115-modda. Ish vaqtining normal muddati Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
Korxonada ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilingan taqdirda ushbu Kodeksning 123-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
[OKOZ: 1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.02 Ish vaqtining qisqartirilgan muddati]
116-modda. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘i holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zga holatlarni inobatga olib, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar (242-modda);
I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar (220-moddaning uchinchi qismi);
noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar (117-modda);
alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar (118-modda).
uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar (228-1-modda).
25-vaziyat. 16 yoshli xodim S. 6 oy ishlaganidan so‘ng unga mehnat ta’tili berishni rahbaridan so‘radi. Rahbari hali ishlaganiga 6 oy to‘lmaganligini hisobga olib ta’til bermadi.Rahbarning xatti-harakati mehnat qonuniga zidmi yoki yo‘qmi?Bunga asos qilib, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining quyidagi moddasini keltirish mumkin. 143-modda. Ta’tillarni berish tartibi Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun olti oy ishlangandan keyin beriladi.Ish yili mehnat shartnomasiga binoan ish boshlangan kundan e’tiboran hisoblanadi.Ta’til quyidagi xodimlarga ularning xohishi bo‘yicha olti oy o‘tmasdan oldin beriladi:
ayollarga — homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki undan keyin;
I va II guruh nogironlariga;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga;
muddatli harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan va ishga joylashgan harbiy xizmatchilarga;
o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga — asosiy ish joyidagi ta’til bilan bir vaqtda, o‘rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘lagan holda;