15- mavzu.
Biznes rejaning moliyaviy reja bo‘limi
Reja:
1.Korxona moliyaviy rejasini moxiyati va ahamiyati;
2.Kapitalga bo‘lgan extiyoj va uning manbalari
3.Zararsizlik tahlili
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
Moliyaviy reja, kapitalga bo‘lgan extiyoj, korxonaning huquqiy shakli, zararsizlik tahlili
1.Korxona moliyaviy rejasini moxiyati va ahamiyati
Moliyaviy reja ishlab chiqarishni tashkil etish va marketing reja kabi biznes rejaning asosiy bo‘limlaridan biridir. U ishlab chiqarish va biznes uchun zarur bo‘ladigan imkoniyatli investorlarni aniqlaydi va shu bilan bir qatorda biznes rejani iqtisodiy jihatdan bajarilishi mumkin ekanligini ko‘rsatadi.
Biznes reja tuzishdan avval rahbar korxonaning foydali ekanligiga to‘la baho berishi kerak. Bu baho birinchi navbatda imkoniyatli investorlar uchun ham zarur. Biznes foydalimi? Qancha mablag‘ zarur bo‘ladi, biznesni boshlash va qisqa muddatli moliyaviy ehtiyojni qondirishda qay yo‘l bilan bu pul olinishi mumkin? YUqoridagi muammolarning barchasi biznes rejaning moliyaviy reja bo‘limida hal etiladi.
Biznes rejani bajarilishini baholashda moliyaviy axborotlarni uch manbai mavjud:
1) Yaqin uch yilga kutilayotgan realizatsiya va harajatlar hajmi;
2) Yaqin uch yil ichida pul oqimlari(mavjud mablag‘lar harakati tahlili).
3) Joriy yil balansi va yaqin uch yil ichida kutilayotgan balans holatlari.
Moliyaviy hisobot va prognozlar korxonaning o‘tgan faoliyati va kelgusi tashkil etish rejalarini qisqacha tasvirlaydi.
Har bir moliyaviy hujjatlar biznes rejada tekst shaklida keltiriladi, ular biznes rejaga va uning ilovalariga mos kelishi kerak. Moliyaviy hisobotlar tegishli hujjat va tushuntirish xatlari bilan birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishning kutilayotgan hajmi va o‘sha davrga mos harajatlar uch yilga umumlashtirilgan bo‘lishi kerak, birinchi yilning ko‘rsatkichlari oylarga bo‘lib ko‘rsatilishi shart. Bu erda mahsulot tannarxi, umumiy va ma’muriy harajatlar hisoblanishi zarur. SHundan so‘ng belgilangan soliqlar tartibi va stavkalari asosida korxonaning soliqdan so‘ngi sof foydasini aniqlashimiz shart. Kutilayotgan mahsulotlarni sotish hajmi va harajatlar summasini birinchi o‘n ikki oyga va keyingi yillarga aniqlashda bozor haqidagi ma’lumotlarga tayanish kerak. Moliyaviy sohadagi axborotning ikkinchi asosiy tomoni, bu ikki, uch yil ichidagi pul oqimlarini oldindan bilish uchun boshlang‘ich naqd pul mablag‘lariga kutilgan debitorlik qarz summasi va boshqa tushumlarni, jumladan oylar bo‘yicha yil davomida barcha to‘lovlar ham aniqlanishi shart. To‘lovlar yilning har xil muddatlarida amalga oshirilar ekan, naqd pulga bo‘lgan ehtiyoj oylar bo‘yicha aniqlanishi zarur, ayniqsa birinchi yilda mahsulotni sotish bir tekisda amalga oshmaydi, mijozlar o‘z vaqtida mahsulotlar qiymatini tulay olmasliklari mumkin, shuning uchun doimiy harajatlarni qoplash maqsadida, ya’ni ish haqi, xizmat safari harajatlari kabi to‘lovlarni to‘lash uchun qisqa muddatli qarz olishni ham ko‘zda tutish kerak.
Biznes rejaning moliyaviy reja bo‘limidagi ma’lumot (axborot)larning oxirgi asosiy elementi-kutilayotgan balanslar hisoblanadi. Ular korxonaning ma’lum bir davrdagi moliyaviy holatini ko‘rsatadi.
Balanslar korxona aktivlari, majburiyatlari, investorlar (investitsiya egalari) va ayrim sheriklar haqida, shu jumladan, taqsimlanmaydigan foyda va zararlar to‘g‘risida umumlashgan ma’lumot beradi. Imtiyozli investorga barcha ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart, chunki uning asosida biznes rejaning boshqa bo‘limlari tuziladi.
Biznes rejaning moliya bo‘limiga quyidagi moliyaviy reja va hisobotlar kiritilishi shart:
-Korxonaning o‘tgan davrdagi holati bo‘yicha moliyaviy ma’lumotnoma;
-Oxirgi uch yil bo‘yicha foyda yoki zarar hisobotlari;
-Korxonaning oxirgi uch yildagi balanslari;
-Kelgusi uch yilda kutilayotgan foyda yoki zarar hisoboti (oylar va kvartallar bo‘yicha);
-Kelgusi uch yil bo‘yicha kutilayotgan mavjud mablag‘lar hisoboti;
-Korxonaning oxirgi uch yildagi balanslari;
-Zararsizlik nuqtasi tahlili;
-O‘tgan va kutilayotgan moliyaviy koeffitsentlar(ushbu tarmoq o‘rtacha ko‘rsatkichiga taqqoslagan holda);
-Moliyaviy hisobotlarni oldindan belgilashda foydalanilgan hujjatlar;
-Barcha oldindan hisoblangan hisobot shakllari bo‘yicha ilova va hisoblar;
-Moliyaviy rejaga asoslangan buxgalteriya hisobi shakli;
-Auditor xulosasi;
2. Kapitalga bo‘lgan extiyoj va uning manbalari
Biznes rejaning ushbu bo‘limida tadbirkorlar o‘z korxonalarining huquqiy shaklini(mulkchilik shakli bo‘yicha korxona turi) va kapital bilan ta’minlanish sharoitini aniqlaydilar. Ushbu bo‘lim qisqa va aniq tayyorlanishi lozim. Biznes strukturasini aniqlash - uning eng yaxshi shakliga nisbatan ham, unda kapital manbalarining ishtirokiga nisbatan ham - mutaxassislar fikriga tayanishni talab etadigan soxalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun chetdan mutaxassislarni konsultant sifatida taklif etishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim.1
1. Tadbirkor yuqori malakali, xalol, ishonchli huquqshunos va buxgalterlarni topishi, hamda ularni majburiyatlar, soliqlar va boshqa masalalarni xal etishga jalb etishi lozim.
Ba’zi hollarda tadbirkor ilojsiz sharoitga tushib qoladi; bir tomondan mutaxassislarni taklif qilishga mablag‘larning etishmasligi, ikkinchi tomondan esa firmaning muvaffaqiyati uchun ularning yordami zarur ekanligini xis etadi. Lekin bular tadbirkorni to‘xtata olmasligi kerak, chunki ko‘pchilik mutaxassislar ular bilan ishlashga tayyorlar. SHu sababli, ular o‘z xizmat haqlari (gonorarlari) summasini pasaytirishga va xattoki korxonada ulushga ega bo‘lish hisobidan ham ishlashga rozi bo‘ladilar. Tadbirkorlar bunday sharoitda xech ikkilanmay bunday mutaxassislar bilan muzokoraga kirishishlari lozim.
2. Hamkorlik borasida va gonarar miqdori bo‘yicha shartnoma tuzishda tadbirkorlar juda e’tiborli bo‘lishlari lozim. Masalan, tadbirkor firmani 20% ni 2 mln. so‘mga sotishni ta’kidlab turib, shu summani konsultatsiyalar uchun to‘lovlvrni yuqori chegarasi deb tushunishi mumkin. Konsultant esa buni boshqacha ya’ni, agar korxona og‘ir sharoitga tushib qolsa, korxonaning 20% ni 2 mln. so‘mga olishi mumkin deb tushunadi. YA’ni u to‘lov borasida tortishadi.
Firmalarning kapitalga bo‘lgan extiyojini aniq belgilash odatda tadqiqotlar va xis qilishni o‘zaro moslashtirishga asoslanadi shuningdek, kapitalning zaruriy miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi kelgusi xodisalar prognozning omad darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ushbu bo‘limdagi va moliyaviy rejadagi ko‘rsatkichlar o‘zaro mos kelishi lozim. Ushbu shart, ayniqsa, balansda ko‘rsatiladigan ma’lumotlarga tegishli bo‘ladi. CHunki balansda kapital mablag‘larning va uning ishlatish yo‘nalishlari aniqlangach, ularni ko‘zda tutilgan manbalarini ko‘rsatish kerak. Bunda birinchi qoida shundan iboratki, barcha yo‘nalishlar va barcha manbalar bo‘yicha olingan kapital xajmi summasi o‘zaro mos kelishi lozim.
Ikkinchi qoida shuni ko‘zda tutadiki, biznes rejada muzokara predmetiga aylanuvchi xech narsa bo‘lmasligi kerak. Tadbirkor kapital manbalarini umumiy tarzda ifodalashi mumkin. Tadbirkor potensial manbalarni diqqat bilan o‘rganishi lozim. Qandaydir venchur kapital fondi boshlang‘ich faoliyat bosqichida bo‘lgan firma o‘z mablag‘larini jalb etishga rozi bo‘lmasligi, qaysi bir bank, ssuda berishdan oldin aksiyalar ulushini talab etishi mumkin. Potensial moliyalashtirish manbai bilan aloqa o‘rnatishda qo‘yidagi maslaxatlarga amal qilish foydadan holi bo‘lmaydi:
-agar iloji bo‘lsa tavsifnomalar yig‘ish;
-biznes rejani turli xil kapital manbalariga ommaviy tarzda jo‘natish o‘rniga, ishonchli manbalarni tanlab murojat qilish;
-biznes strukturasi birdan ortiq moliyalashtirish manbai ishtirokini ko‘zda tutsa, barcha manbalarga bir vaqtda biznes rejani jo‘natish orqali uni o‘rganishni tezlatish mumkin;
-talabga javob bermaydigan moliyalashtirish tashkilotini tanlash va belgilash etarli emas. Tadbirkor unda zaruriy shaxsni topishga harakat qilishi kerak. Kapitalni topish-birmuncha vaqt talab etadigan murakkab jarayondir. Bu tadbirkor uchun jiddiy to‘siq hisoblanadi. Demak, ishning muvaffaqiyati uchun samarali harakat qilish lozim.
Korxonaning moliyaviy iqtisodiy xolatini baholashda korxonaning moliyaviy xolati ko‘rsatkichlarini tahlil qilish tavsiya qilinadi.
Tahlil korxonaning moliyaviy hisoblari asosida oxirgi uch yildagi moliyaviy ko‘rsatkichlardan foydalangan holda amalga oshiriladi (17.1-jadval).
17.1- jadval.
Korxonaning to‘lovga qobilligi va amaliy faolligi asosiy ko‘rsatkichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |