Dars ishlanmalar to‘plami 2019-2020 o’quv yili Sana Darsning mavzusi



Download 1,64 Mb.
bet13/13
Sana12.03.2020
Hajmi1,64 Mb.
#42231
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5 sinf tasviriy sanat 2019


IV- Mustaxkamlash.

Savollar:



  1. Adabiy asarda qahramon qanday tasvirlanadi?

  2. Adabiy asarlarning mazmuni qanday yoritiladi?

  3. «Shum bola» asarida nimalar yoritilgan?

  4. Asardagi obrazlar haqida qanday fikrdasiz?

V- Uyga vazifa.

Darsda qalamda chizilgan kompozitsiyani rangda bo‘yab kelish.

O’TIBRO’ _________________

Sana _____________________________

Sana _____________________________

Darsning mavzusi: Rangtasvir yoki grafik usulda portret ishlash

Darsning maqsadlari:

a)Talimiy maqsad: Rangtasvir yoki grafik usulda portret ishlashning qonun-qoidalarini o’rgatish

b)Tarbiyaviy maqsad: Go’zallikka bo’lgan mehr- muhabbatni uyg’otish, gozallikni sevishni o’rgatish

c)Rivojlantiruvchi maqsad: Rangtasvir yoki grafik usulda portret ishlashni o’rgatishda, o’quvchilarga individual yondoshish orqali ularning qobilyatini rivojlantirish

d)O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (audio- video yozuv,kompyuter) foydalanish.

  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish.

  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish.

e)O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

- Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:

naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi, tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi, naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi, naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.



  • Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:

ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.

Darsning jihozlanishi: Rangtasvir yoki grafik usulda ishlangan portret reproduksiyalari, kitob, o’quvchilar ishlaridan namunalar

Darsning borishi:

I-Tashkiliy qism:

a)Salomlashish

b)Davomatni aniqlash

c)O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

II- Uyga vazifani tekshirish

Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqib baholanadi



III-Yangi mavzuni o'rganish






Portret chizishning birinchi bosqichi muhim ahamiyat kasb eyadi. Portretning mazmunli chiqishi shu bosqichni to’g‘ri bajarisha bog’liq. Chunki bu bosqich rasmning asosi hisoblanadi. Bajarilayotgan bosqichining qonuniyatlariga tayanib, boshning umumiy shakli chiziladi. Bu yerda boshning oldingi va pastki qismlaridan boshqa tomonlariga nisbatan ko‘proq joy qoldiriladi.

Undan chiziq yordamida boshning burilish yo‘nalishini belgilash tik orta chiziq o‘tkaziladi, bu chiziq esa, qosh oralig‘ining, burun uchi va engak ko‘tarmasining tayanch nuqtalaridan aylana tarzdagi chiziqni hosil qiladi. Tayanch nuqtalaridan ko‘z o‘qlariga paralel yordamchi chiziqlar yuritilib, boshning asosiy nisbatlari belgilanadi. Taqqoslash uchun nisbat o‘lchamiga burunning uzunligi olinadi. Shu yerda ko‘zning o‘qlari boshning ham gorizontal o‘qi bo‘lib hisoblanadi. Shu chiziq uzunligidan ko‘zlarning chetki nuqtalari, quloqning eshitish teshigi tashqi shakli belgilab olinadi.

Ikkinchi bosqichda boshning asosiy mushaklarining umumiy shakli tuzilishi belgilanadi.

Portretni tasvirlash bosqichlari.





Umuman, bosh mushaklarini chizish mobaynida ularning nis- batlarini tekshirib, soya-yorug’lari belgilanib, shtrixlarning berilib borilishi maqsadga muvofiq.

Uchinchi bosqich - sochni tasvirlash jarayoni. Sochni chizganda uning yorug qismi odam yuzining soyasiga nisbatan to‘q qora bo‘ladi. Shtrixlarni sochning yo‘nalishiga qarab yuritish lozim chunki bu uning tabiiyligini ko’rsatadi. Bu bosqichda ko‘zni chizishga ham ahamiyat berish lozim. Ko‘z odam yuzining «oynasi». Ko‘z orqali kishining ichki dunyosi va yosh xususiyatlarini ifodalash mumkin. Shuning uchun rasmdagi tasvir odamning tabiiy ko‘rinishiga o’xshashligi ko‘proq ko‘z yoki ko‘z qorachig‘ining mohirona tasvirlashga bog‘liq.

Yuqoridagi uch bosqichda tasvirlash umumiydan xususiyga qarab ishlangan bo’lsa, bu yerda, aksincha, xususiydan umumiyga qarab tasvirlanadi, ya’ni boshning ko’rinishi umumlashtirilib yakunlanadi.

Portretni rangtasvirda chizish ham muhim ahamiyatga ega. Grafik usulida bajarish kabi rangtasvirda ham bosqichli tasvirlar ishlash mumkin. Rang bilan ishlaganda unda xilma-xil bo‘yoqlar bo‘lmasligi kerak. Portretni rangda ishlash uchun asosiy ranglarni ifodalovchi boyoqlarni topib ulardan to‘g’ri foydalanish lozim.

IV- Mustaxkamlash.

Savollar:



  1. Grafik usulida portret qanday bajariladi?

  2. Portretni bajarishda nimalarga e'tibor berish kerak?

  3. Qog'ozga qanday joylashtiriladi?

  4. Portretda nisbatlar o’lchami qanday amalga oshiriladi?

V- Uyga vazifa.

Rangtasvirda portret ishlash.



O’TIBRO’ _________________

Sana _____________________________

Sana _____________________________

Darsning mavzusi: Yil davomida bajarilgan ishlarning yakuni.

Darsning maqsadlari:

a)Talimiy maqsad: Yil davomida bajarilgan ishlarni mustahkamlash.

b)Tarbiyaviy maqsad: O’z ustida ishlashni o’rgatish.

c)Rivojlantiruvchi maqsad: O’tilgan mavzularni mustahkamlashda, o’quvchilarga individual yondoshish orqali ularning qobilyatini rivojlantirish

d)O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

  • Kommunikativ kompetensiya: jamoa bilan ishlashda uning fikrini qo‘llab-quvvatlash.

  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish.

  • Milliy va umummadaniy kompetensiya: yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish.

Darsning jihozlanishi: O’tilgan mavzulardan reproduksiyalari, kitob, doska, bo’r

Darsning borishi:

I-Tashkiliy qism:

a)Salomlashish

b)Davomatni aniqlash

c)O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

II- Uyga vazifani tekshirish

Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqib baholanadi



Yil davomida o‘zlashtirilgan bilimlarni aniqlash yuzasidan savollar bilan boshlanadi. Ular quyidagi mazmunda bo‘ladi.

  • Tasviriy san’atning qanday turlarini va janrlarini o‘rgandingiz?

  • Tasviriy san’at darslarida qanday o‘quv qurollari ishlatiladi?

  • Tasviriy san’atda qanday atamalarni bilasiz?

  • Rassomlarning qaysi asarlari nomlarini bilasiz?

  • Haykaltaroshlarning qaysi asarlarini bilasiz?

  • Animalistik janr nima va kimlar bu janrda ishlagan?

Berilgan javoblar orqali bilimlar aniqlanadi. Yil davomida bajarilgan amaliy ishlar (qalamtasvir, rangtasvir, haykaltaroshlik ) namoyish etilib, tahlil qilinadi.

Navbatdagi topshiriqlarda yozgi ishlar haqida yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar beriladi. U taxminan quyidagi mazmunda bo’ladi.

Yil davomida tasviriy san’atdan egallagan malakalarini mustah- kamlash va bilimlarini kengaytirish maqsadida yozgi ta’til kunlarida tasviriy san’at bilan shug‘ullanib turishga to’g‘ri keladi. Buning uchun vatman va qog‘ozlar, oddiy qora va rangli qalamlar,akvarel bo‘yog‘i, mo‘yqalamlar, plastilin, ko‘mir, sangina va boshqalarni ishga taxt qilib qo‘yish kerak.

Tasviriy va amaliy san’atga oid reproduksiyalarni, rassomlar asarlarining nusxalarini turli jurnallardan olib to‘plash kerak bo‘ladi. Albatta, asarni yaratgan rassomning va asarning nomini, yilini yozib qo‘yish lozim. Ta’til kunlarida tevarak-atrofingizdagi go‘zal manzaralarni bo‘yoqda ishlash, qush va hayvonlarning haykalini plastilin yoki loyda bajarish ham qiziqarlidir.
















O’TIBRO’ _________________

Sana _____________________________
Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish