Bog'liq Vaxobov SH.Ta\'lim sohasidagi isloxatlarni moliyaviy ta\'minlash masalalari
II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM MUASSASALARINI MOLIYALASHTIRISHNI IQTISODIY XOLATI TAHLILI O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xisobidan ta’lim dargohlarini moliyalashning iqtisodiy holati
O‘zbekiston Respublikasi o‘quv yurtlarini byudjetdan moliyalashning tartibi byudjetlarni tuzish va ulardan foydalanish yagona qoidasiga ega byudjet tizimi o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan. Byudjetdan moliyalash manbaiga ko‘ra ta’lim muassasalari respublika miqyosidagi va mahalliy tasarrufdagi muassasalarga bo‘linadi. Ta’lim muassasalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bir qismini moliyalash respublika byudjetidan amalga oshiriladi.
Mahalliy byudjet mablag‘i hisobidan maktabgacha tarbiya muassasalari, umumta’lim maktablari, maktabdan tashqari muassasalar, hali faoliyat ko‘rsatayotgan hunar-texnika bilim yurtlari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari moliyalashtiriladi. Oliy va o‘rta kasbiy o‘quv yurtlarini moliyalash har bir o‘quv yurti turi bo‘yicha davlat belgilagan me’yorga muvofiq amalga oshiriladi. Bu tur o‘quv yurtlarini moliyalash tizimi ikki manba ya’ni, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lardan tashkil topadi.
2000 yil 1 yanvardan boshlab 1999 yil 3-sentyabrdagi «Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Vazirlar Maxkamasining 414-sonli qaroriga ko‘ra byudjet tashkilotlarini moliyalashtirishning takomillashtirilgan tartibi amalga oshirila boshladi. Shunga ko‘ra O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi har oyda ta’lim muassasasiga zarur byudjet mablag‘ini ajratadi
Joriy etilgan bu yangi tartib ular mustaqilligini kengaytirdi va shu bilan birga, mas’uliyatini ham oshirdi. Bundan tashqari bu tartib moliyalashtirish tartibini soddalashtirib, o‘quv yurti xodimlari mehnatini rag‘batlantirish uchun sharoit tug‘dirdi. Mazkur tartibga muvofiq byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash me’yoriylar bo‘yicha (faoliyat turiga ko‘ra) xarajatlarning quyidagi guruhlarini bir satrda mablag‘ bilan ta’minlash usulida amalga oshiriladi3:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar); II. Ish haqiga qo‘shimchalar;
Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq);
Boshqa xarajatlar
Me’yorlar buyicha yagona ro‘yxatdan moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish ta’lim muassasalariga quyidagilar hisobiga rivojlantirish fondini shakllantirish huquqini berdi:
rejaviy byudjetdan moliyalash hisobiga tushadigan tejalgan (foydalanilmagan) va hisobot davri oxirida byudjet tashkiloti hisob raqamida qolgan mablag‘;
o‘quv yurti sohasiga oid faoliyat bo‘yicha tovar ishlab chiqarish va sotishdan
(ishlar bajarshi, xizmat kursatishdan) kelgan daromad;
yuridik va jismoniy shaxslar ko‘rsatadigan, beg‘araz, homiylik yordami.
Moliyalashning yangi tartibida byudjetdan tashqari faoliyatdan qo‘shimcha daromad olgan o‘quv yurtlarini davlat byudjetiga olinadigan barcha soliq va yig‘imlardan davlat tomonidan belgilangan ma’lum bir muddatga ozod qilish ko‘zda tutilgan. Holi qolgan mablag‘ maqsadli yo‘naltirilib, o‘quv yurtining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlashga, shuningdek xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga qaratiladi. Byudjet mablag‘laridan foydalanish va byudjet intizomini mustahkamlash «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, boshqa qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Moliya vazirligi yo‘riqnomalari, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom, ta’lim muassasasining ustavi va boshqa ta’lim muassasaa ichki moliya oqimlarini tashkil etish, chiqim me’yorlari va rahbariyat huquqlariga taaluqli ayrim muammolarni tartibga oluvchi qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
Respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlash - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi maqsadli sertifikat (unda byudjet tasnifnomasi paragraflari va xarajatlar guruxlarini ko‘rsatgan xolda) va xarajatlarning har bir guruxi bo‘yicha bir satrda mablag‘ o‘tkazish uchun to‘lov qog‘ozi bilan rasmiylashtiriladi. Mahalliy byudjetlardan byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish esa belgilangan shakldagi farmoyish bilan va xarajatlarning har bir guruhi bo‘yicha bir satrda mablag‘ o‘tkazish uchun to‘lov qog‘ozi bilan rasmiylashtiriladi. Ta’lim muassasalarini moliyalatirish respublika byudjetidan byudjet tashkilotlarining I va II guruh xarajatlarini moliyalashtirish smetalarga va byudjet xarajatlari ro‘yxatlariga, ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, shuningdek oldingi hisobot davri uchun belgilangan baholash ko‘rsatkichlarining bajarilishiga muvofiq har oyda amalga oshiriladi.
Respublikamizda xozirgi kunda 62 ta Ta’lim muassasalari mavjud xisoblanadi. Birgina Toshkent moliya institutiga 2007 yilda davlat byudjetidan jami 1320.3 mln.so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, buni 78.5 foizini 1-gurux xarajatlari tashkil qilgan. 1-gurux xarjatlarni 51.1 foizini ish xaqi, qolgan qismini stpendiyalar tashkil etgan.(1- jadval)
2008 yilda esa institutga byudjetdan ajratilgan moliyaviy resurslar miqdori 2007 yilga nisbatan 546.5 mln.so‘m ortiq bo‘lgan. Ajratilgan resurslarning 83.3 foizini 1- modda sarflari, 10.4 foizni 2-gurux xarajatlari tashkil qilgan.
O‘tgan 2009 yilda institutning jami xarajatlari uchun davlat byudjetidan 3009.2 mln.so‘m moliyaviy resurslar yo‘naltirilgan bo‘lib, bu 2009 yilda yo‘naltirilgan resurslarning 82.6 foizini 1-gurux, 11 foizini 2-gurux xarajatlari tashkil etgan. Qolgan qismi 4-modda sarflaridan iborat. Bu ma’lumotlarda shu aytishimiz mumkinki, ta’lim muassasasining 90-93 foiz xarajatlarini 1-va 2- gurux xarajatlari tashkil qilgan. Bundan tashqari oliy ta’lim muassasasiga yildan-yilga yo‘naltirilayotgan moliyaviy mablag‘lar ortib borgan. Bu esa yurtimizda oliy o‘quv yurtlariga nisbatan alohida e’tibor qaratilayotganligidan dalolatdir. Davlat byudjetidan moliyalanadigan ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga xarajatlar smetasi bajarilishi haqida oylik, uch oylik va yillik hisobot topshiradi va vazirlik belgilagan shakl va muddatlarda byudjet mablag‘i va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha yagona balans tuzadi.
Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish byudjet ijrosi jarayonida xarajatlar ro‘yxati va smetasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil uchun tasdiqlangan byudjet parametrlariga hamda byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan byudjet xarajatlarining choraklar bo‘yicha taqsimlangan yillik ro‘yxatiga binoan amalga oshiriladi.
Amaldagi tartibga muvofiq byudjet tashkilotlarining I va II guruh xarajatlari birinchi navbatda mablag‘ bilan ta’minlanadi. Bunda II guruh xarajatlariga tegishli mablag‘ o‘tkazmasdan turib I guruh xarajatlarini amalga oshirish ta’qiqlanadi. Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish joriy byudjet yili uchun tasdiqlangan Respublika investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq ro‘yxatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
"Boshqa xarajatlar" IV guruhi bo‘yicha mablag‘lar belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi: ovqatlantirish; dori-darmonlar; kommunal xizmatlar; boshqa xarajatlar.
Byudjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi yoki uning hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda mavsumiy yoki shoshilinch tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun mablag‘larni IV guruh mablag‘lari hisobiga tezkorlik bilan xarajat qilishlari mumkin.
Xarajatlarning u yoki bu guruhida paydo bo‘lgan kreditorlik qarzlar joriy moliya yiliga belgilangan limitlar doirasida ularning paydo bo‘lishi navbatiga ko‘ra har qaysi guruh bo‘yicha to‘lanadi. Byudjet tashkilotlarining hisobvaraqlarida hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida qolgan tejab qolingan (foydalanilmagan) byudjet mablag‘lari (kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablag‘lar kiritilmaydi) olib qo‘yilmaydi. Bu mablag‘lar byudjet tashkilotning rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi va belgilangan tartibda ishlatiladi. Byudjet tashkilotlarini keyingi chorakda moliyalashtirish hajmi hisobot choragida tejab qolingan (foydalanilmagan) byudjet mablag‘lari summasiga kamaytirilmaydi.
Moliyalashtirish Me’yoriylari tegishli moliya yili uchun ishlab chiqiladi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va hududiy moliya organlari, shuningdek ijtimoiy soha tashkilotlariga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralarga yetkaziladi.
Moliyalashtirish Me’yoriylari har xil turdagi tashkilotlarni saqlash bo‘yicha xarajatlar miqdori xizmat ko‘rsatilayotgan kontingent birligiga hisoblangan ish haqi (amaldagi qonunchilikga muvofiq belgilangan ustama haqlar va qo‘shimchalar hisobga olingan holda), uskunalarni sotib olish hamda kapital ta’mirlash uchun xarajatlarning umumiy summasida belgilanadi.
Har bir hudud bo‘yicha bir tipdagi byudjet tashkilotlari uchun Me’yoriylar bazaviy Me’yoriyni mazkur hudud uchun belgilangan koeffitsientga ko‘paytirish yo‘li bilan hamda ushbu joydagi qonunchilikda belgilangan ustama haqlar bilan mehnatga haq to‘lash shartlari, tashkilotning joylashishi (hududlarning xususiyatlari) va faoliyat yo‘nalishi, aholi zichligi va uning yosh tarkibi hisobga olingan holda belgilanadi. Respublika tashkilotlari uchun xizmat ko‘rsatilayotgan kontingent miqdori va uning o‘zgarishlarini hisobga oluvchi ayrim koeffitsientlar qo‘llaniladi.
Respublika tasarrufidagi tashkilotlar uchun belgilangan mazkur koeffitsientlar
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va hududiy moliya organlariga hamda ijtimoiy soha tashkilotlariga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralarga yetkaziladi.
Me’yoriylar O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng hududiy moliya organlari hududiy tasarrufdagi ijtimoiy soha byudjet tashkilotlari bo‘yicha, shahar va tumanlar miqyosida (hududiy Me’yoriylar) byudjet tashkilotlari turlari bo‘yicha byudjetdan moliyalashtirishning har yillik hududiy bazaviy me’yoriylarini belgilaydi. Har bir hudud ichida har bir tashkilot turi uchun hududiy me’yoriylar hudud bo‘yicha ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan byudjet mablag‘larining umumiy hajmidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Bunda mazkur hudud uchun belgilangan hududiy me’yoriylar hudud bo‘yicha xarajatlarning o‘rtacha miqdorini aniqlovchi maqsadli yo‘naltirish hisoblanadi.
Tegishli moliya yili uchun me’yoriy bo‘yicha hisoblangan jami xarajatlar byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmidan oshmasligi kerak.
Ta’lim muassasalarida davlat grantiga muvofiq ajratilgan mablag‘ alohida guruhi bo‘yicha xisobga olinadi. Mablag‘ni byudjet mablag‘i va byudjetdan tashqari mablag‘ga taqsimlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu stipendiya fonliga, ish haqi ta’lim muassasasini rivojlantirish kapital qo‘yilmalari va joriy chiqimlarga taalluqlidir.
Ta’lim muassasasi tadbirkorlik va ishlab chiqarish faoliyatidan va boshqa faoliyatlardan olgan (ta’limning pulli-kontrakt shaklidan keladigan mablag‘ bundan istisno) mablag‘lari ta’lim muassasasi chiqim moddalari bo‘yicha mustaqil tarzda buyurtmachi va ta’lim muassasasi o‘zaro kelishuvi asosida taqsimlanadi.
Tovarlar ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)dan ta’lim muassasasi oladigan mablag‘lar belgilangan topshiriqqa muvofiq va binoning jihozlarni ijaraga berish, ta’lim muassasasida tashkil etilgan tijorat korxonasi foydasidan ajratmalardan olingan 50 foiz mablag‘ ta’lim muassasasining o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalaniladi.
Korxona va muassasa, shuningdek, jismoniy shaxslar ta’lim muassasasiga jihozlar va materiallar, bino va inshootlarni, transport va texnika vositalarini, moliya resurslarini beg‘araz berishi mumkin. Ta’lim muassasasi bu tur mablag‘ va vositalarni mustaqil tasarruf etadi.
Ta’lim muassasasi operativ boshqarish sharti bilan yer maydoni, binolar, jihozlar va boshqa o‘ziga davlat byudjetidan ajratilgan moddiy resurslardan, shuningdek, korxona va fuqarolardan olingan yoki boshqa manbalar hisobidan sotib olinganlardan foydalanadi.
Ta’lim muassasasi olgan mablag‘i hisobidan o‘ziga zarur jihozlarni istalgan korxona yoki xususiy shaxsdan sotib olishi, ijaraga olishi hamda buyurtma qilishi mumkin, ularga naqd pulsiz haq to‘laydi.
Xo‘jalik shartnomasi asosidagi ilmiy-tadqiqot ishlaridan ilmiy faoliyatni amalga oshirish uchun olingan byudjetdan tashqari mablag‘dan foydalanish tartibini ta’lim muassasasi mustaqil belgilaydi, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladigan ulushlarni aniqlaydi. Shu bilan birga foyda ta’lim jarayonini rivojlantirishga, shu jumladan turli ilmiy-texnikviy va ijtimoiy rivojlantirish, moddiy rag‘batlantirish va boshqa jamg‘armalar tuzish orqali investitsiya qilinishi mumkin.
Byudjet hisobi va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi O‘zbekistan Respublikasi Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi va belgilangan qoidalar bu mablag‘lardan maqsadli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun foydalanishni ta’qiklaydi. Rektor kundalik faoliyatda byudjet mablag‘ini taqsimlovchi hisoblanadi, shuningdek, taqsimlash huquqiga ega rahbarlar ham bo‘linmalar yoki yo‘nalishlar bo‘yicha chiqimlarni taqsimlay oladi.
Ta’lim muassasasi bank hujjatlariga imzo qo‘yish huquqiga ega lavozimdor shaxslar, tarkibiy bo‘linmalarning to‘la moliyaviy mustaqillikka ega rahbarlari shunday shaxslar hisoblanadi.
Ta’lim muassasasining daromadlari quyidagilar hisobiga hosil bo‘ladi:
O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan davlat granti bo‘yicha qabul kvotasiga muvofiq mutaxassislar tayyorlovi unun beriladgan davlat mablag‘i;
malaka oshirishning moliyalash;
maqsadli ta’lim dasturlarining moliyalash;
pulli-kontrakt shakldagi ta’lim va ikkinchi oliy ma’lumot olish uchun
to‘lanadigan haq;
korxonalar uchun qo‘shimcha ko‘rsatilgan ta’lim xizmati uchun keladigan mablag‘;
ayrim fuqarolarga qo‘shimcha ta’lim xizmati ko‘rsatish va ularni o‘qitish uchun olinadigan haq;
ta’lim muassasasi maydonlari va resurslarini ijaraga berish;
mulkning barcha shaklidagi korxona va tashkilotlar, jismoniy shaxslarning homiylar mablag‘lari;
ta’limiy tavsifga ega bo‘lmagan ilmiy, konsultatsiya va boshqa xizmatlarga to‘lovlar;
nomoddiy aktivlarni sotish;
boshqa tashkilotlar faoliyatida qatnashishdan keladigan daromad; - madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazishdan keladigan daromad; - boshqa tashkilotlarning beg‘araz yordami.
Ta’lim muassasalari oladigan qo‘shimcha daromad yoki rejadan tashqari tushimlar, birinchi galda, ular qo‘shimcha daromaddan moliyalash lozim bo‘lgan chiqimlarga yo‘naltiriladi, ikkinchidan, joriy qarzlarni qoplashga, uchinchidan. ko‘zda tutilmagan ishlarga, nihoyat, kreditorlik qarzlarni qoplashga sarflanadi. Ko‘shimcha mablag‘lar sarflanadigan ustuvor yo‘nalish va tadbirlar Kengash qarori yoki ta’lim muassasasining rektori tomonidan belgilanadi. Bu ustuvorlik ta’lim muassasasining navbatdagi yillik loyihasini tayyorlashda kabul qilinadi.
Oxirgi uch yilda respublikamizdagi Ta’lim muassasalariga ajratilgan moliyaviy resurslar bo‘yicha amaliy taxlil o‘tkazadigan bo‘lsak, 2007 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qarashli respublikamiz oliy o‘quv yurtlariga jami 57.4 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, uning 86.3 foizini 1-va 2- gurux xarajatlari tashkil qilgan. 2008 yilda esa bu ko‘rsatkich 86.7 mlrd.so‘mdan iborat bo‘lib, u o‘tgan 2007 yilga qaraganda 44 foizga ortiq bo‘lgan. Bu ajratilgan mablag‘ning 89.7 foizini
1-va 2- modda xarajatlari tashkil qilgan. (2-jadval)
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki yildan-yilga Ta’lim muassasalariga yo‘naltirilgan moliyaviy resurslar ortib borgan. Xususan, 2009 yilda Ta’lim muassasalariga ajratilgan mablag‘lar 120.9 mlrd.so‘mni tashkil qilgan. Bu 2007 yilgi ko‘rsatkichdan 2.1 barobar, 2008 yildan esa 39 foizga ortiq bo‘lgan. 2009 yilda ajratilgan mablag‘larning 91.5 foizi 1-va 2- modda xarajatlari uchun sarflangan. Ma’lumotlarga diqqat bilan nazar tashlasak, Ta’lim muassasalariga 1-va 2- modda sarflari uchun ajratilgan moliyaviy resurslar miqdori yillar davomida ortib borgan.
Agar Ta’lim muassasalarida avval rejalashtirilmagan yangi chiqimlar qilish zarurati paydo bo‘lsa, ularni moliyalash ta’lim muassasasi bo‘yicha buyruqda, ularni moliyalash tartibi ko‘rsatilgan holda belgilanadi. Rejada belgilangandan ko‘ra katta chiqimni moliyalash zarurati tug‘ilganda,
Ta’lim muassasasi uchun ajratilgan moliyaviy mablag‘larni boshqa yuridik shaxslarga berilishi mumkin emas, chunki ular maqsadli hisoblanadi. Bu shartga amal qilish ustidan O‘zbekistan Respublikasi Moliya vazirligi nazorat taftish bosh boshqarmasi amalga oshiradi. Ta’lim muassasasi o‘z tadbirkorlik faoliyatidan kelgan daromadni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi. Biroq, bu hakda bir qarorga kelishda quyidagilarni hisobga olish lozim:
mablag‘ni yo‘qotish riski;
kutilayotgan daromad miqdori;
qo‘llab-quvvatlanayotgan faoliyat sohasi viloyat, mintaqa, ta’lim muassasasi rivojlantirishga muvofiq ekanligi;
mablag‘ni ta’lim muassasasini rivojlantirish tadbirlaridan olish tufayli ta’lim muassasasi ko‘radigan zarar; foydani ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilganligi tufayli qo‘shimcha soliq to‘lovlari.