Konstitutsiyaning 27-moddasiga xilof ish qildi.Unga ko‘ra
“Hech kim qonun nazarda tutgan hollarda va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi,tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi,yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas”
6-Vaziyat.
Poytaxt shifoxonalarining biridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, gul butasi ostiga kimdir tashlab ketgan chaqaloq topib olindi. Bolaning kimligini aniqlash uchun bironta yozuv ham, hujjat ham uning yonida yo‘q edi. Tabiiyki, chaqaloqni fuqarolik holati hujjatlarida qayd etish masalasi
paydo bo‘ldi. Familiyasi, ismi, otasining ismi ro‘yxatga olgan shaxslar
ixtiyoriga ko‘ra belgilandi.Bolaning fuqaroligi masalasini hal qilishda muammolar kelib chiqdi,negaki, ma’lumotlar yo‘qligi tufayli bola tug‘ilgan joyni aniqlash imkoniyati bo‘lmadi.Sizningcha, bu bolaning fuqaroligi to‘g‘risidagi masalani qanday hal qilish kerak? Bunga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunning quyidagi moddalarini asos qilib olamiz
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha olish
Bola o‘zining tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, agar tug‘ilgan paytida:
a) ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lsa;
b) uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud uning turgan joyi noma’lum bo‘lsa;
v) uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lsa, tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
Ushbu modda birinchi qismining “v” bandida nazarda tutilgan holda bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan ota-onasining yoxud boshqa qonuniy vakillarining iltimosnomasiga binoan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan, ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan bola tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir.
Otasi yoxud onasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan bolaga otalik yoxud onalik belgilangan yoki tan olingan taqdirda, bola, tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.
7-Vaziyat.
Er-xotin Ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi FHDQEO)ga o‘z farzandini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishdi.Ariza ko‘rib chiqilayotganda FHDQEO xodimlari er-xotin U.lar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ekanligini aniqlashdi va bolani ro‘yxatga olishni rad etishdi. Ular o‘z rad javobini ota-onasi singari bola ham fuqaroligi bo‘lmagan shaxs sanaladi, shuning uchun O‘zbekiston fuqarosi sifatida ro‘yxatga olinishi mumkin emas, deya izohlashdi.Sizningcha, FHDQEO xodimlari haqmi? Er-xotin U. ning FHDQEOga murojaati munosabati bilan vujudga kelgan masalaga «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonunning qaysi qoidalaridan javob topish mumkin?Bunga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunning quyidagi moddalarini asos qilib olamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |