Iqtisodiy mustaqillik deganda, bir tomondan, ta’lim muassasasining ham o‘z mablag‘lari, ham ta’lim, ilmiy va xo‘jalik faoliyatidan kelgan resurslarni tasarruf etishdagi erkinlik tushuniladi. Ikkinchidan, o‘z faoliyati natijalari uchun to‘la iqtisodiy mas’uliyat tushuniladi.
Ta’lim faoliyatini ta’minlash maqsadida Ta’lim muassasalariga ular ustaviga muvofiq ta’sischi ob’ektlarni (er, bino, inshoot, mulk, jihozlar, shuningdek, boshqa iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan zarur mulklarni) egalik qilish huquqi bilan ularga biriktirib qo‘yadi, bu mulklar esa xususiy mulk yoki uchinchi shaxsdan (mulkdordan) ijaraga olingan xususiy mulk sifatida ta’sischiga taalluqli bo‘ladi. Ta’sischi tomonidan ta’lim muassasasiga biriktirib qo‘yilgan xususiy mulk ob’ektlari mazkur muassasa operativ boshqaruvida bo‘ladi.
Ta’lim muassasasining xususiy vositalari (yoki moddiy-texnika bazasi)ni aktiv va passiv qismlarga ajratilishi mumkin. Passiv qism (bino, inshoot, yer, jihozlar) talabalar, o‘qituvchilar va boshqa xodimlar uchun zarur mehnat sharoitini vujudga keltiradi. Aktiv qism (professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, qayta tayyorlash, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, programma mahsulotlar, internet va h.k.lar) oliy ta’lim berish jarayonida bevosita ishtirok etadi. Yer maydonlari davlat va mahalliy hokimiyat ta’lim muassasalariga muddatsiz, haq to‘lamay foydalanish uchun berib qo‘yiladi.
Ko‘pgina huquqlarga ega ta’lim muassasasi o‘z majburiyatlari bo‘yicha tasarrufidagi pul mablag‘i va o‘ziga tegishli mulkuchun javobgardir. Ta’kidlangan vositalar o‘quv yurtida yetishmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha mas’ullik qonunda belgilangan tartibda ta’sischi zimmasiga tushadi. Nodavlat ta’lim tashkiloti qonunda belgilangan umumiy asoslarda bankrot deb tan olinishi mumkin.
Ta’lim muassasalarining jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy tomonlariga ko‘rsatadigan ta’siri juda muhimdir. Ayni mana shu ta’sir oliy ta’lim tizimi sohasiga nisbatan davlat va mintaqa siyosatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oliy ta’limga iqtisodiy ta’sir insonning to‘plagan foydali xossalari majmui, uning malakaviy va kasbiy sifatlari orqali amalga oshiriladi. Bular jamoat ishlab chiqarish sohasiga bevosita qo‘llanishi jarayonida muayyan inson, u ishlayotgan korxona yoki tashkilot farovonligini oshirishga ko‘maklashadi. Bu, oqibat natijada tegishli hudud va davlat moddiy farovonligi oshishiga sabab bo‘ladi. Amerika firmalari tajribasiga ko‘ra ta’limga qo‘yilgan har bir 35 ming dollar 1 million dollar foyda keltirar ekan. Bundan tashqari mehnatni aqliylashtirish hozirgi jamiyatning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi, demak mazkur sohani ustuvorlikdan chiqarish jahonning ilg‘or mamlakatlaridan orqada qolishga olib keladi.
Ijtimoiy ta’sir shundan iboratki, shaxsning individual va ijtimoiy ong shakllanishi ko‘p jihatdan ayni shu ta’lim muassasalarida amalga oshadi, jamiyat ma’naviy boyligiga boylik qo‘shiladi, bunga esa ta’lim, madaniy-maorif xizmati ko‘rsatish vositasida erishiladi.
Oliy ta’lim, avvalo, mintaqaga ta’sir o‘tkazadi.
Ta’lim muassasasining mintaqaga ta’siri yo‘nalishlarini quyidagilarga ajratish mumkin:
Iqtisodiy-mintaqa sezilarli daromadga ega bo‘ladi, chunki ta’lim muassasasining mavjudligi anchagina qo‘shimcha moliyaviy resurslar oqib kelishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, talabalar o‘z daromadining ko‘p qismini mazkur mintaqada sarf qilganlari uchun bu joyda pul tushumi ko‘payadi. Mehnat bozorining ahvoli yuqori malakali mutaxassislar sonining oshishi tomon o‘zgaradi. bu o‘z navbatida, mazkur mintaqada ular raqobatbardoshligini oshiradi va ularga talabni kuchaytiradi. Demak, yuqori malakali mehnat bilan bog‘liq ish o‘rinlari miqdori ham oshadi. Ishlab chiqarish tizimida ham ilm talabtexnologiyalarni yaratuvchi va ulardan foydalanuvchi tashkilot va firmalar ko‘payib, o‘zgarish yuzaga kelishi mumkin.
Demografik-ta’lim muassasasining mavjudligi aholi sonini va harakatchanligini oshiradi. Bundan tashqari talabalar tarkibi aholi tuzilishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Ijtimoiy-mintaqada turmush darajasi yaxshilanadi, aholi savodxonligining o‘sishi esa jinoyatchilik ko‘rsatkichi pasayishiga olib keladi.
Madaniy. Ta’lim muassasalari mintaqa madaniy va axloqiy saviyasi oshishshiga sabab bo‘ladi va madaniy hayotni yanada jonlantiradi.
Shu bilan bir vaqtda mintaqa xam ta’lim muassasalariga ta’sir o‘tkazadi, ya’ni ta’lim muassasalari mintaqa manfaatlarini e’tiborga oladi, aks holda, ular faqat talabalarni yo‘qotibgina qolmay, balki o‘zining turli faoliyatiga bo‘lgan buyurtmalardan ham maxrum bo‘lishlari mumkin. Shunday qilib ta’lim muasosasalarining faoliyati mintaqa mehnat bozori va ilmiy texnologiyalar bozorini bevosita o‘rganish asosiga quriladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan ta’lim muassasalari moliyaviy siyosatini belgilashda va tijorat asosida o‘z faoliyatini tashkil etishda katta erkinliklarga ega bo‘ldilar. Ular bozorda bugun taklif etishlari mumkin bo‘lgan xizmatlarni o‘zlari mustaqil belgilaydilar. Mazkur xizmatlarning narxi va sifati oqilonalonaligi ta’lim muassasalari samarali faoliyat ko‘rsatishiga, uning obro‘siga va oqibat natijada, iqtisodiy muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Shu bilan birga, oliy ta’lim faoliyati jamiyat hayotiga, mamlakat iqtisodiy va siyosiy ahvoliga birinchi darajali ta’sir o‘tkazishiga ko‘ra, mazkur soha bevosita hamda qattiq davlat nazorati ostida turadi. Bu, bir tomonidan, oliy ta’lim standartlari talablariga bog‘liq masalalar bo‘yicha ta’lim muassasalariga tavsiyalarda namoyon bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ta’lim muassasalari tijorat faoliyatining muayyan tarzda cheklanganligini ko‘rinadi
Ta’lim muassasalarini byudjetdan moliyalash tartibi davlat iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bog‘liq tarzda byudjetlarni tashkil etish va ulardan foydalanishning yagona qoidasini tadbiq etishga asoslangan.
Ta’lim-inson omiliga investitsiyadir. Jamiyat, davlat umuman bunday investitsiyadan manfaatdor, chunki darajasini oshirish iqtisodiy o‘sishini ta’minlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi, ijtimoiy muammolarni bir qadar bartaraf etadi. Mana shuning uchun ham ta’limga yo‘naltirilgan moliyaviy resurslar ulushi ustuvor hisoblanadi.
Moliyaviy-kredit mexanizmining tarkibi umuman quyidagi unsurlardan tashkil topadi:
moliya-kredit munosabatlarini tashkil etish shakllari, usullari, tamoyillari; - qonunchilik cheklovlari;
rejalashtirish, boshqarish tizimi va moliya-kredit ta’siri natijalarini nazorati;
Mazkur bo‘g‘inlar mustaqil faoliyat ko‘rsatishiga qaramay ular bir-biri bilan bog‘liq va aloqador. Moliya-kredit mexanizmining mazkur tarkibiy qismlarining ichki bog‘liqligi va uning amal qilish samaradorligini belgilovchi birinchi darajali va ajralmas sharti hisoblanadi.
Moliya-kredit mexanizmini tashkil etishning turli shakllari, ya’ni byudjetdan moliyalash (byudjetdan turli darajadagilarni moliyalash), bank kreditlari va o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlashda Moliya-kredit munosabatlarining amal qilishi jarayonida bir vaqtning o‘zida barobar foydalaniladi. Ular bir-birini to‘ldiradi. Shunga ko‘ra ularni oqilona uyg‘unlashtirish ham butun xo‘jalikka ham ulardan muayyan sohada foydalanishga bevosita samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir o‘tkazish usullari muayyan me’yor va mezonlardan, shuningdek moliyalash va kreditlashning o‘ziga xos jixozlariga ta’sir etuvchi shart va tartiblardan iboratdir. Moliya-kredit mexanizmining mazkur bo‘g‘ini uning faoliyat ko‘rsatilishi tavsifini belgilaydi. Moliya-kredit munosabatlarini tashkil etish tamoyillari, bu-moliyalash va kreditlash jarayonining muayyan shartlari yoki shartsiz omillari hisoblanadi.
Moliya-kredit mexanizmi amal qilishning tartibini tashkiliy tuzumlar belgilaydi. Ular huquqiy cheklashlarning rejalashtirish boshqarish va nazoratni o‘z ichiga oladi. Huquqiy cheklash Moliya-kredit munosabatlarini tashkil qilish masalalari bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilishda ko‘rinadi. Me’yoriy xujjatlar va qoidalarning qabul qilish bir qator davlat muassasalarining faoliyat sohasi hisoblanadi mazkur cheklashlar tufayli Moliya-kredit siyosatini muvofaqiyatli yuritish, Moliya-kredit mexanizmini aniq ishlashi uchun zarur sharoit yaratiladi.
Rejalashtirish, boshqarish va nazorat tizimi moliya-kredit munosabatlarini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlar asosida faoliyat yuritadi. Mazkur tizimning o‘ziga xos mavjudligi, tarixiy, iqtisodiy va siyosiy shartlarga bog‘liq. Uning tarkibi va tuzilishi mamlakatning davlat qurilishiga muvofiq belgilanadi. Iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichiga muayyan moliya-kredit mexanizmi to‘g‘ri keladi va u uning o‘ziga xos jihatini aks ettiradi. Moliya-kredit mexanizmi yetarli darajada dinamik bo‘lib, faqat o‘zgarishlargagina moyil emas, balki muntazam takomillashtirishga ham muhtojdir. Demak, moliya-kredit mexanizmini tashkil qilishda davlat uning moliya-kredit munosabatlari sohasidagi muayyan vaziyatlarga to‘la mos kelishini ta’minlashga harakat qilishi lozim bu faqat xo‘jalikning rivojlanish yo‘llarini to‘la tahlil qilish natijasidagina mumkindir va u boshqaruv idoralarining faoliyat sohasiga kiradi.
Moliya-kredit mexanizmi ishlashning o‘ziga xos tomonlarining to‘la ko‘rib chiqib, oliy ta’lim moliya-kredit mexanizmi tuzilishini tadqiq etishga to‘xtalamiz.
Oliy ta’lim faoliyatini, xususan, uning tashkiliy tuzilishini tartibga solish moliyalashni takomillashtirishning muhim sharti hisoblanadi. Bu:
barcha oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida namunaviy lavozim birligi faoliyat ko‘rsatishini, ma’muriyat-boshqaruv xodimlari lavozimlariga me’yorlar joriy etilganida, ta’lim muassasalari lavozim jadvalida ozod etilgan dekan, dekan muovini lavozimi belgilanganida, ularning lavozim maoshi byudjetdan ajratilishida yaqqol ko‘rinadi. Oliy ta’lim vazirligida marketing xizmati bo‘linmasi; barcha Ta’lim muassasalarida esa marketing xizmati bo‘linmasi hamda akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va marketing xizmati bo‘yicha prorektor lavozimi ta’sis etildi, ularning ham faoliyat yuritishi byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadi:
akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va talim muassasalaridagi fakultetlarning o‘qituvchilari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash markazlari tashkil etilgan.
Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish hisobiga moliyalashning yangi manbalaridan foydalanish respublikada iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish davrida ta’lim moliyaviy bazasini sog‘lomlashtirishning strategik yo‘nalishi hisoblanadi. Bu tadbir umuman dunyo miqyosida oliy ta’limni rivojlantirishning ob’ektiv qonuniyati, faqat o‘tish davri sharoiti taqozosiga ko‘ra O‘zbekiston uchun zaruratgina emas.
Tatim muassasalariga foydalanish uchun davlat mulkining biriktirib qo‘yilganligi tufayli ular to‘liq ajralmagan hodda tadbirkorlik faoliyatida qatnashishlari uchun katta imkoniyatlar ochib beradi va bu eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Ta’lim muassasalariga biriktirilgan moddiy resurslar negizida tadbirkorlik qilish byudjetdan tashqari faoliyatning muhim yo‘nalishidir.
Oliy ta’lim muassasasi o‘zining byudjetdan tashqari faoliyati natijasida olgan mablag‘ (asosan, moliyaviy resurslar)dan foydalanishda ayniqsa keng erkinlikka egadir. Bu faoliyatning samaraliligi ta’lim muassasalari faoliyati uchun mutlaqo yangi bo‘lgan moliyaviy boshqarish bilan bevosita bog‘liqdir. Bu faoliyat Respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodiyot, investitsiya va marketing xizmati bosh boshqarmasi tomonidan boshqariladi. Iqtisodiyot, tadbirkorlik hamda marketing xizmati byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish bo‘yicha va barcha ta’lim tizimi rahbarlariga aniq tavsiyalar ishlab chiqildi, vazirlik mas’ul xodimlari ishtirokida iqtisod, tadbirkorlik va marketing xizmati bo‘yicha ta’lim muassasalari prorektorlari uchun sayyor seminarlar o‘tkazadi hamda byudjetdan tashqari mablag‘larni uyg‘unlashtirish, jalb etish va sarflash bo‘yicha boshqa ishlarni amalga oshiradi.
Byudjetdan tashqari faoliyat asosiy turlarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tasniflash mumkin:
1. Ta’lim xizmati sohasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |