90-modda. Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish
Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi ikki marta qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan ov qilish yoki baliq ovlash,
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi.
21-vaziyat.
Maktab o‘quvchilarining bir guruhi tabiatni muhofaza qilish ishi bilan shu g‘ullanar edilar. Maktab atrofidagi suvda zararli narsalar oqishini ko‘rib, baliqchilik nazorat inspeksiyasiga ma’lum qildilar.Og‘ir oqibatning oldini olish choralari tez aniqlanganini e’tiborga olib,zararlangan moddalarni suvga oqizgan korxonaning lavozimli shaxslariga ma’muriy jazo qo‘llash bilan cheklanishdi.Quyidagi ma’muriy jazoning qaysi birini bu misolda qo‘llash mumkin? Agar ayrim fuqarolar tomonidan bunday tartibbuzarlik bo‘lsa,qanday choralar qo‘llaniladi?Agar ko‘p miqdorda baliqlar nobud bo‘lganida, korxona rahbarlariga qanday choralar qo‘llanilar edi?Bunda yuqoridagi holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘risidagi Kodeksga asosan 72-moddasiga binoan,fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravargacha, mansabdor shaxslarga nisbatan eng kam ish haqining besh baravardan yeti baravargacha jarima solishga asos bo‘ladi.
A) jarima;
B) axloq tuzatish ishlari;
D) musodara qilish.
22-vaziyat.
A. ismli xizmatchi ishdan bo‘shash to‘g‘risida “o‘z roziligi” bilan deb ariza yozdi. Bir qancha vaqt o‘tgach rahbar chaqirib arizani qayta yozishni va ishdan bo‘shash sababini ko‘rsatishni talab qildi. A. rozilik bildirmadi.Bu vaziyatda kim haq?Bu vaziyatda rahbar haq.Chunki ishdan bo‘shashlik uchun sabab keltirilishi shart.Bunga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining quyidagi moddasini asos qilib keltiramiz
Do'stlaringiz bilan baham: |