsiyada ko’zda tutilgan tekin
bilim olish, madaniyat yutuqlaridan foydalanish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy
tadbirlardan bahramand bo’lish kabilarni ham uning tarkibiga kiritish maqsadga
muvofiq bo’lur edi. Chunki bu huquqlarning har biri fuqarolarning turli
ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutib, Konsti-tutsiyada ko’zda tutilgan tegishli
tadbirlar va mablag’lar bilan ta’minlanadi. Masalan, qarilik chog’ida, kasallik
paytida va mehnat qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotganda, shuningdek
boquvchisidan mahrum bo’lgandagi moddiy jihatdan ta’minlanish huquqi
ijtimoiy ta’minotning turli shakllari orqali amalga oshiriladi. Sog’liqni muhofaza
qilish huquqini ta’minlash, ya’ni tekin tibbiy xizmat ko’rsatish va davolanish
bo’yicha maxsus shakllar ko’zda tu-tilgan. Boshqacha qilib aytganda,
fuqarolarning turli ehtiyojlari ularni qondirishning o’ziga xos bo’lgan o’z
shakllariga egadir. Shularga muvofiq ravishda pul mablag’lari fondlari ham
shakllantiriladi. Bulardan ko’rinib turibdiki, “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini
bundan ham kengroq tarzda talqin qilish o’zining etarli darajadagi asosiga ega
emas.
Bir vaqtning o’zida, “ijtimoiy ta’minot” va “ijtimoiy sug’urta”ni parallel
ravishda amal qiluvchi, mustaqil bir tartibli iqtisodiy kategoriyalar sifatida talqin
qiladigan, ijtimoiy ta’minotga davlat byudjetining to’g’ridan-to’g’ri o’tkazma
(transfert)lari hisobidan amalga oshiriladigan, ijtimoiy sug’urtaga esa faqat
ijtimoiy sug’urta fondi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar
kiradi, deb hisoblaydigan qarashlarni asoslangan deyish mumkin emas.
Ijtimoiy ta’minotga to’g’ridan-to’g’ri o’tkazma (transfert)lar hisobidan
Davlat byudjetidan, Pensiya jamg’armasidan va ijtimoiy sug’urta fondidan
qilinadigan xarajatlarning yo’nalishlarida prinsipial xarakterdagi farqlar yo’q. Bir
vaqtning o’zida ham to’g’ridan-to’g’ri byudjet ajratmalari, ham Pensiya
jamg’armasi va Ijtimoiy sug’urta jamg’armalari hisobidan qarilik (yoshga doir),
nogironlik, ishlagan yillari uchun, boquvchisini yo’qotgandagi pensiyalar,
farzand tug’ilganda, homiladorlik va tug’ish nafaqalari to’lanishi mumkin. Bu
yerda farqlar faqat ta’minlanayotganlarning kontingentiga nisbatan bo’ladi, xolos.
Pensiya va Ijtimoiy sug’urta jamg’armalari mablag’laridan ishchi va xizmatchilar,
ilmiy xodimlar, bevosita byudjetdan esa Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik
401
xizmati, Bojxona organlari va boshqa bir necha toifadagi boshliqlar tarkibidagi
harbiy xizmatchilar ta’minlanadi.
Shuning uchun ham ijtimoiy sug’urtani ijtimoiy ta’minotga bog’liq
bo’lmagan holda parallel ravishda mavjud bo’lgan, mustaqil kategoriya deb
hisoblashga asos mavjud emas. Aksincha, ijtimoiy sug’urta yaxlit butunning bir
qismi sifatida ijtimoiy ta’minotga tegishli bo’lib, uning shakllaridan biri
hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari xususida gapirilganda ayrim
iqtisodchilar ijtimoiy iste’mol fondlarini (pensiya to’lovlarini birga qo’shgan
holda) shakllantirishning manbaini qo’shimcha mahsulot, boshqalari esa ijtimoiy
iste’mol fondlarini zaruriy mahsulot bilan bog’laydi.
Turli ijtimoiy ta’minot fondlari va ulardan to’lanmalarning tahlili shuni
ko’rsatadiki, ularning ba’zilarining manbai zarur mahsulot bo’lsa, boshqalariniki
esa qo’shimcha mahsulotdir. Masalan, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini
yo’qotgandagi nafaqa to’lanmalari, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalar,
nogironlarni o’qitish va ishga joylashtirish xarajatlari, ishsizlarni qayta o’qitish
xarajatlarining manbai bo’lib zarur mahsulot hisobla-nadi. Bu to’lanmalarning
yo’nalishi vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan paytda yoki ishsizlik davrida
xodimga zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni berish bilan belgilanadi. Bu to’lanmalar
ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlari bilan bevosita bog’liqdir.
Pensiya to’lanmalariga nisbatan vaziyat (holat) boshqacha. Bu to’lanmalar
mehnatga qobiliyatsizlarga to’lanmalardir. Mehnat faoliyati boshlangunga qadar
mamlakatning har bir yosh avlodi ham zaruriy mahsulot (ota-onalarning mehnat
haqi to’lovlari shaklida) va ham qo’shimcha mahsulot (ijtimoiy iste’mol
fondlaridan xizmatlar va imtiyozlar shaklida) hisobidan saqlanadi. Mehnat
faoliyati boshlanganidan to pensiyaga chiqqunga qadar (35-40 yil ichida) bu avlod
oshib boruvchi hajmlarda ijtimoiy mahsulotni (za-ruriy va qo’shimcha) yaratadi.
Jamg’armaga yo’naltirilgan qo’shimcha mahsulotning qismi ancha oshadi.
Buning natijasida milliy boylikning hajmi tez o’sadi. Demak, ko’rinib turibdiki,
har bir yangi avlod o’zining navbatdagi avlodiga o’zining oldingi ajdodlaridan
olgan milliy boylikka nisbatan kattaroq hajmdagi milliy boylikni qoldiradi. Ana
shu asosda har bir yangi avlod o’z mehnati bilan yalpi mahsulotni ishlab chiqarishni
oshiradi. Bunda moddiy boylik ishlab chiqarish sohasi xodimlarining shaxsiy
ehtiyojlarini qondirishga foydalaniladigan zaruriy mahsulotning ham hajmi va
ishlab chiqarishni rivojlantirishga hamda ijtimoiy iste’mol fondlarini
shakllantirishga, shu jumladan, jamiyatning mehnatga qobiliyatsiz a’zolarini
ta’minlashga yo’naltirilayotgan qo’shimcha mahsulotning hajmi ham o’sadi.
Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda pensiya to’lanmalari ko’p
yillar davomida, asosan, mehnatkashlarning ish haqlaridan ajratmalar yordamida
402
shakllantiriladigan pensiya jamg’armalari hisobidan amalga oshiriladi. Shuning
uchun
ham
bu
yerda
pensiya
jamg’armalari zaruriy mahsulotning
rezervlashtirilgan qismidan iborat bo’lib, uni xodim qarilik yoki nogironlik
bo’yicha pensiyaga chiqqandan so’ng, ola boshlaydi.
Mamlakatimizda qariganda, kasalligida, mehnat qobiliyatini to’liq yoki
qisman yo’qotganda, boquvchisidan mahrum bo’lganda moddiy ta’minlash
huquqi mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq ijtimoiy ta’minotning turli shakllari
bilan kafolatlangan. Mehnatkashlar o’zlarining ish haqlaridan 0,1% (2019 yil 1
yanvaridan boshlab) miqdorida o’zlarining kelgusi jamg’ariladigan pensiyalariga
ajratmalarni o’tkazadilar (2019-yil 1-yanvardan boshlab 2018-yilda
mehnatkashlarning ish haqlaridan ushlab qolinadigan 8% yagona ijtimoiy
sug’urta fondiga, ya’ni Pensiya jamg’armasiga o’tkaziladigan majburiy ajratma
bekor qilindi). Kelgusi davrning pensionerlari uchun pensiya jamg’armasi davlat
mablag’lari
hisobidan
ham
oldindan
shakllantirilmaydi.
Mehnatga
qobiliyatsizlarni ta’minlash uchun fondlar YaIM va MDni taqsimlash jarayonida
har yili ajratiladi va ulardan foydalaniladi.
Ishlamaydigan pensionerlar zaruriy va qo’shimcha mahsulotni yaratmaganligi
va ularning mehnat faoliyati davrlarida pensiya jamg’armasi ular uchun
shakllantirilganligi tufayli har yili shakllantirilishi lozim bo’lgan pensiya
jamg’armalarining manbai ishlayotgan avlodning qo’shimcha mehnati evaziga
yaratilgan YaIM va MD qismi, ya’ni qo’shimcha mahsulot hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minotning o’ziga xos bo’lgan muhim xususiyati uni vujudga
keltirishning (yaratishning, qurishning, tuzishning) prinsiplaridir. Ular
quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |