Oliy o‘quv yurtlarini byudjetdan tashqari mablag‘lar bilan moliyalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hozirgi paytda moliyalashni byudjetdan tashqari qo‘shimcha manbalarini jalb qilish bo‘yicha ta’lim muassasalarining faoliyati tobora tijorat tavsifiga ega bo‘lmoqsa. Tijorat faoliyatining asosiy maqsadi hamon ta’lim muassasasini intellektual, ta’limiy, ilmiy, madaniy va ishlab chiqarish imkoniyatini saqlash va rivojlantirish maqsadida moliyaviy barqarorligini ta’minlashdan iborat bo‘lib qolmokda. Demak, ta’limni boshlang‘mch tijorat bilan uyg‘unlashishi samarali shakllarini topish jiddiy vazifa bo‘lib qolmoqda.
Davlat ta’lim muassasasi byudjet tashkiloti hisoblanadi, vakolatli davlat idoralari tomonidan «ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq ta’lim va ijtimoiymadaniy funksiyani amalga oshirish uchun tuziladi va to‘liq yoki qisman davlat byudjetidan moliyalashtiriladi.
Kadrlar tayyorlashga bo‘lgan davlat buyurtmasi (grant) ta’lim muassasasiga byudjetdan mablag‘ ajratish uchun asos bo‘ladi, unga asosan ta’lim muassasasiga byudjet mablag‘i ajratiladi.
Ta’lim muassasasining byudjet tizimi quyidagi tamoyillar asosida tuziladi:
rahbariyat darajalari bo‘yicha byudjet vakolatini taqsimlash. «Oliy ta’lim to‘g‘risidagi qoidalar» ta’lim muassasasi byudjeti tamoyillari, daromadlarni aniqlash tartibi, xarajatlarni tasdiqlash tartibi va boshqaruv turli darajalari huquqini tartibga soladi.
Ta’lim muassasasining byudjeti tegishli qoidalar asosida ta’lim muassasasiga biriktirib qo‘yilgan pul mablag‘ining hosil bo‘lish va sarflanish shakli. Byudjet ta’lim muassasasi uchun umumiy yoki qisman yuridik shaxs huquqi berilgan ayrim bo‘linma uchun alohida moliyaviy hisob-kitob qilish uchun ajratilgan ichki bo‘linma uchun tuziladi.
Byudjet tizimining uchta bosqichi farqlanadi:
umumta’lim muassasasi miqyosi;
alohida bo‘linma miqyosi;
ayrim ishlar, ayrim tadbir, ayrim ob’ekt miqyosi. Ta’lim muassasasini moliyalash uchun mablag‘ davlat tuzilmalaridan (davlat mablag‘i),korxonalar va xususiy fuqarolar (nodavlat mablag‘lar)dan kelishi mumkin.
Byudjetni tasniflash davlat tizimi bo‘yicha chiqim va kirim moddalarini guruxlab amalga oshiriladi. Ta’lim muassasasi byudjet tizimining birligi huquqiy negizning birligi tasniflashning yagona tizimidan, hujjatlarning yagona hisobot va reja shaklidan foydalanib, umumiy byudjetni tuzish uchun tatlim muassasalari boshqaruv darajasi bo‘yicha zarur statistika hisoboti taqsim etish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Ta’lim muassasasi byudjet tizimi birligi turli darajalar daromadiga tushumlardan va boshqaruvning ancha yuqori darajasi maqsadli hisob raqamiga tushumlardan ajratmalar belgilangan me’yorlari orqali byudjetlar o‘zaro harakati bilan cheklanadi.