Давлат бюджет ижросини таъминлашда хисоб-китоб тизими фаолиятининг роли



Download 138,18 Kb.
bet9/13
Sana30.05.2022
Hajmi138,18 Kb.
#621050
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Vaxobov SH.Ta\'lim sohasidagi isloxatlarni moliyaviy ta\'minlash masalalari

Yaponiya, masalan AQSh, Kanada va Shvesiyadagi kabi barcha uchun barobar bo‘lmagan, aksincha oliy maqomdagi oliy ta’lim modeliga ega, davlatning YaIMdagi ta’limga bo‘lgan xarajatlari ulushi sezilarli darajada past. Oliy ta’lim AQSh, Kanada va Shvesiyada xamma uchun ochiq, lekin bu-mamlakat rahbarining siyosati, bu-milliy an’ana. Agar Yevropa mamlakatlari, xususan Fransiya, Germaniya oliy maktabni byudjet hisobidan sezilarli darajada moliyalab va davlat tomonidan nazorat qilib, bozorning ta’siridan himoya qilsa, AQShda oliy ta’lim an’anaviy tarzda federal hukumatdan mustaqil, bozor tuzilmalari bilan muntazam aloqada, hatto davlat ta’lim muassasalari ham pulli. Biroq quyidagi jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki, AQShning oliy ta’limga xarajatlari, shunday oqilona darajaga erishganki, undan oshib ketsa, ta’lim muassasasi muxtorligi va tashqi o‘zgarishlarga bo‘lgan aks ta’siri shubha ostida qoladi.
1-jadval
Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiya universitetlaridagi ta’lim daromadlari manbaining tuzilishi (% da)


Manbalar

Angliya

AQSh

Fransiya

1

Davlat xarajatlari,





Jami

85,5

51,1

99,0


Shu jumladan:





markazlashtirilgan

84,0

16,5

96,2


shtatlarning xarajatlari

-

30,6

-


Mahalliy

1,5

4,0

2,8

2

Xususiy kompaniyalar va xayriya tashkilotlarining xarajatlari

2,5

6,9


3

O‘quvchilar va ular oilalarining xarajatlari

8,0

20,3

1,0

4

Ta’lim muassasalarining o‘z daromadi

-

11,4

-

5

Boshqa manbalar

4,0

10,4

-

Manba: Talabaning rasmiy ma’lumotlari tahlili asosida shakllantirildi.
G‘arb mamlakatlaridagi universitetlarda, qoidaga ko‘ra, moliyalashning uch asosiy manbai bor, ta’lim faoliyati bilan bog‘liq sarflar shulardan qoplanadi. Hukumat granti, talabalardan ta’lim uchun olinadigan haq, tijorat faoliyati tufayli olinadigan daromadlar ana shu uch manba hisoblanadi. Turli mamlakatlarda ular nisbati turlicha bo‘lib, vaqt-vakti bilan har bir mamlakatda bu nisbat o‘zgarib turadi. Ta’lim muassasasi talabalarining o‘zlari ham kundalik sarf-xarajatlarini o‘zlari ko‘taradilar. Buning uchun quyidagi imkoniyatlar mavjud: ota-onalarining mablag‘i; hukumatdan olingan individual grant; talabalarga tarqatiladigan maxsus zaymlar; qo‘shimcha daromadlar Shuni ta’kidlash joizki, tizimdan, jamiyatdan yoki qaysi mamlakatligidan qatiy nazar chiqimlar u yoki bu tarzda quyidagi to‘rt manbadan olinishi mumkin: ota-onalar, talabalar, soliq to‘lovchilar va ta’lim muassasasi. Yuqorida Qayd etilgan moliyalash manbalari ikki guruhga ajraladi: davlat va xususiy.
Ko‘pgina chet el mamlakatlari byudjetni muvozanatlashtirish maqsadida davlat xarajatlari hajmini qisqartirishga harakat qiladi. Hatto G‘arbiy Yevropada moliyalash hukumat grantidan ochiq-oydin oliy o‘quv yurtining tijorat faoliyatidan yoki ta’lim uchun to‘lovdan keladigan daromad tomon siljimoqda. Germaniya kabi mamlakatlarda ta’lim uchun to‘lov amalda nominal tarzda, Buyuk Britaniyada esa ancha sezilarli darajada, lekin ko‘pchilik mamlakatlarda bu xarajatlarning og‘irligi talaba istiqomat qiladigan tuman yoki shahar hokimiyati zimmasiga tushadi, hukumat ta’lim muassasalariga ta’lim uchun mustaqil haq belgilashni ta’qiqlaydi. Hozirgi paytda bu tizim o‘zgarishga uchramoqda va tez orada ko‘pgina g‘arb mamlakatlarida ta’lim uchun haq to‘lashni ta’lim muassasalarining o‘zlari belgilaydi va moliyalash asosan talabalar tomonidan amalga oshiriladi. Mo‘ljal qilishlaricha, bu hol ta’lim darajasini ko‘tarishga imkon beradi, chunki talabalar o‘zlari tanlagan o‘quv yurtlariga yuqori talab qo‘yadilar, ular esa, o‘z navbatida ta’lim jarayoniga yuqori e’tiborni qaratadilar. Hamon talabalar oliy ta’lim tizimida asosiy ta’lim xizmatini talab qiluvchilar ekan, kelgusida o‘z ish haqlari oshishini kutishlari mumkin, butun dunyoda ta’lim xarajatlarini bular o‘zlari moliyalashlarini adolatli hisoblaydilar. O‘rtacha olganda ancha yuqori mehnat unumdorligini va umuman aholi ancha yuqori daromadini ta’minlovchi mehnat resurslari ta’lim darajasini oshirish hisobidan jamiyat faqat yutadi, bu-ta’limga ketadigan xarajatlar bir qismini hukumat moliyalashi ma’qul ekanligining yaqqol dalilidir.
Amalda, keyinchalik munozaralar hukumat va talabalar (ularning ota-onalari) tomonidan to‘lanadigan badallarning adolatli nisbatida jamlanadi. Ko‘pgina g‘arb mamlakatlarida hozirgi paytda bu nisbat ko‘proq talabalar xisobidan moliyalash va kamroq hukumat hisobiga bo‘lish tomon og‘moqsa. Shunday qilib, talabalarni indivqdual tarzda byudjetdan moliyalashning pasayishi yuz bermoqda, bu o‘z navbatida talabalar endiliqda ta’lim xarajatlari ko‘p qismining o‘z zimmalariga olishlari kerak deganidir.
Ba’zi mamlakatlarda talabalarga kredit berish rivojlanmoqsa. Talabalar uchun moliyaviy vaziyatni keskinlashtirishning oqibat natijasi o‘z ta’limi uchun xarajatlarning bir qismini o‘z ish haqlari hisobidan moliyalashga intilish bo‘ldi. Bu o‘quv muddati uzayishiga va ta’limining ancha moslashuvchan modeliga talabning yuzaga kelishiga ta’siri sezilmoqda. Ammo, ta’lim uchun talabalardan olinadigan haq, hatto, AQShdagi davlat ta’lim muassasalaridagi ta’limga sarflarning faqat 20%ini qoplaydi, xolos (xususiy o‘quv yurtlarida 33%). Qolgan sarflar davlat va xususiy bo‘lgan manbalardan moliyalanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda oliy ta’limni davlat moliyalashini limitlovchi byudjet taqchilligi yildan yilga saqdanib qolmokda. Shuning uchun ta’lim muassasalariga moliyalashning qo‘shimcha manbalarini izlab topish huquqi beriladi va bunda ularga har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.
Tijorat faoliyati quyidagi turli shaklda olib boriladi:

  • universitet maydonlari va jihozlaridan konferensiyalar va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazishda foydalanish;

  • ta’lim muassasalari ko‘rsatadigan xizmatlar yoki ularga tegishli yerdan foydalanuvchi firmalarni tuzish;

  • ta’lim muassasasi mutaxassislarining tijorat kompaniyalariga konsul’tatsiyalar berish;

  • aholiga qo‘shimcha ta’lim xizmati ko‘rsatish;

  • buyurtma ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va b.

Buxgalteriya va soliq hisoboti qonuniyligani ta’minlash uchun faoliyatning bunday turi ta’lim muassasalariga to‘la taalluqli bo‘lgan tijorat firmalari tomonidan olib borilmoqda. Universitetlarga daromad keltiruvchi samarali tizimni barpo etish yo‘lida amaliy qiyinchiliklar, masalan, foydani ta’lim muassasalari va firmalar o‘rtasida taqsimlash vujudga keladi. Ma’lumki, agar universitet foydasining hammasiga ega chiqsa, bunday universitetda hech kim firma ochmaydi. Ta’lim muassasalariga tijorat faoliyatidan keladigan foyda qayta investnsiyaga yo‘naltirilsa, bunday hollarda ta’lim muassasalariga beriladigan soliq imtiyozi sezilarli ahamiyat kasb etadi.
Bino, laboratoriya, kutubxona, kompyuter markaziga qo‘shimcha sarflarsiz va professor-o‘qituvchilarni qo‘shimcha jalb qilmay talabalar qabulini oshirish ta’lim muassasalari samaradorligini oshirishning eng oson yo‘li hisoblanadi. Buni faqat ta’lim muassasasining jalb etilgan xodimlari maqullagandagina oqlash mumkin. Biroq, ko‘pgina universitetlarning o‘qituvchi-professorlar tarkibi ilmiy-tadqiqiy faoliyatda qatnashadilar yoki tadqiqot institutlari bilan bog‘langanlar, bunday yondashuv cheklangan imkoniyatga ega. Ob’ektiv sabablarga ko‘ra universitetning boshqa funksiyalarini cheklamay turib o‘qituvchilar yuklamasini oshirish mumkin emas: talabalar soni faqat qo‘shimcha resurslar xisobigagina oshirilishi mumkin. Mana shuning uchun, masalan, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda 60-yillarda ta’lim tizimi juda qimmatga tushgan usulda kengaytiriladi-mutlaqo yangi ta’lim muassasalari (asosan universitetlar) bunyod etiladi.
Buyuk Britaniyada, masalan, bunday baholashlar natijasida ta’lim muassasalariga ularni yaxshilash xususida tavsiyalar berilibgina qolmay, balki byudjet sohasida ham ma’lum siljishlar yuz berdi. Xususan, bunda barcha ta’lim muassasalarni reyting asosida baholash amalga oshirilmoqda va har yili bir toifadagi universitetlar guruhini milliy darajalash jadvali e’lon qilinadi. Yuqori reytingga ega ta’lim muassasalari yoki ta’lim sifati uchun ancha yuqori ball olganlari qo‘shimcha moliyalashga sazovor bo‘ladilar.
Byudjet mablag‘i hadsan ziyod tejaladigan Yaponiya tajribasiga murojaat etaylik. Yaponiya ta’lim tizimi mamlakat umumbyudjeti uchun nisbatan arzon tushmoqda: Yaponiya hukumatining ta’limga qiladigan sarfi yalpi milliy mahsulotning 5,5-6 %ini tashkil etadi, AQShda bu ko‘rsatkich 7,1% ni, Buyuk Britaniyada esa 7,7% ni tashkil etadi. Shunga qaramay yapon o‘quvchilari va talabalari ko‘pgina ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqa mamlakatlardagi tengdoshlaridan o‘zib ketgan. Ko‘rinadiki, yapon ta’lim tizimining asosiy ustunligi iqtisodga - institutsional o‘ziga xoslikka, xususan, davlat va xususiy sho‘ba nisbatiga va o‘quv yurtlarini moliyalashning o‘ziga xosligiga borib taqaladi:
nodavlat sho‘baning ahamiyati boshlang‘ich ta’limdan oliy ta’limga tomon oshib boradi.
Yaponiyada oliy ta’lim elitar, ya’ni barcha xohlovchilarga ochiq emas. U ham davlat, ham xususiy ta’lim muassasalariga tayanadi. Yaponiya hukumati ta’lim sohasini oliy maktab tizimiga qoddiradi: davlat universitetlari, asosan, tabiiy-ilmiy, muxandislik fanlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullangan va shug‘ullanmoqda; nodavlat universitetlar, qoidaga ko‘ra, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Ko‘ramizki, davlat ko‘p sarf talab etadigan ixtisoslikka ega bo‘lishni ta’minlaydi-ma’lumki, zamonaviy muhandisni tayyorlash, aytaylik huquqshunos yoki iqtisodchini tayyorlashdan ko‘ra qimmatga tushadi. Shunday qilib, ta’lim tizimi ta’lim tizimidagi bozorning noqobilligidan o‘zini muhofaza qiladi. Vaholanki, xususiy ta’lim muassasalari ko‘p sarf talab va nazariy fanlar bilan bog‘liq ixtisosliklar olishga qo‘yilgan boshlang‘ich mablag‘lar qaytmasligi xavfi tufayli imkoniyat yaratmay qo‘yishi mumkin.
Ta’lim muassasalarini moliyalashning asosiy manbalari (davlat va xususiy manbalar)ga qaytib oliy ta’lim tadqiqotchilari konsorsium va YuNESKOning Oliy ta’lim bo‘yicha Yevropa markazi (SEPES) ekspertlari fikrini keltirish o‘rinlidir. Ular sof davlat yoki mutlaqo xususiy tarzda ta’lim muassasalarini moliyalashdan ko‘ra aralash moliyalash ancha samarali hisoblanadi, degan xulosaga kelganlar. Bu ham davlat, davlat, ham xususiy ta’lim muassasalari uchun birdek samaralidir. Shu ma’noda AQSh ta’lim muassasalarini moliyalash tizimi e’tiborga molik.
Tarixan Amerikadagi ilk kollejlar xususiy korporatsiyalar tarzida shakllangan. Ular davlatdan mutlaqo mustaqil tarzda o‘z ta’lim siyosati, standartlari va tartiblarini ishlab chiqqanlar. Ammo ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda davlat ta’lim muassasalaridagi talabalar miqdori muttasil oshib boradi. Agar 1950 yilda birga talabalarning 49%i xususiy kollej va universitetlarda ta’lim olgan bo‘lsa, keyinchalik davlat mahalliy kollejlari tarmog‘ining kengayishi tufayli nisbat o‘zgaradi: davlat ta’lim muassasalaridagi talabalar ulushi 78%dan oshadi.
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom beruvchi AQShdagi 3500 ta’lim muassasasining yarmidan ko‘prog‘i - xususiy korporatsiya, mas’uliyat homiylar zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, ular mashhur sobiq bitiruvchilar va boshqa filantropik yordam ko‘rsatuvchilardan iborat. AQShdagi mashhur tadqiqot universitetlarining ko‘pchiligi — Garvard, Stenford, Stel, Chikago universitetlari va boshqa nom qozongan kollejlar, xususan, Amxerstdagi, Uilyamsdagi, Karetondagilar xdyriyalarning sezilarli qismini oladilar va yuqori mavqega egadirlar. Bu ulurga ta’lim uchun yuqori darajada haq olish imkonini beradi (90-yillar boshida 20 ming dollardan yuqori bo‘lgan).
Keyingi o‘n yilliklarda AQShdagi xususiy ta’lim muassasalarining soni davlatga qarashlilarnikidan ko‘ra tezroq oshib bordi, ammo, ulardagi tlabalar soni, birinchi galda, ta’lim uchun haq yuqoriligi, shuningdek, davlat ta’lim muassasalarida qam ayni bir xil diplom olish mumkinligi tufayli qisqarib ketadi. Bundan tashqari, AQSh xususiy ta’lim muassasalari o‘z hajmiga ko‘ra davlatnikidan ancha kichikdir.
Amerika ta’lim muassasalarini moliyalash besh asosiy manbadan amalga oshiriladi:

  • federal byudjet, shtat byudjeti va mahalliy hokimiyatdan ajratiladigan mablag‘lar;

  • ta’lim va xizmatlar uchun talabalarning to‘lovlari;

  • ta’lim muassasasining o‘z faoliyatidan oladigan daromadlari;

  • filantropik tashkilotlar va ayrim xususiy shaxslar xayriyalari;

  • xususan tashkilotlar va shaxslar tuzgan maxsus jamg‘armalarda to‘plangan mablag‘lardan foizlar.

Davlatning oliy ta’limga yordami ta’lim muassasasi umumiy daromadining o‘rtacha 40-45% ni tashkil etadi va quyidagicha taqsimlanadi: federal hukumat byudjetidan — 10-15%, shtatlar byudjetidan — 25-30%, mahalliy hokimiyat byudjetidan — 2-5%.
Federal yordam, amerikalik mutaxassislar xulosasi bo‘yicha foyda olish maqsadida emas, balki zarurat tufayli shakllangan va hozirgi darajasiga ta’lim bevosita milliy manfaatlarga xizmat qilish va milliy qadriyatning ahamiyatli unsuri ekanligiga ko‘ra erishadi.
Ta’limning ijobiy natijalari, odatda, tashkiliy tarzdagi olimlar bilan bogliqsir. Muammo shundaki, xususiy sho‘ba, dinamizmini joriy etishga muvaffaq bo‘lish uchun davlat ta’lim tizimi boshqaruvi, yo‘l qo‘yilmagan holda, demokratik tavsifini yo‘qotishiga to‘g‘ri keladi. Bu muammo ta’lim muas-sasalari muxtoriyati, ular faoliyati natijalari ustidan nazorat to‘g‘risidagi masalaga yana qaytishni taqozo etadi.
Shunday qilib, keyingi o‘n yilliklardagi mumtoz universitetlar umumjahon yo‘nalishi oliy ta’lim iqtisodidagi quyidagi umumiy yo‘nalishni belgilash imkonini beradi:

  1. Yevropadagi ko‘pgina mamlakatlarda keyingi bir necha yillar mobaynida nisbatan, ayrim joylarda, mutlaqo oliy ta’limni moliyalashning pasayishi yuz berdi. Bu hol Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlaridagi umumiy iqtisodiy pasayish bilan bogliq. Dunyodagi yirik universitetlarning barchasi o‘z sarflarini faqat ijtimoiy sohalardagina emas, balki o‘z professorlarini xizmat safariga yuborish va taklif etilganlarni qabul qilishda ham qisqartirmoqsalar. Masalan, Germaniyaning faxri bo‘lgan Geydelberg universiteti barcha o‘quv-ilmiy laboratoriyalarini muntazam tahlilini, u universitetga qanday foyda keltirishi nuktai nazaridan o‘tkazadi (o‘zini oqlamagan ayrim laboratoriyalar yopiladi).

  2. Rivojlangan mamlakatlar ko‘pchiligining ta’lim muassasalari davlat tomonidan moliyalanadigan o‘quv-ilmiy va madaniy markazdan tobora ko‘proq, korxona barcha xususiyatlariga ega bo‘lgan bozor iqtisodiyotining iqtisodiy sub’ektiga aylanmoqda; shu jumladan, tarkibiy bo‘linmalar samaraliligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash olib borilmoqda, universitetlarda ta’limning qo‘shimcha iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lgan turli shakllarining soni ko‘paymoqsa, ilmiy tadqiqotlar esa tobora amaliy xususiyat kasb etmoqda va firmalar yoki xususiy jamg‘armalar tomonidan moliyalanmoqda; ta’limning turli shakllarida mutaxassislar tayyorlash tannarxi bo‘yicha faol tadqiqotlar olib borilmoqda, ta’lim uchun qaq to‘lashning tabaqalashtirilgan variantlari ko‘rib chiqilmoqda.

  3. Ta’lim muassasalari taklif etayottan qo‘shimcha ta’lim xizmatining keskin o‘sishi, shu jumladan ta’lim muassasasini tugatgandan keyin ham ta’lim xizmati ko‘rsatish. Bu jarayonni davlat ham rag‘batlantirmoqda, chunki yuqori malakali mutaxassisga extiyoj yuqoridir, bundan nodavlat sho‘basi ham manfaatdor, chunki o‘z xodimlari malakasini oshirish ehtiyoji uchun ham sezilarli darajada oshmoqda. Ta’lim muassasalari ham, xususan, iqtisodiy jihatdan, qo‘shimcha ta’lim ko‘rsatish tizimini rivojlantirishdan manfaatdor AQShda, masalan, ta’lim muassasalari diplom olgandan keyingi ta’lim va qo‘shimcha ta’lim xizmati ko‘rsatishdan bakalavriatdan keladigandan ko‘ra ko‘proq daromad oladilar.

  4. Ta’lim muassasalarining tobora ko‘proq muxtor bo‘lishga intilishi, xususan, shunday asoslanadi, ya’ni ta’lim muassasalari borgan sari davlat tomonidan kamroq darajada, ko‘proq esa ta’lim muassasasi o‘zi ishlab topgan mablag‘ hisobiga moliyalanmokda, bu davlat tomonidan nazoratning kuchayib borishi bilan mutanosiblanmokda. Ta’lim muassasasi faoliyati ustidan muntazam nazorat qilish tartibi yaratilmoqda. AQShda davlat, masalan, akkreditatsiyalangan turli (kasbiy yoki hududiy) agentliklar ishini rag‘batlantiradi, Fransiyada ta’limni baholash bo‘yicha maxsus Milliy qo‘mita tuzilgan. Demak, oliy ta’limni moliyalashning xorijiy tajribalaridan kelib chiqib yakuniy xulosa chiqaradigan bo‘lsak, chet eldagi oliy ta’limni moliyalashni ayrim turlarini qo‘llash maqsadga muvofiqligi o‘rganildi.



Download 138,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish