Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


Xorijiy mamlakatlarda byudjet taqchilligi, taqchillikni boshqarish va tartibga solish tajribalari



Download 2,36 Mb.
bet65/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

11.4. Xorijiy mamlakatlarda byudjet taqchilligi, taqchillikni boshqarish va tartibga solish tajribalari


Davlat moliyasini sog’lomlashtirish, uning daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan byudjet-soliq tizimidagi islohotlarning hozirgi bosqichida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi davrda davlat byudjeti taqchilligi muammosi nafaqat iqtisodchi olimlarning, balki dunyodagi qashshoq yoki rivojlanayotgan mamlakatlar bilan bir qatorda, iqtisodiyoti taraqqiy topgan mamlakatlar hukumatlarining ham asosiy diqqat-e’tiboridagi umumiqtisodiy holat hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu muammo hamon davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etishda jiddiy tus olmoqda. Ushbu holatga e’tiborini qaratgan O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov quyidagilarni alohida ta’kidladi: “Inqiroz yillarida ko’plab davlatlar o’z iqtisodiyotiga, ayniqsa, moliya-bank sohasini saqlab qolish maqsadida aynan shu sohaga ulkan mablag’larni yo’naltirishga majbur bo’ldi. Bu, o’z navbatida, bir qator davlatlarda, avvalo, rivojlangan mamlakatlarda katta miqdordagi davlat byudjeti taqchilligi va davlat qarzlarini keltirib chiqardi, moliyaviy nomutanosiblikning yuzaga chiqishiga sabab bo’ldi”1. Har bir alohida olingan mamlakatda davlat byudjetini boshqarishda byudjet taqchilligi va uni boshqarish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat byudjeti taqchilligi davlat oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Ta’kidlash lozimki, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjeti taqchilligi har doim ham salbiy holatni bildirmaydi.
J.M.Keynsning eng asosiy g’oyasi shundan iboratki, u davlat xarajatlarini oshirish va ushbu mablag’lar yetmagan taqdirda “qarz yordamida moliyalashtirishni” taklif etdi. Uning g’oyasining davomchilari ushbu nazariyani “taqchillik asosida moliyalashtirish” deb nomladilar. J.Keynsning fikricha, davlatning joriy xarajatlarini qarz hisobiga moliyalashtirish “iste’molga moyillikni” oshiradi va buning natijasida “investitsiyalarga moyillik” ham ortadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, J.M. Keynsgacha davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining mutanosib bo’lishi hamda byudjet taqchilligining faqat salbiy holat sifatida qabul qilinishiga asoslangan yondashuv mavjud edi. J.Keyns ushbu dunyoqarashlarga chek qo’ydi. Uning fikricha, ssuda kapitali bozorida Markaziy bank yordamida “samarali talab”ga erishish mumkin va shu asosda, davlat byudjeti taqchilligi milliy iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi vositalaridan biriga aylanadi. Yuqoridagi nazariyadan farqli ravishda, monetaristlarning fikricha, pul-kredit siyosati yalpi ichki mahsulot miqdorini o’zgartirishning g’oyatda qudratli vositasidir. Byudjetdagi taqchillikni o’ziga maqbul darajada saqlab turish uchun davlat o’z xarajatlarini kelib tushayotgan daromadlariga muvofiq holga keltirish maqsadida ularni davlat foydasiga jilovlab turadigan siyosatni muntazam ravishda olib boradi. Monetarizm tarafdorlari byudjet-soliq siyosatini amalga oshirish xech qanday ijobiy samara bermaydi, deb hisoblashadi. Monetaristlarning fikricha, iqtisodiyotni rivojlantirishda eng asosiy e’tiborni muomaladagi pul miqdorini o’zgarishiga qaratish lozim, binobarin davlat byudjetidan makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun foydalanmaslik kerak.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, jahon amaliyotida davlat byudjeti taqchilligi mamlakat milliy iqtisodiyotiga jiddiy xavf tug’diradimi yoki buning aksi – taqchillik iqtisodiyotni rivojlantirishda foydalimi, degan savol hozirda ham dunyoning yetakchi iqtisodchi olimlari o’rtasida baxs-munozaralarga sabab bo’ladi. Yevropa Ittifoqiga a’zo rivojlangan mamlakatlar o’zlarining rivojlanish bosqichlarida davlat tashqi qarzi va davlat byudjeti taqchilligini boshqarishda o’ziga xos tajribaga egadirlar. Aynan, yevrohudud mamlakatlarida Maastrixt shartnomasida Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar uchun “yevrohudud”da ishtirok etishlari uchun 1993 yil 2 maydan boshlab qat’iy mezonlar o’rnatilgan1:

  • davlat byudjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,0 foizdan ortmasligi lozim, agarda belgilangan ushbu normativ buzilsa, uni buzgan davlatga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo’llaniladi;

  • davlat tashqi qarzi miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60,0 foizdan ortmasligi lozim (yoki ushbu ko’rsatkichga barqaror yaqinlashib borish mumkin).

Mamlakatimizda davlat byudjeti taqchilligi muammosini o’rganish bilan birga, iqtisodi taraqqiy topgan va rivojlanayotgan mamlakatlarning davlat byudjeti taqchilligining yuzaga kelish sabablarini tahlil etish va ularda byudjet taqchilligini qisqartirish bo’yicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlarni o’rganish, bizga, ushbu sohada kelajakda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarning oldini olish imkoniyatini yaratadi.
Xalqaro amaliyotda yetakchi iqtisodchi olimlar o’rtasida byudjet taqchilligini moliyalashtirishning usullari to’g’risida turli qarashlar mavjud. I.A. Pogosovning fikricha, “davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishning asosan ikki usuli mavjud2:

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish