111-modda. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish ularning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa, xuddi shuningdek hayvonlarni qiynash, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa,bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
5-Vaziyat.
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Komissiya yig‘ilishida o‘g‘rilik masalasi yuzasidan muhokama borardi. Shu payt inspektor kabinetiga jabrlanuvchi shaxt bilan kirib keldi-da, o‘g‘rilik sodir etgan o‘spiringa ko‘zi tushgach, unga qarata haqorat yog‘dira boshladi. Ammo inspektor uni to‘xtatdi va haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi.Sizningcha,inspektor, garchi o‘spirinning aybi aniq bo‘lsa-da, nega
uning sha’niga haqorat yog‘dirilishini to‘xtatdi?Bunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining quyidagi moddasini asos qilib keltirish mumkin.
140-modda. Haqorat qilish
Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet jahon axborot tarmo g‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Haqorat qilish:
a) jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda;
b) xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
6-Vaziyat.
O‘tgan darsda to‘qqizinchi sinf o‘quvchilari sport zalida jismoniy tarbiya darsida bo‘lganlarida, yettinchi sinf o‘quvchilari ularning xonasida o‘tkazilgan darsda o‘tirishgan edi. Shu dars paytida o‘zlarining pullari yo‘qolganini bahona qilib, to‘qqizinchi sinf o‘quvchilari yettinchi sinf o‘quvchilarini tintib chiqishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |