BARONESSA (fr.)-baronning xotini yoki qizi-xonim.
BARRIKADA (fr.)-ko’chaband, to’siq ko’cha; ko’prik va tor yo’llarda yog’och, tosh, qum, tuproq to’ldirilgan qoplar, qulatilgan daraxt va boshqa narsalardan yasalgan sun’iy to’siq.
BARSHCHINA (rus)-ishlab berish rentasi, kaitalizmgacha yer rentasining ruscha nomi, krepostnoy huquq davrida dehqonlarni pomeshchik, monastir va cherkov yerlarida o’z ish qurollari bilan haftada bir necha kun majburan va haq to’lamay ishlatish.
BARSHCHINA, BOYARSHCHINA (rus.barin (boyar)ga tekinga ishlab berish) – o’rta asrlarda Rossiyada yer rentasi shakli, yirik yer egasi qaram krepostnoy dehqonning o’z quroli bilan haq olmay bajaradigan majburiy mehnati.
BENEFETSIY (lot.beneficium – exson, yaxshilik) – 1) ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada qirol yoki yirik feudal tomonidan vassalga muayyan ishni bajarish, ko’pincha harbiy xizmatni o’tash sharti bilan umrbod inom qilinadigan yer. 2) katolik cherkovida IX asrdan daromadli lavozim yoki ruxoniy tomonidan mukofot sifatida olingan yer mulki.
BOGOMILLIK- X-XIV asrlarda Bolgariya va Serbiyada hamda Bolqonning ba’zi boshqa mamlakatlarida diniy niqob ostida o’tgan antifeodal dehqonlar harakati.
BOKKACHCHO- Jovanni (1313-1375) italiya realist yozuvchisi, gumanist. B. ijodining cho`qissi ``Dekameron`` (1350-1353) asari xisoblanadi. Kitobning asosiy mavzularidan biri-katolik cherkovini tanqid qilish, ruhoniylar-monarxlar, papa saroyining ayonlari ustidan zaharhandalik bilan kulishdir. B.ning ``Mashhur kishilarning taqdiri haqida``(1355-60), ``Mashhur ayollar haqida``(1360-62), ``Majusiy hudolarning kelin chiqishi``(1350-63) kabi bir necha asarlarida inson tog`risidagi gumanistik fan asoslari berilgan.
BOYARLAR (turk.bajar – amaldor , boy er,janob) – 1) IX-XVII asrlarda Rus davlatida mulkdorlarning oliy tabaqasi.Kiyev davlatida – urug’ – qabila zodagonlari avlodi, katta drujinachilar – vassallar va knyaz dumasi a’zolari, yirik yer egalari. 2) Ruminiyada XIII-XIV asrlarda vujudga kelgan mulkdor tabaqa.
BULLA (lot.bulla – sharcha, kechki lot. muxr, muxrli hujjat) 1) o’rta asrlarda dumaloq metal muxr, odatda, imperator, qirol aktlarini tasdiqlagan, shuningdek ana shunday hujjatlarningo’zi; 2) o’rta asrlarda papalarning asosiy hujjati, qo’rg’oshin (alohida vaziyatlarda oltin) muhr bilan tasdiqlangan. XV asrdan kamdan kam chiqarilgan; 3) keying davrlarda papalarning muhim qarorlari va tantanalari nomalari shunday atalgan.
BURG (kechki lot.burgus, nem.Burg – qal’a) 1) G’arbiy Yevropadagi o’rta asrlar qal’asi. Burg qal’alar G’arbiy Yevropada VIII asrdan XVI asrga qadar qurilgan. 2) Shotlandiyada shahar mamuriy – hududiy birligi.
BURSA (kechki lot.bursa – to’rva) – o’rta asrlarda universitetlar qoshidagi qashshoq studentlar uchun ochilgan yotoqxona.Dastlab Fransiyada yuzaga kelgan.Badavlat kishilarning homiylik yordamlari hisobidan taminlangan.
BUSIDO (yapon. ayni ma’nosi jangchining yo’li) – yapon samuraylarining ahloq kodeksi. Busido ulardan o’z xo’jayiniga sodiq bo’lishni,harbiy ishni samurayga munosib birdan-bir kasb deb hisoblashni talab qiladi. Samuraylik shaniga dog’ tushirgan jangchi o’zini o’zi o’ldirishi (xarakiri) shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |