YERETIK, YERESLAR ( yun )-bid’atchi;hukmron dinga va cherkov aqidalariga xilof bo’lgan diniy-klerikal ta’limot.O’rta asrlarda feodalizmning tayanchi bo’lgan hukmron xristianlikka va uning cherkoviga muholif bo’lgan diniy yo’nalish.Odatda Yeretik mavjud feodal tuzumga qarshi xalq ommasi noroziligining diniy niqobi rolini ham o’tagan.
YETTI ERKIN SAN’AT (lot.septem artes liberates) – o’rta asrlar maktablarida va universitetlarning “artistik” fakultetlarida o’rgatiladigan o’quv fanlari. 2 bosqich – trivium (grammatika,ritorika,dialektika) va kvadrium(arifmetika,geometriya, astronomiya,musiqa)dan iborat bo’lgan.U antik davrdayoq shakllangan.
YOMENLAR (ingl.yeomen) – o’rta asrlarda Angliyada shaxsan ozod mayda yer egalari.Jentridan farqli o’laroq ,yerni o’zlari ishlashgan.Ilk bor VII-VIII asrlarda yaratilgan “Beovulf” dostonida tilga olingan.
(Salimov darsligi asosida)
Arsiya – dehqon uyida yong’in chiqsa jarima to’lashi (Kataloniyada).
Alting – Islandiyada barcha aholi uchun umumiy yig’in.
Benefitsiy (lot. “ximmatli ish”) – jangchiga xarbiy xizmat evaziga va sodiqlik qasamyodini keltirganidan so’ng beriladigan yer mulk.
Bolyarlar – yirik lavozimli amaldor (Bolgariyada).
Bogomillar (bogumil – xudoga xush keladiganlar) – dahriylik harakati. Rasmiy cherkovni inkor etganlar va podshoni, boylarni, oqsoqollarni zulm sababchilari deb hisoblashgan. X asrda bostirilsada Bolqonda ko’p asrlar saqlanib qolgan.
Baron (lot) - Gʻarbiy Yevropada oʻrta asrlarda qirolning bevosita vassali. Qirol kengashi aʼzosi. Keyinchalik dvoryanlar, zodagonlar unvoni.
Begetriya – Kastiliya hayotida dehqonlar tuzgan erkin jamoalar.
Burgomistr – Germaniyada kengash boshlig’i. Angliya, Italiya va Fransiyada mer deb atalgan.
Dimlar – yirik shaharlarda maxsus sport jamoalari (Vizantiyada).
.Doj – Italiya shahar davlatlarida respublika boshlig’i.
Dedichilar – Chexiyada erkin jamoa a’zolari. Keyinchalik qaram dehqonga aylangan.
.Edelinglar va Frilinglar – germanlarning buyuk ko’chishlaridagi ijtimoiy toifalar. Edelinglar – zodagonlar, frilinglar – erkin jamoa a’zolari va yarim ozod littlar.
Emfitevzis (yun.- o’tkazish, payvand) – Italiyada yer egaligi. Merosiy yoki 10-30 yilga berilgan. Bo’sh yoki tashlandiq yerlar berilgan, uni olganlar yerni ekinzorga aylantirishi ko’zda tutilgan.
Erllar – o’rta asrlarda Angliyada yirik yer egalari. Yerdan foydalangan jamoa a’zosi – kerl deb nomlangan.
Elyular – Fransiyada Karl V davrida joriy etilgan lavozim bo’lib, moliya generali va moliya amaldori shunday nomlangan.
Ermandedlar – Aragon qirolligida shaharlarning “birodarlik” tashkilotlari.
Gayda, folklend – Angliyada yirik oilalar yeri.
Formaryaj – nikoh to’lovi. Senyor mulkidan chetga turmushga berilgani yoki uylantirgani uchun maxsus to’lov (Fransiyada).
Fayn – yerni yangi olgan ijarachining lordga to’lovi. (Angliyada).
Guf (nem.), mans (lot.) – dehqonga ijaraga berilgan yer.
Genikon – Vizantiyada soliqlarni joriy etish va yig’ish boshqarmasi.
Glafordlar (qadimgi ingliz tilida non beruvchi, boquvchi) – dehqonlar homiysi. Yirik yer egalari. “Lord” atamasi ham shu so’zdan paydo bo’lgan.
Gradlar – slavyanlarda mudofaa istehkomlari.
Immunitet (lot. ozod, erkin) – qirol amaldorlari nazoratidan holi hududlar chegaralarida merovinglar qirollari taqdim etgan yer.
Kutusiya – dehqon xotinining bevafoligi uchun jazolanishi. Ekzorkiya – dehqon farzandsiz vafot etsa, uning mulkini katta qismining senyorga o’tishi (Kataloniyada).
Kabaleros – Aragonda o’rta dvoryanlar. Oliy tabaqasi – zisos otbris, kichik dvoryanlar – idalgo deb nomlangan.
Len – o’rta asrlarda Germaniyada qirol yoki yirik zamindor tomonidan in’om etilgan yer.
Lollardlar (pichirlab duo o’quvchilar) – kambag’al ruhoniylar.
Latlar – Germaniyada qaram dehqonlar.
Landtag (majlis) – german knyazliklarida toifaviy vakillik organi bo’lib, unda mahalliy dvoryanlar, ruhoniylar va shaharlar vakillari faoliyat ko’rsatgan.
Munisipalitet (kommuna) – shahar boshqaruvi.
Mayerlar – Germaniyada qishloq oqsoqollari.
Panlar – Chexiyada yirik yer egalari.
Prelatlar (ruhoniylar) – Angliyada yirik diniy zodagonlar.
Primas – birinchi ruxoniy nomli amaldor nomi.
.Primat – diniy hokimiyatning dunyoviy hokimiyatdan ustunligi.
Peregrinatio – Salib yurishlarida “ziyorat” shunday atalgan.
Piligrimlar – salib yurishlarida “ziyoratchi sayyohlar” shunday atalgan.
Plebeylar – shaharlarning quyi tabaqa vakillari.
Prekariy (iltimosga binoan berilgan yer) – cherkov yerlarining kam yerli yoki yersiz dehqonlarga uzoq muddatli yoki umrbod ijaraga berish.
Rekonkista (ispancha Reconquista – jang bilan qaytarib olmoq) – arablar bosib olgan hududlarni Pireney tub aholisi tomonidan VIII – XV asrlarda qaytarib olinishi.
Ratusha – Yevropa shaharlarida boshqaruv binosi. Shahar markazida bozor maydoni yonida bo’lgan.
Remenslar – qaram dehqonlar (Kataloniyada).
Mallyuslar – franklarda xalq yig’inlari. Dastlab ochiq maydonda, keyinchalik binolarda o’tkazilgan.
Stratiotlar – dehqonlar (Vizatiyada).
Sxizma – xristianlikning rasmiy bo’linishi. (1054-yil).
Smerd – o’rta asrlarda Ruslarda dehqon. Keyinchalik feodalga qaram bo’lib, Ryadovich deb nomlangan.
Simoniya – cherkov lavozimlarini sotish (Angliyada).
Solarego – Kastiliyaning asosiy dehqon aholisi. Xo’jayin yerida yashagan. Ijara shartlari xilma-xil bo’lsa-da, har qanday holatda ham solarego o’z mulkini olib, senyor yerini tashlab ketishi mumkin bo’lgan.
Konsulat – XII asr davomida deyarli barcha janub shaharlarida hokimiyatning jamoaviy boshqaruv turi. Dvoryanlar, ruhoniylar, hunarmandlar boshliqlaridan saylangan – konsullar boshqaruvi.
Nobilitet – Venetsiyaning eng sara zodagonlari.
Taksis – Vizantiyaliklar mentaliteti. Asrlar davomida o’rnatilgan tartib.
Tagzatsung – kantonliklar vakillarining ahyon-ahyonda chaqirilib turiladigan yig’inlari. Fikr almashilib, barchani qanoatlantiradigan qarorlar qabul qilingan. Kanton – Shveysariyada ma’muriy hududiy birlik.
Votchina – Rossiyada yer egaligining me’rosiy ravishda o’tadigan qadimgi turi. X – XV asrlarda yer egaligining hukmron shakli.
Vandalizm – ma’nisiz shafqatsizlikkka – moddiy madaniyat yogorliklarini vayron etishga nisbatan qo’llanilgan. Bu atama 455-yil vandallar Rimni vayron qilganidan so’ng kelib chiqqan.
Vergeld (jarima, xun) – Galliyaning shimolida sud ishlarida odat. Jinoyatchi davlat oldida emas, jabrlanuvchi va uning qarindoshlari oldida javob bergan.
Vitanegemont – donishmandlar kengashi. Buyuk Alfred davrida yirik dunyoviy va diniy zodagonlar majlisi.
Vlastellar – serblarda yirik zodagonlar. Vlastemechlar – o’rta va mayda zodagonlar.
Sud musobaqalari – senyorlik sudida keng qo’llanilgan udum. Mojaroni muxolif tomonlar vakillari orasida jang musobaqasi sifatida xal etish.
Xorugvi – polyaklarda harbiy bo’linmalar nomi.
Shlyaxtichlar – polyak zodagonlari.
Almenda – Germaniyada o’rta asrlarda jamoa yerlari.
Arxikansler – Buyuk Karl imperiyasida imperator kanselyariyasi boshlig’i.
Bakalavrlar – Angliyada mayda ritsarlar shunday atalgan.
Balladalar – xalq orasidan yetishib chiqqan, avtori noma’lum bo’lgan qishloq bilan chambarchas bog’liq bo’lgan xalq ijodining o’ziga xos turi.
Bazilevsa (grekcha – imperator). Vizantiya imperatori Buyuk Karlni “bazilevsa” deb tan olgan.
Balyaj – Flipp II Avgust davrida ma’muriy reforma natijasida tashkil qilingan ma’muriy hudud. Qirol yerlarida tashkil qilingan. Flipp II davrida 20 ta balyaj tashkil qilingan. Ularga qirollik gubernatorlari – balyalar boshliq qilib qo’yilgan.
Digestlar – bu 50 kitob bo’lib, Rim qonunlarini sharxlagan mashhur rim yuristlarining asarlaridan olingan parchalarni o’z ichiga olgan edi. Yustinianning “Fuqarolik huquqlari to’plami”ning 2 qismi.
Dinatlar – yangi “qudratli odamlar”. Vizantiyada katta yer egalari.
.Diniy fanatizm – mutaasiblik. Salib yurishlarida bu idealogiyani qurol qilib ishlatishgan.
Fara (fari) – langobardcha “urug’’. Langobardlar Italiyaga kelishganida xiyla urug’chilik tuzumida bo’lishgan. Shuning uchun ham hozirgi shimoliy va o’rta Italiya shaharlarida bu so’z saqlanib qolgan.
Firma – Angliyada shaharliklarning korolga to’lagan solig’ini shunday atalgan.
Frank (tarjimasi: jasur, erkin) – III asr o’rtalarida paydo bo’lib, qandaydir bitta qabila emas, Reyn daryosi o’ng qirg’og’ining o’rta va quyi oqimlarida yashagan butun bir gruppa german qabilalalariga taaluqli bo’lgan.
Geptarxiya (yunoncha yetti qirollik, kuch, qirollik. Ingliz Geptarxiyasi) – Angl-saks qirolliklarining tashkil topishi bilan boshlangan va tugagan davr. Bu atamani 1-marta XII asrda yashagan ingliz tarixchisi Genrix Xantingdonlik tomonidan qo’llanilgan.
Gabel – Karl imperiyasida tuz solig’i. Edlar – bojxona solig’i.
Frigolderlar – germaniyada XV asrda yerga egalik qilgan, yer uchun pul to’laganlar. Bu davrga kelib dehqonlar huquqiy jihatdan 2 kategoriyaga bo’lingan. Ikkinchi kategoriya – kopigolderlar. Ular lordlarga belgilangan renta to’lab, ba’zi majburiyatlarni o’taganlar.
Institutsiyalar – sudyalar va o’quvchi-yuristlar uchun qisqacha yuridik qo’llanma. Yustinianning “Fuqarolik huquqlari to’plami”ning 3 qismi.
Kuriya (fransuzcha) – viloyatdagi munsipal shahar kengashi (shahar senati). Kuriya (feodal kuriya) – o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada moliyaviy, sud va boshqa masalalarni hal qiladigan lord saroyi huzuridagi vassallarning maslahat yig’ilishi. Asosiy vazifasi sud bo’lganligi sababli “kuriya” so’zi umuman olganda “sud” degan ma’noni anglata boshladi.
Kollegiya – shahar hunarmandlarining maxsus ittifoqlari. Hukumat hujjatlarida ularni ochiqdan-ochiq “davlat qullari” deb atalgan.
Kamerariy – Karl saroyida qirol xazinasi boshlig’i.
Konnetabl – Karl saroyida qirol otliqlarining boshlig’i.
Kapitulyariya – Buyuk Karlning yozma farmonlari shunday nomlangan. Lotincha caput so’zidan olingan bo’lib, bob demakdir. Farmon alohida paragraflarga bo’linganligi uchun shunday atalgan.
Maglar – Eronda zardushtiy kohinlar.
23.Konshelashlar – Chexiyada shahar kengashi a’zolari.
24.Kommutatsiya – ijarachi dehqonning ruhoniy senyorga to’lagan hosilni yarmini butunlay yoki qisman pulga chaqilishi.
Klyoriklar yoki pariklar – Bolgariyada krepostnoy dehqonlar.
Kliriklar – elementar savodli dindor shaxslar. Cherkov va monastirlar huzurida tashkil etilgan maktablarda tayyorlangan.
Folkmot – angl-sakslarda qabilaviy qirolliklar shunday atalgan.
Legati – papa tomonidan tayinlangan cherkov vakili.
Legistlar (lot. lex – qonun, huquq) – universitetda “Rim huquqi”dan yaxshi ta’lim olgan bo’lib, ko’pincha past tabaqadan chiqqan lekin baland martabaga erishgani uchun qirolga sodiq xizmat qilishga tayyor turgan sodiq kishilar. Qirol amaldorlari va sud boshqarmasidagilarni katta qismini tashkil qilgan. (Fransiyada)
Mazdakiylik – diniy-falsafiy ta’limot. Asoschisi – Mazdak. Eronda tarqalgan. Ta’limotga ko’ra, olamda bo’ladigan jarayonlar ongli va biror maqsadni ko’zlab harakat qiluvchi yaxshilik, yorug’lik manbai bilan ko’r-ko’rona va tasodifiy harakatlanuvchi yomonlik, qorong’ulik manbai o’rtasida kurashdan iborat. Asosiy g’oyasi mulkiy tenglikni o’rnatishdan iborat. Eron, O’rta Osiyo va Ozarbayjonga keng tarqalgan.
Mistotlar – “Dehqonchilik qonunlari”da yozilishicha, yer egalarining yerlarida ishlash uchun yollangan batraklar, qishloq xo’jalik ishchilari.
Mulk – in’om qilingan va asta-sekin nasldan-naslga me’ros bo’lib qoladigan yer-mulklar, hissa va boshqa imtiyozli yerlar g’aznaga soliq to’lashdan ozod qilingan bo’lib, bular o’sib kelayotgan feodal xususiy yer egaligining formalari edi.
Iqto’ – harbiy xizmat o’taganligi uchun beriladigan chek yer bo’lib, G’arbiy Yevropa benefitsiylariga o’xshab ketadi.
Monaxlar (rohiblar, yun. monachos – yolg’iz) – diniy guruh. Ular tarki dunyo qilishi, mol-mulkdan voz kechishi, oila qurmasligi va monastirda yashashi shart bo’lgan. Monaxlikka o’tgan kishi sochini oldirib, yangi ism qabul qiladi, alohida kiyim kiyadi.
Monaxlik ordenlari – katolitsizmda markazlashgan monaxlik uyushmalari. Rim papasi ustaviga ko’ra faoliyat olib borganlar. Ilk monaxlik ordenlari benediktchilar uyushmasi bo’lib, unga VI asrda Italiyada asos solingan. 1970-yillarda 180 ga yaqin Monaxlik ordenlari bor edi.
Majusiylik – Zardushtiylikning musulmonlarda atalishi. Yakkaxudolik paydo bo’lgunga qadar vujudga kelgan diniy e’tiqodlar va marosimlarni ifodalash uchun ishlatiladigan atama.
Meshchanlar (polyakcha- birlik) – shaharliklar o’rta asrlarda Chexiyadagi nomi. Ko’chma ma’noda – ma’naviy qashshoq, saviyasi past kishilar.
Mistika (yun. Mystikos – yashirin, sirli) – g’ayritabiiy olamga, ilohlar va ilohiy kuchlarga, insonning ilohiyot olami bilan aloqa qila olishiga ishonishdan iborat diniy e’tiqod. Tushunarsiz ruhiy va ilhiy olam haqidagi tassavvur.
Novellalar – Yustiniannning kodeksiga kirmagan yangi qonunlaridan (535-yildan o’z podsholigi oxirigacha) iborat edi. Yustinianning “Fuqarolik huquqlari to’plami”ning 4 qismi.
Notabllar (mashhur kishilar) – yuz yillik urush davrida General shtatlar chaqirilmagan paytda Karl V tomonidan vaqti-vaqti bilan chaqirilib turilgan odamlar yig’ilishi. Faqat maslahat berish bilan shug’ullanishgan.
Nomikalistlar (lot. nomen - nom) – umumiy tushunchalar degan gap butkul yo’q, balki so’zlar nom demakdir, deb faraz qiladilar. Sxolastlarning ba’zilari nomikalistlar deyilgan.
Opole – bitta yoki bir nechta qishloqni o’z ichiga olgan territorial qo’shni jamoa.(Polshada)
Palata grafi – Buyuk Karl saroyida oliy sudya bo’lib, imperator yo’qligida uning o’rinbosari edi.
Proniya – vasiylikka, g’amxo’rlikka berish. Erkin dehqonlar yerini Vizantiyada katta yer egalariga berish.
Patritsiatlar – boy shaharliklar bo’lib ularga shaharliklar, sudxo’rlar va katta yer egalari kirgan. O’rta asrlarda shaharlarda hokimiyat ularga qarashli bo’lgan.
Podsosedka – o’rta asrlarda Chexiyada kam yerli dehqonlar shunday atalgan.
Raxinberglar – franklarda meroving sudlari shunday atalgan.
Rajputlar (tarjimasi;shox farzandlari) – xind ritsarlari. Jamna va Gang daryolari oralig’ida bu xildagi ritsarlar ko’p bo’lgan.
Rezidentlar – doimiy elchilar. Venetsiyaliklar birinchi bo’lib boshqa saroyga doimiy elchilar jo’natishgan.
Svyashennik – ruhoniy so’zining sinonimi. Svyashenniklar – nasroniy cherkovi iyerarxiyasining darajalaridan biri bo’lgan.
Presviter (yun.presbetos – oqsoqol, jamoa boshlig’i, ruhoniy) – eng qadimgi kanonik (qadimgi cherkov qonunchiligi bilan o’zlashtirilgan qonun qoidalari) havoriylar. Nasroniylikda ikkinchi darajali ruhoniy nomi.
Selebat (uylanmaslik) – papa Grigoriy VII davrida barcha oq ruxoniylarga ham, qora ruhoniylarga ham, shuningdek, yepiskoplarning uylanmasligi majburiydir degan tartib joriy qilgan. Aynan shu tadbir cherkov yerlarini daxlsiz qilib qo’ygan.
Seneshallar – Janubda, Langedokda tashkil qilingan balyajlarni boshqarish uchun balyalar o’rniga seneshallar tayinlangan. Ularning balyalardan farqi shunda ediki, seneshallar mahalliy dvoryanlar orasidan chiqqan amaldorlar edi.
Sokmenlar (inglizcha) – o’rta asr Angliyadagi erkin dehqonlar toifasi. Ularning o’ziga xos xususiyati shaxsiy erkinlik va mulkni tasarruf etish erkinligining mahalliy feodal foydasiga ma’lum majburiyatlari va sokmenlar yerlari ustidan sud yurisdiksiyasining kombinatsiyasi edi.
Syuzeren – o’rta asarlarda feodallar orasidagi oliy senyor.
Sedlyaklar – dastlab erkin jamoachi bo’lgan keyinchalik qaramlikka tushgan dehqonlar. Bu nom fransuzchada “villianlar” degan so’zga to’g’ri keladi.(Chexiya)
Snem (chexcha) – seym. Chexiyada yepiskoplar, panlar va ritsarlardan iborat muntazam chaqiriladigan kengash.
Syoenlar – yapon feodal yer egalari. Bularning mulklari merosiy bo’lgan va soliq to’lamagan.
Tuda yoki Buyuk tuda – sharqiy serb qabilalarida xonadon jamoasi, ya’ni bo’linmasdan umumiy bir xo’jalik olib boruvchi katta oila.
Talya solig’i – aholining asosiy ommasi – dehqonlar va shaharliklarning mulklaridan undirilgan bo’lib, Karl V joriy qilgan. Keyinchalik bu soliq davlat daromadining asosiy manbai bo’lib qolgan.
Virgata (gaydaning to’rtdan bir qismi) – katta dehqon oilasining ilgarigi chek yeri – gayda o’rniga IX-X asrlarda dehqonlarga miqdori jihatdan oz bo’lgan yangi chek yeri.(angl-sakslarda)
Vityazlar – slavyanlarning urug’-zodagonlari manbalarda shunday atalgan.
Vladikalar – chexlarda katta patriarxal oila.
Valdenslar – lionlik savdogar Pyotr Valda nomidan olingan bo’lib, u o’z mol-mulkini gadoylarga beradi, o’zi esa tavba-tazarru qilishni targ’ib qiladi va qashshoqlikka davat etadi.(XII asrning 70-yillari). Boylikka, ijtimoiy tengsizlikka va adolatsizlikka qarshi norozilikni o’zida aks ettirgan.
Velvmojalar – Polshada katta amaldorlar shunday nomlangan.
Xarachu – mo’g’ullarda qul shunday atalagan.
Xalupnik – chexlarda butunlay yersiz kambag’al dehqonlar.
70.Zveno – Karl saroyida doimiy soliq sistemasi.
Shlyaxta (zodagon) – baronlar va ritsarlardan iborat imtiyozli toifa.
Shpilmanlar – o’rta asrlarda dorbozlar shunday atalgan.