ANTIPAPA (yunon.anti…. – qarshi va papa) – katolik cherkovi tomonidan tan olinmagan Rim papasi. O’rta asrlarning aloxida davrlarida papa taxtida bir vaqtning o’zida bir necha papa o’tirgan;oqibatda papa sifatida ulardan faqatgina bittasi cherkov tomonidan tan olingan, qolganlari Antipapa deb e’lon qilingan.
APOSTOLLAR (yunon.apostolos – elchi; islomda havoriy – shogird, izdosh ma’nosida) – ilk xristianlikning shakllanish davrida darbadar diniy targ’ibotchilar. Apostollar hali ruxoniylar paydo bo’lmagan davrlarda jamoadan – jamoaga ko’chib targ’ibot yuritib, xristian dinining yoyilishida asosiy rol o’ynaganlar.
ARIYCHILIK – IV-VI -asrlarda xritianlikda vujudga kelgan oqim. Ruhoniy Ariy asos solgan . A. Bibliya monoteizmi bilan Isoning xudo ekani haqidagi ta`limot o`rtasida paydo bo`lgan ziddiyatni bartaraf etishga urinishdan iborat bo`lgan. U rasmiy xristian cherkovining asosiy aqidalaridan biri bo`lgan ota –xudo va o`g`il- xudo ning bir mohiyatga ega ekanligi haqidagi aqidasini qabul qilmay, buni ikki xudolikni tan olish deb hisoblangan.
ARSENAL (frans. arsenale, arab. dor as-sinoa – ustaxona so’zidan) – quruqlikdagi qo’shinlar va harbiy dengiz qo’shinlari qurol – yarog’larini yasaydigan, tuzatadigan, saqlaydigan joy.
AUTODAFE (isp va portug. Autodefe – ayni manosida etiqod akti) – Ispaniya va Portugaliyada inkvizitsiya hukmining tantanali e’lon qilinishi, shuningdek, shu hukm ijrosi (asosan omma oldida gulxanda yoqish). Dastlabki Autodafe XIII asrga tegishli. XV asr oxiridan keng tarqalgan.
AVGUSTINCHILAR- eng qad. Katolik monaxlik ordenlaridan biri. XIII-asr o`rtlarida Italiyada vujudga kelgan, keyinchalik o`z faoliyatini Ispaniya , Portugaliya va b. Yevropa mamlakatlariga yoygan. XVI-asr o`rtalarida Rim papasi tomonidan gadolik ordenlari qatoriga kiritilgan. Dastlab ,,Avliyo Avgustin qoidalari’’ deb nomlangan asar ordenning ustavi sifatida tan olingan. Bu qoidalarning muallifi uzoq vaqtgacha soxta ravishda Avgustin deb hisoblangan.
BAGAUDLAR (lot-kelt.)-Shimoliy Ispaniya va Galliyada III-V asrlardagi kolonlar va qullarning Rim istibdodiga qarshi harakati (dehqonlar, mayda hunarmandlar, kolonlar, qochoq qullar) qatnashchilari. Bu harakat Rim quldorlik imperiyasiga qaqshatqich zarba berdi va feudal munosabatlarning shakllanishiga yo’l ochdi.
BALLADA (frans.ballade ,so’nggi lot.ballo – raqsga tushaman) – 1) XIV – XV asrlar fransuz adabiyotidan qat’iy o’rin olgan lirik janr; 2) ingliz xalq poeziyasida liro – epik janr va romantizm poeziyasida ayni shunday janr; 3) (musiqada) Ballada XII-XIII asrlarda trubadur v truverlar ijodining asosiy janri sifatida keng rivoj topti.
BARON ( lot.bago. qaratqich kelishigi baronis) – G’arbiy Yevropada grafdan keying darajali aslzoda.G’arbiy Yevropa mamlakatlarida, asosan Germaniya va Fransiyada VI-VII asrlarda, umuman,aslzodalar Baron deb atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |