1.1. Ta’lim muassasalarini moliyaviy rejalashtirishni iqtisodiy axamiyati
Moliyaviy rejalashtirish – xalq xo‘jaligini boshqarishning tarkibiy qismi bo‘lib, davlat pul mablag‘larni tashkil etish, taqsimlash, qayta taqsimlash va ishlatish jarayonlarini rejali boshqarishdir1.
“Rejalashtirish” tushunchasining ma’no-mazmunini yanada umumiyroq bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’ektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo‘yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi2.
Moliyaviy rejalashtirish xalq xo‘jaligini rejalashtirish kabi, iqtisodiyotning proporsional va balansli ravishda rivojlanishi, birlamchi xalq xo‘jaligi kompleksining hamma bo‘g‘inlaridagi faoliyatlarni koordinatsiyalash, ijtimoiy ishlab chiqarishda yuksak sur’atlarni ta’minlash va xalqning moddiy farovonligining to‘xtovsiz o‘sib borishini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Moliyaviy rejalashtirishni asosiy ob’ekti – moliyaviy resurslardir. Ular jami ijtimoiy mahsulotning va milliy daromadning manbai bo‘lib, ularning tarkibiga xalq xo‘jaligining pul jamg‘armalari, amortizatsiya ajratmalari, tashqi iqtisodiy aloqalardan tushadigan tushumlar va aholidan tushadigan daromadlar kiradi. Moliyaviy resurslarning tashkil topishi, taqsimlanishi va ishlatilishi kredit mablag‘larning xarakati bilan, ishlash doirasi bir-biridan ajralishiga qaramay (ba’zan ular birbirini to‘ldira oladi va hattoki pul mablag‘larini bir-biri bilan almashtira oladi), o‘zaro bog‘langan. Shuning uchun xalk xo‘jalik tomonidan qarab chiqilganda moliyaviy rejalashtirish o‘z ichiga kreditni rejalashtirishni ham oladi.
Moliyaviy rejalashtirishning asosiy maqsadi bo‘lib – moliyaviy resurslar hajmining o‘sishi va ularga bo‘lgan ehtiyojlar ko‘payishining mosligini ta’minlash; resurslarni tashkil topishi manbalarni ko‘payishini mosligini ta’minlash; resurslarni tashkil topish manbalarni va shu manbalarni sarflashda konkret yo‘nalishlarini aniqlash; halq xo‘jalik sohalari va regionlar orasida ularning taqsimlanishini optimal va proporsional ravishda belgilash maydonga chiqadi3.
Moliyaviy rejalashtirish dastlabki va jamlangan bo‘lib, moliyaviy rejalarni tuzish va ijro etish orqali amalga oshiriladi.
Dastlabki rejalashtirishga korxonalarning, moddiy ishlab chiqarish tashkilotlarining, noishlab-chiqarish tashkilotlarining, xarajatlari to‘liq yoki asosiy qismi davlat byudjeti yoki maxsus mablag‘lar orqali qoplanadigan davlat muassasalarining rejalari kiradi.
Moliya tizimining barcha bo‘g‘inlari moliyaviy reja-lashtirishni amalga oshiradi, biroq moliyaviy rejaning shakli, tarkibi, tuzilishi va hajmi har bir bo‘g‘inning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, tijorat asosida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik sub’ektlari «daromadlar va xarajatlar balansi» shaklidagi moliya rejasini tuzsa, notijorat asosida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik sub’ektlari «smeta xarajatlari» tuzadi, jamoa birlashmalari, kooperativ, sug‘urta tashkilotlar moliyaviy rejalar tuzsa, davlat boshqaruv organlari respublika hamda mahalliy byudjetlarni tuzadilar.
Moliyaviy rejalashtirishning muayyan vazifalari moliyaviy siyosat tomonidan belgilanib, quyidagi ko‘rsat-kichlarni qamrab oladi:
rejali topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan pul resurslari va ularning manbalarini aniqlash;
daromadlar hajmini oshirish va xarajatlarni tejab iqtisod qilish;
markazlashgan va markazlashmagan pul fondlari o‘rtasida pul resurslarini taqsimlashda optimal proporsiyani belgilash va boshqalar
O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurti yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va oliy kasb ta’limining ta’limiy-kasbiy dasturini amalga oshiradigan ta’lim muassasasidir. Oliy o‘kquv yurti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tuziladi va tugatiladi. Oliy o‘quv yurti O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, boshqa qonunlar, qonunlar dalolatnomasi, mazkur Nizom hamda oliy o‘quv yurtining Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan Ustavga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. Oliy o‘quv yurti ta’lim, fan va madaniyat markazi sifatida o‘z maqsadini inson, Vatan va jahon sivilizatsiyasi baxtsaodati yo‘lida haqiqatni anglash, adolat va ezgulikni o‘rnatish deb bilgan professorlar, o‘qituvchilar, hodimlar va talabalarni o‘zida mujassamlashtirilgan ijodiy hamkorlikdir.
Oliy ta’lim - rivojlantiriladigan va o‘z-o‘zini rivojlantiradigan tizim. U insoniyat taraqqiyoti butun bosqichi mobaynida to‘plangan tajribani yangi avlodlarning ongiga singdirish va madadaniyat, fan, texnika, umuman, jamiyatni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishga da’vat etilgan. U o‘z qonuniyatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi va ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlarning bevosita ta’siri ostida rivojlanadi.
Bozor iqtisodiga o‘tish barcha sohalarda, shu jumladan, oliy ta’limda sezilarli o‘zgarishlarga olib keldi. Bu, avvalo, qat’iy vertikal tizimning parchalanishi, yosh mutaxassislarni qabul qilish va taqsimlash majburiy rejasining tugatilishi oliy ta’limning ijtimoiy, davlat va tijorat sho‘balari teng huquqliligi tamoyillariga amal qilish bilan bog‘liqsir.
Endilikda davlatimiz ta’lim siyosatini «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dan iborat qonunlarga asoslanuvchi barcha ta’lim tizimini keng ko‘lamda qayta qurish belgilaydi. Moliyalash hajmiga kelsak, bundan ham tub o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Zero, hozirgi vaqgda ta’lim muassasalarini moliyalash davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlash va ta’lim muassasalariga faoliyat ko‘rsatishlarida keng mustaqillik berish bilan qo‘shib olib borilmoqsa.
Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida ta’limni moliyaviy ta’minlashni tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan vazifalar hal etilmoqda. Bular o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasiga yo‘naltiriladigan YaIM ulushini bosqichmabosqich oshirib borish;
kadrlar tayyorlashni moliyalash tizimining ko‘p variantliligi (byudjetdan va byudjetdan tashqari manbalardan ta’minlash) ni joriy etish;
o‘quv yurtlari o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlashini takomillashtirish;
ta’lim sohasiga xususiy, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni talab etishni rag‘batlantirish;
respublika fuqarolari uchun ta’lim krediti berish tartibini shakllantirish, keyinchalik uni qaytarishning moslashuvchan tizimini yaratish;
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qo‘llabquvvatlashda donorlar va homiylar ahamiyatini oshirish;
pulli ta’lim xizmati ko‘rsatish, tadbirkorlik, konsultatsiya, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish, ilmiy faoliyat va faoliyatning boshqa turlari hisobiga o‘quv yurtlarining daromadlarini oshirishni ta’minlash.
Oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim sohasidagi, shu jumladan moliyaviy-iqtisodiy ta’minlanganligi qismidagi tub islohotlar ilmiy va iqtisodiy mustaqillik tamoyillariga asoslanadi. Ta’lim muassasasining ilmiy mustaqilligi ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishi, mavzui, buyurtmachilarni, shuningdek ishlarni olib borish shakl va usullarini tanlashda namoyon bo‘ladi.
Ta’lim muassasalari iqtisodiy mustaqilligining asosi bo‘lib, o‘z faoliyati tufayli ta’lim muassasasi ishlab chiqargan mahsulotning mavjudligini tan olib hisoblaydi.
Oliy ta’lim iqtisodi, bu — milliy tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishning alohida qismi. Uning amal qilishi faoliyatning mazkur sohasidagi o‘ziga xos moliyaviy, moddiy va mehnat munosabatlarini tashkil etishga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |