Давлат бюджет ижросини таъминлашда хисоб-китоб тизими фаолиятининг роли


O‘zbekiston Respublikasi oliy ta`lim dargohlarini o‘sish dinamikasi va oliy ta’lim bosqichlarini rivojlanish tahlili



Download 138,18 Kb.
bet11/13
Sana30.05.2022
Hajmi138,18 Kb.
#621050
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Vaxobov SH.Ta\'lim sohasidagi isloxatlarni moliyaviy ta\'minlash masalalari

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta`lim dargohlarini o‘sish dinamikasi va oliy ta’lim bosqichlarini rivojlanish tahlili

Barkamol avlodni shakllantirish jarayonida oliy ta’lim tizimini o‘rni beqiyos. O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimidagi islohotlar mustaqillikning dastlabki yillarida boshlandi. Oliy ta’limni isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi:

  • universitet ta’limining ustuvorligi;

  • Ta’lim muassasalarini bo‘lish va ixtisoslashtirish; - oliy ta’limni hududiylashtirish.

1996 yilda, Oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi va jamiyatning barcha qatlamlari ishtirokida keng muhokama qilish uchun ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi. Ushbu konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlari quyidagicha:

      • oliy ta’limning ikki bosqichli tizimi — bakalavriat va magistraturaga o‘tish;

      • oliy ta’lim tizimini moliyalashning yangi tizimiga o‘tish (davlat grantlari shaklida byudjet mablag‘lari va shaxsiy manbalar hisobidan moliyalash, ya’ni talabalarni oliy o‘quv yurtiga to‘lov-shartnoma asosida qabul qilish);

      • talabalarni mamlakatning barcha hududida bir kunda va bir vaqtda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkaziladigan kirish test sinovlari orqali qabul qilishga (avvalgi og‘zaki va yozma imtihonlar o‘rniga) to‘liq o‘tildi.

O‘zbekistonda ta’lim sektorini moliyalashtirishda byudjet va xususiy manbalar bilan bir qatorda moliya institutlari, xorijiy, xalqaro donorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan tashqi yordam ham ahamiyatlidir. 2000 yildan 2007 yilgacha ushbu yordam doirasida umumiy ulushning hajmi 1 milliard AQSh dollaridan ortiq 122 loyiha tatbiq etildi.
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini isloh qilish va zamon talablariga moslashtirishning zarurati mustaqillikkacha bo‘lgan bir qator holatlarda namoyon bo‘lar edi. Oliy ta’lim tizimining tarkibiy tuzilishi va amal qilish jarayonlari uning mavjud moddiyiqtisodiy, milliy-tabiiy, ma’naviy-intellektual salohiyati imkoniyatlariga zamonaviy talab-ehtiyojlar darajasida javob bermasdi.
Birinchidan, oliy o‘quv yurtlari tarkibiy tuzilishi jihatidan zamon talablaridan ortda qolgan edi. Chunonchi, o‘sha davrda respublikamizdagi mavjud 42 ta oliy o‘quv yurtidan faqat 3 tasi universitet maqomiga ega bo‘lib, bu mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarga javob bermasdi. Amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida 1991-1999 yillar davomida Toshkent va viloyatlar markazlarida faoliyat olib borayotgan 13 ta pedagogika, politexnika, qishloq xo‘jaligi, til, xalq xo‘jaligi institutlariga universitet maqomi berilib, ularning ta’lim-tarbiya jarayonlari universitet tizimiga mos ravishda qayta qurildi. Hozirgi kunda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari tarkibida 20 ta universitet, 2 ta akademiya, 40 ta institut faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, xorijiy davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlari, xususan, Toshkentda tashkil etilgan Vestminster universiteti, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Italiyaning Turin politexnika universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya neftgaz universiteti filiallari ham milliy iqtisodiyotimizning keng qirrali ehtiyojlarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda.
Ikkinchidan, ilgari oliy o‘quv yurtlarining aksariyat qismi poytaxt va yirik shaharlarda joylashgan bo‘lib, bu holat mutaxassislarni viloyatlarning mintaqaviy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tayyorlash ishlariga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko‘rsatar edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mustaqil taraqqiyotning dastlabki yillarida mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlarining 19 tasi (45,2 foizi) Toshkentda, 5 tasi (11,9 foizi) Samarqandda, 4 tasi (9,5 foizi) Andijonda, 3 tasi (7,1 foizi) Buxoroda joylashgan holda faoliyat olib borgan. Bunday nomutanosib holdagi markazlashuvni bartaraf etish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bugungi kunda respublikamizda, filiallari bilan hisoblaganda, jami 78 ta oliy o‘quv yurti faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shuning qariyb 50 foizi mintaqalarimizda joylashgan. Bu esa har qaysi mintaqaning o‘ziga xos xususiyat va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, viloyatlardagi mavjud akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va maktab bitiruvchilarning oliy ta’lim tizimida o‘qishlari uchun yaratilgan imkoniyatdan dalolat beradi.
Uchinchidan, sobiq tuzum davrida mavjud oliy o‘quv yurtlarining 80 foizga yaqini zamonaviy tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan mutaxassis kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan edi. Bu esa iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan zamon talablariga javob bermas edi. Shunga ko‘ra, Prezidentimizning bevosita rahbarligida mamlakatimiz va jahon bozorida kuchli talabga ega bo‘lgan, kelajakda raqobatdosh mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish imkonini beradigan zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan bir qator oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi. Toshkent kimyo texnologiyalari instituti, Samarqand davlat iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya neft-gaz universiteti filiallari, Turin politexnika instituti, Singapurning Toshkentdagi menejmentni rivojlantirish instituti shular jumlasidandir.
Bugungi kunda oliy o‘quv yurtlarida qariyb 287 ming talaba tahsil olmoqda, shuning 274 ming nafari bakalavriat bosqichiga va 13 ming nafari magistratura mutaxassisliklariga to‘g‘ri keladi. 2000 yildan to hozirga qadar oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan talabalar soni 1,5 barobarga ko‘paygan. Yuqorida qayd etilganidek, bu mamlakatimizda ta’lim tizimiga berilayotgan yuksak e’tibor va aholi ma’naviy va ma’rifiy dunyoqarashining yildan yilga o‘sib borayotgani, kelajagi buyuk davlat bo‘lgan O‘zbekistonning tom ma’noda ulug‘vor marralar sari intilayotganidan dalolat bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 4 iyundagi “2009/2010 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi PQ-1123-sonli Qarori asosida “Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” (oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxati bo‘lib, unda sakkizta bilim sohasi mavjud) qayta ishlab chiqildi. Amaldagi klassifikatordagi 266 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishidan 50 tasi qisqartirilib, 8 tasi yangidan kiritildi, 1493 ta magistratura mutaxassisligidan 425 tasi qisqartirilib, 120 ta mutaxassislik yangidan kiritildi.
Ta’lim sohasidagi islohotlarning samaradorligi bevosita ta’lim muassasalarining moddiy-texnik jihatdan ta’minoti, ularning izchil ravishda rivojlantirilib borishi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham davlatimiz tomonidan mamlakatimizda Ta’lim muassasalarining rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi (3-jadval).
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tahlil qilinayotgan davr mobaynida respublikamizdagi Ta’lim muassasalarida 32,3 ming nafardan ortiq o‘quvchiga ta’lim berish imkoniga ega bo‘lgan 35 ta zamonaviy o‘quv-laboratoriya binosi, 3 ta talabalar turar joyi, 7000 nafardan ortiq o‘quvchiga xizmat ko‘rsatuvchi 11 ta stadion va 11 ta yopiq sport inshooti yangidan qurildi va foydalanishga topshirildi.
O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarini jahon ta’lim tizimiga jalb qilinish
integratsiyalashuvi ularni maqsadli fondlarni yaratishga undaydi, chunki jahon amaliyotida oliy o‘quv yurtlarini reytingini tuzishda endaumentga tushumlar mezon muxim ko‘rsatkich sifatida qo‘llaniladi. Ushbu yetakchi xorijiy universitetlar amaliyotini mamlakat oliy o‘quv yurtlarida respublikamizni o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ijodiy qo‘llash oliy ta’lim tizimini moliyalashtirishni yaqin istiqbolda barqarorlashtirish imkonini beradi.

Ushbu guruhlar tarkibida eng oz xarajatlarni 1- guruxdagi pedagogik va ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari sarflasa, aksincha eng ko‘p xarajatlar 9 - guruhga kiruvchi madaniyat, san’at oliy o‘quv yurtlari tomonidan amalga oshirilmoqda.


Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarga doir 100 ga yaqin huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ularning barchasi ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishga, ijtimoiy muhofazaga, sog‘lom avlodni tarbiyalashga va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
Xulosa qilib shuni e’tirof etish kerakki, mamlakatimizda qabul qilingan barcha ijtimoiy dasturlar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan. Barkamol avlod yili munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturi ham mazmun-mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra, davlatimizning yuksak maqsadlarga erishishining ishonchli kafolati bo‘lib, o‘z mustaqil fikriga ega, mustahkam irodali, chuqur bilimli, hech kimdan kam bo‘lmagan barkamol avlodni voyaga yetkazish yo‘lida dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa

Respublikada Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqilishi va ro‘yobga chiqarilishi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ustivor yo‘nalish maqomiga ega bo‘ladi. Milliy dastur loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi va qonun kuchiga ega bo‘ldi. Qabul qilingan Dastur spesifik xususiyati uning insonni butun umri davomida ta’lim jihatdan tayyorlashning barcha bosqichlari va bo‘g‘inlarini o‘z ichiga oluvchi uzluksiz ta’lim tizimiga yo‘naltirishida mujassamlashgandir. Deyarli barcha mamlakatlardagi kabi O‘zbekistonda ham davlat byudjeti, shubhasiz, ta’limni moliyaviy ta’minlashning bosh manbaidir. Ta’limga davlat xarajatlarining deyarli 90 foizi respublika byudjetidan (jumladan mahalliy darajada qolgan respublika soliqlarini qo‘shgan holda respublika byudjetiga barcha tushumlar), shuningdek respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga subvensiyalar va boshqa transfertlardan moliya mablag‘ bilan ta’minlash. Ta’limga davlat xarajatlarining 10 foizdan sal ko‘prog‘i bevosita mahalliy daromadlardan moliyaviy ta’minlangan. Shu boisdan oliy ta’limni moliyalashtirish bo‘yicha quyidagi bir qancha nazariy xulosalar chiqarildi.


1. Oliy ta’lim xizmatiga iqtisodiy kategoriya sifatida ta’lim xizmatlari shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondiruvchi, bozor va nobozor munosabatlarni mujassamlovchi aralash ne’mat bo‘lib o‘ziga xos belgilarga ega, degan ta’rif berilgan.
2. Oliy ta’lim xizmati kategoriyasini quyidagi xususiyatlarga egaligi aniqlandi: xis etilmaslik, manbadan ajralmaslik, nomuntazamlik (geterogenlik), saqlanib qolmaslik, mulk - huquq yo‘qligi.
3. Mamlakatimizda ta’lim xizmatlari bozorining birlashtirish, taqsimlash, axborot berish, rag‘batlantirish, tabaqalashtirish va ijtimoiy funksiyalarini bajarilishi asoslandi.
4. Ta’lim xizmatlari iqtisodiy ne’mat sifatida qiymatga ega bo‘lib bozor munosabatlari ob’ekti ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Bepul ta’lim tizimiga aholi talabiga nisbatan cheklangan miqdorda o‘rin ajratish kishilarning ma’lum kasb - hunarga bo‘lgan ehtiyojlari oliy o‘quv yurtlari taklifiga qaraganda katta bo‘lishi mumkin. Aholining barqaror o‘sib va o‘zgarib borayotgan ehtiyojini ta’lim xizmatlari bozori qondirish imkoniyatiga ega bo‘lib, bozor munosabatlari rivojlana borgan sari to‘lov shartnoma asosida kadrlar tayyorlash asta – sekin ko‘payib boradi.
5. Ta’lim xizmatlari bozori amal qilish mexanizmi, talab, taklif, narx va raqobat dastaklari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi natijasida kishilar ta’lim ishlab chiqarish jarayoniga jalb etiladi, ta’lim xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradilar.
6. Ta’lim xizmatlari bozoridagi talab xaridorlarning muayyan miqdor va sifatidagi ta’lim xizmatlariga to‘lov qobiliyatiga ega ehtiyojdir. Ta’lim xizmatlari bozoridagi taklif esa, oliy o‘quv yurtlari tomonidan ma’lum davr mobaynida muayyan narxda ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ma’lum sifatdagi ta’lim xizmatlari miqdoridan iborat. Ta’lim xizmatlari taklifi ta’lim muassasalarining o‘quv o‘rinlarini to‘ldirish ehtiyojini ko‘rsatadi.
7. Ta’lim xizmatlari taklifi, taklif qilinayotgan xizmatlar narxi bilan miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan – to‘g‘ri aloqani aks ettiruvchi narx omillari ta’siri ostida shakllanadi: ta’lim xizmatlarini narxi qancha yuqori bo‘lsa, ular taklifining hajmi shuncha katta bo‘ladi.
2. Oliy ta’lim rivojlanishining jahondagi yevropacha, amerikacha va osiyo modellari tadqiq etilgan va undan O‘zbekiston oliy ta’limini rivojlantirishda ijodiy qo‘llash imkoniyatlari aniqlandi.
3. Oliy ta’lim va mehnat bozorlarining o‘zaro aloqalari bog‘liqligi holati baholangan va unga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan. Mehnat bozori o‘zining iqtisodiy vazifasiga ko‘ra zaxiralar bozoriga, ta’lim xizmatlari bozori esa xizmatlar bozoriga kiradi.
Shuni ham xulosa qilib aytish mumkinki, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, xalq xo‘jaligining mutaxassislariga bo‘lgan talablarni ilmiy baholash, yoshlarga ta’lim berish va ularni tarbiyalashda ilg‘or xorijiy tajribadan samarali foydalanish-bu masalalar bugungi kunda eng muhim masalalardir, chunki barkamol intellektual yetuk avlodsiz buyuk kelajakni tasavvur etib bo‘lmaydi.


Download 138,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish