DEY (turk.dayi – ayni manosi tog’a) – 1) Usmonli turk saltanatining yanichar qo’shinlarida zobitlik darajasi; 2) yanichar zobitlar kengashi tomonidan umrbod saylanadigan Jazoir hokimi.
DINIY – RITSARLIK ORDENLARI – XII – XIII asrlarda salib yurishlari davrida katolik cherkovi rahnamoligida tashkil etilgan harbiy – monaxlik tashkilotlari. Sharqda salibchilarning mulklarini himoya qilish va kengaytirish, shuningdek, Yevropada hududlarni ishg’ol etishni maqsad qilgan. Eng yirik ordenlar: ioannitlar, tampliyerlar, tevton, alkantara, kalatravi va hokazo.
DOFIN (frans.dophin) – Fransiyada XIV asr o’rtalaridan 1830-yilgacha taxt vorisi unvoni. Ilk o’rta asrlardan ma’lum. Graf Giga Vyenskiy gerbida delfin(dauphin) tasviri tushirilgandi va u “Le Dauphin” degan laqab olgan.Unvon shu laqabdan kelib chiqqan.
DOJ ( ital. )-o’rta asrlarda Venetsiya (VII asr oxiridan XVIII asr oxirigacha) va Genuya ( XIV asrdan XVIII asr oxirigacha) respublikalarida umrbod saylab qo’yilgan davlat boshlig’i;
DOMEN (frans.domaine, lot. dominium – mulk so’zidan) – o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada qirol yoki qandaydir feodal mulkining bir qismi, ularning o’zi tomonidan xo’jaligi yuritilgan. Domen tarkibiga, odatda, turli aholi manzilgohlari, qal’alar, yaylovlar ,ekinzorlar va o’rmonlar kirgan.
DOMINIKOCHILAR-1215-yilda Tuluzada ispan monaxi Doimiko de Gusman (1170-1221) asos solgan gadolik ordenining a`zolari. Orden bir yil keyin papa Gonoriy III tomonidan tasdiqlangan. Orden 12-yil muddat bn saylanadigan va bevosita papaga itoat etadigan general tomonidan boshqarilgan.Yonib turgan mash`alani tishlab turgan it tasviri ularing belgisi hisoblangan. Ular o`zlrini ``xudoning iti ``deb ataganlar.
DONJON (frans.donjon) – Yevropadagi feodal qasrlarining bosh minorasi, boshqa binolardan alohida qurilgan. O’ziga xos qal’a ichidagi qal’a vazifasini o’tagan. Himoya vazifasidan tashqari Donjonlar feodallar istiqomat qiladigan inshoot ham edi.
DRUIDLAR (lot-kelt) - qadimgi keltlarda kohinlar, qadimgi Galliya, Britaniya va Irlandiyada kohin yoki ruhoniylar. Sud vazifasini ham bajarganlar. Qabila zodagonlari bilan birga ular kelt jamiyatining hukmron tabaqasini tashkil etganlar. Ular tabiblik, o’qituvchilik va karomat qiluvchilar bo’lib, siyosiy hayotda katta rol o’ynar edilar. Rim imperatorlari Tiberiy va Klavdiy ularning qurbonliklarini rad etganlar.
DUKAT (ital. ducato) – qadimgi kumush va oltin tanga. XIII asrdan boshlab Venetsiya tilla puli (stexin); G’arbiy Yevropaning bir qancha mamlakatlarida muomalada bo’lgan. Dukat dastlab Venetsiyada, keyinchalik ko’pgina G’arbiy Yevropa mamlakatlarida zarb etilgan. Og’irligi 3,44 gramm atrofida.
EKZARXAT (yunon.exarchos – boshliq, rahbar) – Vizantiyada VI asr oxiri – VII asrlarda noib tomonidan boshqarilgan ma’muriy-hududiy birlik. Ekzarxat chekka viloyatlarda tashkil etilgan. Ekzarxat femlarga namuna bo’lib xizmat qilgan.