18-vaziyat.
O. ismli fuqaro ishdan qaytib uyiga kelganda ayrim buyumlari o‘g‘irlanganligini ko‘rdi, o‘g‘ri shu mahallada yashovchi M. ekanligiga ishonch hosil qilib, uning eshigini buzib, uyidan mol-mulkini olib chiqib ketdi.Aytingchi, O. Konstitutsiyaning qaysi moddasiga xilof harakat qildi?U qanday ish ko‘rmog‘i qonuniy?Tergovchi Konstitutsiyaning qaysi moddasiga qarshi harakat qildi? Konstitutsiyaning 27-moddasiga xilof ish qildi.Unga ko‘ra
“Hech kim qonun nazarda tutgan hollarda va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi,tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi,yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas” Yana O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining mazkur moddasini ham asos qilib olamiz
142-modda. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish
Turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy bostirib kirish —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
19-vaziyat.
15 yoshli kollej talabalarini kursdoshlari Shuhrat va A’zam tug‘ilgan kunlariga chaqirishgan edi. Stol ustida 1 shisha spirtli ichimlikpaydo bo‘lganligini ko‘rgan Botir: “Nega spirtli ichimlik qo‘ydinglar,bizga ichish mumkin emas. Buning uchun jarima solishadi”, – dedi.
— Qo‘ysangchi, agar biz ko‘chada, jamoat joyida ichsak jarima solishadi, biz esa o‘z uyimizdamiz, — dedi Bahodir.
— Ikkovlaring ham nohaqsanlar, — dedi Bahrom. Bizga spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Qayerda ichilmasin, baribir buning uchun ota-onalarimizga jarima solishadi. Kim haq?
Agar uyda ichimlik saqlansa javobgarlik belgilanmaydi.Agarda spirtli ichimlik voyaga yetmaganlar tomonidan sotib olib kelinganda ,ichimlikni sotgan sotuvchi ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lar edi.
20-vaziyat.
Alisher o‘rmonga ov miltiini olib ketdi. O‘rmon yaqinida u ikkita g‘ozni ko‘rib, ularni otib o‘ldirdi. Shu zahoti tartib buzuvchini o‘rmon nazoratchisi ushlab oldi va tegishli organga topshirdi.O‘rmon nazorati inspeksiyasi Alisherga o‘rmon xo‘jaligi ov qilish qoidalarini buzganligi uchun quyidagi choralarni ko‘rdi:jarima 10000 so‘m, miltig‘ini va otilgan g‘ozlarni musodara qilish.Alisher qanday turdagi jazoga tortildi?O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 90-moddasi asos bo‘ladi.Unga ko‘ra
Do'stlaringiz bilan baham: |