Rangning asosiy xususiyatlari: rang tusi, och-to‘qligi va to’yinganligi.
Rangning tusi. Bizning ongimizda rang tusi yaxshi tanish bo‘lgan 3uyumlaming rangi bilan mos tushadi. Ranglaming ko‘pgina nomlari abiatdagi narsalaming o‘ziga xarakterli ranglaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri olingan bo‘lib, qumrang, dengiz to’lqini rangi, zumradrang, shokolad- rang, marjonrang, malinarang, olcharang, qaymoqrangi va hokazolar.
Ranglarning nomini ifodalovchi, ya’ni ulaming birini qizil, ikkin- chisini ko‘k, uchinchisini sariq deb atalishiga asos boigan belgi rang tusi deyiladi. Qizig‘i shundaki, kunduzgi tabiiy yorug‘likda inson ko‘zi 180 ga yaqin rang tuslami va 10 ga yaqin to‘yinganlik darajasini ajratishga qodir ekan. Umuman olganda, rivojlangan inson ko‘zi 360 ga yaqin rang tuslarini farqlash qobiliyatiga ega ekan.
Rangning to‘yinganligi. Rangning to‘yinganligi deganda kulrangning och-to‘qlik darajasi, rang bilan teng boigan farqi tasavvur qilinadi. Kulrangga nisbatan rangdorlik darajasining tozaligini tushu nish kerak.
Agarda biron-bir rangga kulrang bo‘yoqni qo‘shsak, uning rangi xiralashadi, to‘yinganligi o‘zgaradi.
IV- Mustaxkamlash.
Savollar:
Rangning asosiy xususiyatlari nimalar?
Iliq va sovuq ranglarning nomini keltiring.
Spektr ranglar nechta va ulaming nomlarini ayting?
Asosiy ranglarga qaysi ranglar kiradi?
Rang tusi nima?
Rangning to‘yinganligini qanday tushunasiz?
V- Uyga vazifa.
Sovuq yoki iliq ranglarda naturmort yoki manzara ishlash.
O’TIBRO’ _________________
Sana _____________________________
Sana _____________________________
Darsning mavzusi: Rangtasvir va grafikada manzara. Manzara asosidagi ishlarni tahlil etish va ijodiy ish
Darsning maqsadlari:
a)Talimiy maqsad: Rangtasvir va grafikada manzara ishlash qonun-qoidalarini o’rgatish
b)Tarbiyaviy maqsad: Gozallikka bo’lgan mehr- muhabbatni o’yg’otish, gozallikni sevishni o’rgatish orqali yomonliklardan qaytarish
c)Rivojlantiruvchi maqsad: Rangtasvir va grafikada manzara chizish qoidalari bilan tanishtirishda, o’quvchilarga individual yondoshish orqali ularning qobilyatini rivojlantirish
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (audio- video yozuv,kompyuter) foydalanish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
- Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:
naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi, tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi, naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi, naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.
Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:
ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.
Darsning jihozlanishi: Manzara reproduksiyalari, kitob, o’quvchilar ishlaridan namunalar
Darsning borishi:
I-Tashkiliy qism:
a)Salomlashish
b)Davomatni aniqlash
c)O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
II- Uyga vazifani tekshirish
Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqib baholanadi
III-Yangi mavzuni o'rganish
Rangtasvir asarlari - kompozitsiya, ya’ni asardagi narsalarning shakli, tuzilishi, o‘zaro bogiiqligining to‘g‘ri ifodalanishi.
O’. Tansiqboyev. «Oqshom pallasi».
Kolorit - ranglarning uyg‘unligi; ritm - asarning kompozitsiya qismlari tekis, dinamik holatda takrorlanishi; rang kontrasti - bir xil rangni o‘z atrofidagi ranglarga mos idrok qilinishi; rang perspektivasi kabi tasvirlash vositalari asosida yaratiladi.
Ma’lumki, rangtasvir asarlarini yaratishda rassom turlicha bo‘yoq- lardan moybo’yoq, akvarel, guash, tempera, pastel, rangli qalamdan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |