Bog'liq УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)
birinchidan, davlat qarzi hisobidan moliyalashtirish. Davlat qarzi, o’z navbatida, ichki manbalar (bunda davlat byudjeti taqchilligi faqat mamlakat ichidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi) va tashqi manbalar (bunda taqchillik mamlakat hukumati tomonidan xorijiy mamlakatlar hukumatlaridan, xalqaro moliya institutlaridan hamda yirik xalqaro banklardan olinadigan davlat qarzlari) hisobiga moliyalashtiriladi;
ikkinchidan, muomalaga yangi pullarni emissiya qilish hisobiga.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu ikki guruhi “qarzli moliyalashtirish va emissiyali moliyalashtirish”3 deb ham ataladi. Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu ikki usuli bilan birga, davlat aktivlarini sotish orqali taqchillikning ma’lum qismini moliyalashtish usulidan ham foydalaniladi. Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning har qaysi usulini qo’llashning iqtisodiyotga ta’siri bir xil bo’lmaydi. Turli mamlakatlarda byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlarga ajratadigan bo’lsak, ularning bir guruhi emissiyali (pulli) moliyalashtirishga, boshqa bir guruhi qarzli moliyalashtirishga mansubligini ko’rish mumkin: (1) Markaziy bankdan qarz olish yoki taqchillikni emissiyali moliyalashtirish (pulli moliyalashtirish), (2) tijorat banklaridan qarz olish (qarzli moliyalashtirish), (3) mamlakat ichkarisidagi bank bo’lmagan sohalardan qarz olish (qarzli moliyalashtirish), (4) mamlakatning valyuta zaxiralarini byudjet taqchilligini qoplashga safarbar qilish yoki boshqa xorijiy davlatlardan qarz olish (qarzli moliyalashtirish), (5) davlat mulkini sotish (davlat aktivlarini sotish orqali moliyalashtirish).
Byudjet taqchilligini boshqarishda mamlakat hukumati yuqorida ta’kidlab o’tilgan usullarning biridan yoki bir nechtasidan foydalanishi mumkin. Bunda foydalaniladigan usullarning har birining iqtisodiy tabiati turlicha, shu sababli ular mamlakatning moliyaviy holatiga turlicha, ayrim holatlarda bir-biriga teskari ta’sir ko’rsatishi mumkin. Byudjet taqchilligini qisqartirish borasida hukumat tomonidan noto’g’ri siyosatning tanlanishi mavjud taqchillikning ortishiga va buning natijasida iqtisodiy holatning mushkullashuviga hamda aholi o’rtasidagi noroziliklarga olib kelishi mumkin.
Davlat byudjeti taqchilligini tartibga solishning quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun mamlakat markaziy bankidan kredit olish, ya’ni muomalaga qo’shimcha pul emissiyasini amalga oshirish.
2. Davlat byudjeti xarajatlarining hajmini qisqartirish.
3. Davlat byudjeti daromadlarini ko’paytirish, ya’ni amaliyotga yangi soliq turlarini kiritish yoki amaldagi soliq stavkalarini oshirish.
4. Davlat mulkini mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarga sotish.
5. Mamlakat aholisidan, mahalliy xo’jalik yurituvchi subyektlardan, xorijiy mamlakatlar hukumatlaridan, xalqaro moliya tashkilotlaridan va yirik xorijiy tijorat banklaridan qarz olish.
Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishning eng oson, lekin juda qaltis usuli bo’lib mamlakat Markaziy bankidan qarz olish hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, Markaziy bankdan kredit olish o’z mohiyatiga ko’ra muomalaga qo’shimcha pul emissiyasini amalga oshirish hisoblanadi. Ushbu usul orqali mamlakatda davlat byudjeti taqchilligining rasman moliyalashtirilishiga erishiladi, lekin Markaziy bankdan xaddan tashqari ko’p kredit olish mamlakatda shiddatli yoki jilovlanmagan inflyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Xalqaro amaliyotda ko’plab rivojlanayotgan, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarida 90-yillarning boshlarida davlat byudjet taqchilligini moliyalashtirishda ushbu usuldan keng foydalanilgan. O’zbekiston Respublikasida ham davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishda 2003 yilgacha Markaziy bank kreditlaridan foydalanilgan1. Bugungi kunda mamlakatimizda kuchga kirgan yangi Byudjet kodeksining 151-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditlarini Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbasi sifatida jalb qilishga yo’l qo’yilmaydi2, deb belgilab qo’yilgan.
Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishda byudjet xarajatlarini kamaytirish usulidan foydalanishda mamlakat hukumati tomonidan juda ehtiyotkorlik bilan qat’iy siyosat olib borish talab etiladi. Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o’tayotgan mamlakatlarda davlat byudjeti tomonidan ijtimoiy-madaniy sohalarga yo’naltiriladigan xarajatlarni qisqartirish mamlakat aholisi o’rtasida norozilikni yuzaga chiqarishi mumkin. Ushbu xarajatlarni amalga oshirishda, asosan, ijtimoiy xarajatlarning maqsadliligini ta’minlash, boshqaruv va mudofaa xarajatlarini qisqartirish hisobiga davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishga erishish mumkin. Ushbu usuldan, AQSh Prezidenti R.Reygan (1980-1988 yillar) mehnatkashlar va ishsizlarga to’langan nafaqalarni qisqartirgan hamda ish haqini kamaytirgan. Buning natijasida AQShda kambag’al fuqarolar soni 1979-yildagi 26,1 mln. kishidan 1982-yildagi 55,3 mln. kishiga yetdi. Ushbu holatni monetarizm g’oyasining asoschisi Milton Fridmen ijobiy baholagan, chunki uning fikricha, ijtimoiy xarajatlarning qisqartirilishi natijasida AQShda davlat byudjeti taqchilligining qisqarishiga erishilgan. Ishsizlarga beriladigan ijtimoiy nafaqalarni qisqartirish natijasida ishsizlar ishlashga majbur bo’lganlar va AQShda 1984-yildan boshlab, ishsizlar sonining malum darajada kamayishiga erishilgan1. Mazkur holatni Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning byudjet siyosatida ham kuzatish mumkin. Yevrohududning 16 davlati moliya vazirlarining muzokaralaridan so’ng, 2010-yilda Gretsiyaga uch yil muddatga 110 mlrd.yevro miqdorida yordam paketi ajratiladigan bo’ldi. Albatta, Yevropa Ittifoqi tomonidan Gretsiyaga ko’rsatiladigan yordam oddiy kreditdan boshqa narsa emas. Ammo ajratiladigan kreditning foiz stavkasi bozordagi mavjud stavkadan pastroq bo’ladi (qariyb 5 foiz atrofida). Bunga javoban Gretsiya hukumatidan mehnat va pensiya qonunchiligini erkinlashtirish talab etildi. Ushbu yo’nalishda byudjet tashkilotlaridagi ishchi xodimlar sonini qisqartirish, ishlayotgan xodimlarning ish haqlarini “muzlatib qo’yish” kabi chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu choralar yaqin ikki yil mobaynida byudjet defitsitini 30 mlrd. yevroga qisqartirish imkonini berishi kutilayotgan edi2.
D Artur Laffer (1940 yil 14 avgustda tug’ilgan) – amerikalik iqtisodchi, iqtisodiyotda taklif nazariyasining asoschilaridan biri. AQSh Prezidenti R.Reygan boshqaruvi davrida mashhur bo’lgan. avlat byudjeti taqchilligi darajasini kamaytirish usullaridan yana biri – byudjet daromadlarini ko’paytirish hisoblanadi. Ushbu usuldan foydalanishda asosan quyidagilar amalga oshiriladi: amaliyotga yangi soliq turlarini kiritish; mamlakatda amal qilayotgan soliqlarning foiz stavkalarini ko’tarish; amal qilayotgan soliqlar bo’yicha soliq to’lovchilarga berilgan imtiyozlarni cheklash yoki umuman bekor qilish. Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishda faqatgina ushbu usuldan foydalanilganda iqtisodiyotda “Laffer samarasi” yuzaga chiqadi. A.Lafferning fikricha, soliq stavkalarini asossiz ravishda oshirib yuborish natijasida ma’lum muddat davomida davlat byudjetiga daromadlarning ortishi kuzatiladi. Lekin soliq stavkasi chegaradan ortib ketsa, soliq to’lovchilarning “soliqlardan qochishi” yuzaga chiqadi. Ushbu holat esa, davlat byudjetiga to’lovlarning kamayishiga olib keladi.1 Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirda Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarda davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish maqsadida ayrim soliq turlari stavkalarini (asosan qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’i) oshirish hamda boy fuqarolar uchun qo’shimcha daromad solig’ini joriy qilish amaliyoti olib borilmoqda. Fransiyada fuqarolardan olinadigan daromad solig’ining eng yuqori stavkasi 75 foizga ko’tarildi. Shuningdek, ayrim yevrohududdagi davlatlarda qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi oshirildi. Yana bir misol, Yaponiyada davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish maqsadida 2013 yildan boshlab savdodan olinadigan soliq stavkasi 5 foizdan 8 foizgacha ko’tarilgan.
D avlat byudjeti taqchilligini qisqartirishda o’tgan asrning 70-yillaridan boshlab, davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan mablag’lardan foydalanish amaliyotga kiritilgan. “AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda keng miqyosda “reprivatizatsiya”, ya’ni davlat mulkini sotish va davlat mulkiga asoslangan korxonalarni aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish amalga oshirildi. AQSh Prezidenti R.Reygan va Buyuk Britaniya bosh vaziri M.Tetcher davlat mulkini xususiylashtirish va ular asosida aksiyadorlik jamiyatlari hamda xususiy korxonalarni tashkil etishga juda katta e’tibor qaratganlar. Xalqaro amaliyotda ular olib borgan ushbu iqtisodiy siyosat “reyganomika” va “tetcherizm” deb ataladi. Ushbu siyosat natijasida davlat mulkchiligidagi korxonalarni xususiylashtirish asosida tashkil etilgan xususiy korxonalar raqobatbardosh ekanligi va davlat mulkidagi korxonalar yangi investitsiyalarni moliyalashtirishni amalga oshirishga qodirmasligi isbot qilindi. Eng asosiysi, xususiylashtirishdan kelgan juda katta miqdordagi mablag’lar davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishga sarflandi.
D Reyganomika (ingl.: Reaganomics) — Ronald Reyganning 1981-1989-yillardagi prezidentlik davrida Amerika hukumatining iqtisodiy siyosati yo’nalishi. Reyganomikaning nazariy asosini taklifga asoslangan iqtisodiy nazariya tashkil qiladi. Uning amaliy xulosasi shu bo’ldiki, asosiy e’tiborni tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni rag’batlantirishdan ularni ishlab chiqarishni rag’batlantirishga qaratish kerak. Investitsion va innovatsion jarayonlarga erkinlik berish, xarajatlarni kamaytirish, xususiy kapitalning jamg’armalarini ko’paytirish uchun yirik soliq islohotlarini amalga oshirish talab etildi. avlat byudjeti defitsitini o’rganishga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarning natijalari shuni ko’rsatdiki, byudjet defitsiti jahon amaliyoti uchun nisbatan yangi hisoblangan voqelik sanaladi. Xususan, XIX asrning o’rtalariga qadar rivojlangan ilg’or mamlakatlarning davlat byudjetlari uchun daromadlarning xarajatlardan ortiq bo’lishi xarakterli xususiyat edi. Shuning uchun ham mazkur davlatlarda urushlar davrida yoki katta talofat keltiruvchi tabiiy ofatlar yuz berganda paydo bo’ladigan byudjet defitsiti favqulodda holat hisoblanar edi. XX asrning 50-yillaridan boshlab bu mamlakatlarda byudjetning defitsitlik holati, ularning jahon iqtisodiyotidagi o’rnidan, geografik, geopolitik mavqeidan qat’iy nazar, tabiiy hol bo’lib qoldi. Ushbu holat hozirga qadar davom etib kelmoqda.
Masalan, AQShda 1974-yil uchun qabul qilingan Byudjet to’g’risidagi qonunning qabul qilinishida Kongress federal byudjetning hajmi yoki byudjet defitsiti borasida xavotirga tushadigan holatlarni bashorat qilmadi1. Faqat 1980-yillarga kelib, Prezident Ronald Reygan ma’muriyati davrida byudjet jarayoniga bo’lgan e’tibor, yirik taqchilliklarning yuzaga kelish xavfi ta’sirida jiddiy o’zgardi.2 Reygan presidentligining dastlabki yillarida, AQSHning Byudjetni boshqarish Departamenti muhim ahamiyatga ega bola boshladi.3 Reygan president etib saylangach, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari masalasi asosiy siyosiy vazifa darajasiga ko’tarildi va bu ishlarni bajarish AQSHning Byudjetni boshqarish Departamentiga yuklatildi.4 Davlat byudjetidagi taqchillik hajmi 1981-yildan boshlab o’sa boshladi.22 Regan ma’muriyati 1981-yili iqtisodiyotni rag’batlantirish va byudjet daromadlarini ko’paytirish maqsadida soliq stavkalarini pasaytirdi. Bu choraning nazariy jihatdan to’g’ri bo’lishiga qaramasdan, amaliyotda davlat qarzi qiymatining 1981-yilda 1,1 trillion $ga, 1985-yilda esa 2,1 trillion $ga ko’tarilib ketishiga olib keldi.5 Natijada Reygan ma’muriyati Kongressga ko’plab ijtimoiy dasturlarni qisqartirishni taklif qildi. Lekin bu bilan ham taqchillik oshib boraverdi, bunga sabab – daromad va harajatlar o’rtasida yirik nomutanosiblik mavjud edi.
Ana shunday siyosiy jihatdan tarang vaziyatda 1985-yilda Kongress Muvozanatlashgan byudjet va Favqulodda yuzaga keladigan kamomadni nazorat qilishi to’g’risidagi qonunni qabul qiladi. Ushbu qonun loyihasining yuzaga kelishiga Senatorlar V. Filip Gramm, Uoren B. Rudman va Ernest F. Xolingslar hissa qo’shadilar.
Gramm-Rudman-Xollingslar sekvestr deb nomlangan yangi bir tizimni yaratadilar. Ushbu tizim byudjet kamomadiga erishib bo’lmagan hollarda, byudjetni kamaytirishga mo’ljallangan. Qisqartirilgan byudjetning yarmi ijtimoiy yordamga, qolganlari mahalliy dasturlarga ajratilgan. Lekin Gramm-Rudman-Xollingslar tomonidan taklif etilgan sekvestrlash usuli ham taqchillik muammosini bartaraf eta olmadi.1 Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish usullaridan biri mamlakat hukumati tomonidan aholidan, milliy xo’jalik yurituvchi subyektlardan, xorijiy davlatlar hukumatlaridan, xalqaro moliya tashkilotlaridan va yirik tijorat banklaridan qarz olish hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishning ushbu usuli eng nozik, shuning bilan bir vaqtda, zamonaviy usuli hisoblanadi. Ushbu usuldan foydalanadigan mamlakat hukumati o’z nomidan davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarish orqali milliy va xorijiy valyutadagi mablag’larni jalb etadi. Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlardan Gretsiya, Portugaliya, Ispaniya va Italiyada markaziy hukumat tomonidan davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish maqsadida muomalaga davlat obligatsiyalarini chiqarish va ularni xorijiy sarmoyadorlar o’rtasida joylashtirish ishlari faol olib borilmoqda.
Davlat byudjeti taqchilligini boshqarishni to’g’ri yo’lga qo’yish, unga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish davlat byudjetini sog’lomlashtirishda muhim o’rin egallaydi va mazkur mavzuning keyingi paragrafida batafsil yoritiladi.