Bog'liq УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)
harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi;
ichki real imkoniyatni etarli darajada inobatga olmagan holda boshqa mamlakatlarga yordam berilishi;
davlatga iqtisodiyot va sotsial sohani rivojlantirishga stimul sifatida foydalanish imkonini bermaydigan va etarli darajada samarali bo’lmagan byudjet mexanizmining mavjudligi va boshqa sabablar.
Byudjet defitsiti vujudga kelganda, unga nisbatan strategik yondoshuv quyidagilarga alohida e’tibor berilishini taqozo etadi:
byudjet defitsitining mavjudligini matematik yo’l bilan hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda, iqtisodiyotni “davolash” o’rniga uning kasalligi kuchayadi;
byudjetning balansliligi, daromadlarning xarajatlardan ko’pligi sog’lom va uzluksiz rivojlanayotgan iqtisodiyotdan dalolat bermaydi. Byudjet defitsiti bo’lishi mumkin;
byudjet defitsitining miqdori (darajasi), odatda, mamlakat yalpi milliy mahsulotining 2-3%dan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko’rish kerak;
byudjet defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat qimmatbaho qog’ozlarini moliyaviy bozorda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi belgilarini zarb etuvchi uskunani (stanokni) ishga solmaslik kerak;
byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotning o’zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu maqsadga erishish uchun ko’zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarning eng asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
byudjet xarajatlarining investitsion yo’nalishini o’zgartirish, ularni eng ko’p samara beradigan yo’nalishlarga yo’naltirish;
xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy imtiyoz va jazolardan keng foydalanish;
davlatdan moliyalashtirishni va davlat iqtisodiyoti sohasini qisqartirish, xorijiy davlatlarga yordam ko’rsatishni keskin kamaytirish;
harbiy xarajatlarni qisqartirish;
eng muhim sotsial dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik byudjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to’xtatib turish;
qarzlarni davlat qimmatbaho qog’ozlari shaklida rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kredit berishni Markaziy bank uchun taqiqlab qo’yish;
xorijiy sarmoyalarni jalb etish va boshqalar.
Byudjet defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirish manbalarini aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri davlatning qarz olishidir.
Davlatning qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’-yicha kafolatchi sifatida hukumatning qarz majburiyatlari vujud-ga keladi.
Davlatning ichki qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxs-lar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qi-linadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha kafolatchi sifatida hukumatning o’z milliy valyutasida ifodalangan qarz majburiyatlari paydo bo’ladi. Davlatning tashqi qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxs-lar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qi-linadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valyutada ifodalangan qarz majburiyatlari vujudga keladi.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari jalb qilingan mablag’larning barcha asosiy turlari bo’yicha navbatdagi moliyaviy yilga mo’ljallangan byudjet to’g’risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan albatta tasdiqlanishi kerak.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning manbai sifatida mamlakat Markaziy bankining kreditlari va Markaziy bank tomo-nidan hukumatning sotib olingan qarz majburiyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga bo’lish qabul qilingan:
ichki manbalar;
tashqi manbalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar;
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqa-rish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;
davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;
davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromadlarning xa-rajatlardan o’sgan qismi summasi;
byudjet mablag’larini hisobga oluvchi hisob varaqlaridagi mablag’lar qoldig’ining o’zgarishi va boshqalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar kiradi:
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqa-rish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firma-lar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari.
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlarni qo’shgan holda) mam-lakat hukumatining qarz majburiyatlari hukumatning davlat qar-zini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil eta-digan davlat mulki bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minla-nishi kerak. Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukuma-tining qarz majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini shakllantirish bo’yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashki-lotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari;
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari;
mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to’g’risidagi shartnomalar;
o’tgan yillardagi mamlakatning qarz majburiyatlarini res-trukturizatsiya qilish va muddatini o’zgartirish to’g’risidagi mam-lakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitim-lar va shartnomalar va boshqalar.
Mamlakatning qarz majburiyatlari o’zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo’lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz to’lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak. Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
hukumat davlat qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha qarzining asosiy nominal summasi;
hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz-ning hajmi;
mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yicha majburiyatlar hajmi va boshqalar.
O’z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari bo’yicha majburiyat-lar hajmi;
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz hajmidan iborat bo’ladi.