Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

 Pulni esa ishlatish kerak. Doim shu gapni aytaman: Xudo se-
ning pul sarflaganingni koʻrib, «Uning puli tugab qoldi» deb, 
yana beraveradi. Pulingni ishlatmay bosib oʻtirsang, «Puli bor-
ku, berib nima qilaman?» deydi. Sarflashdan qoʻrqish kerak 
emas, keyin yana Xudodan soʻrashdan ham. Xudo bizni yax-
shi koʻradi.
 Yana, pul aniq bir gʻoya uchun kelishiga ishonish kerak. Boshqa- 
cha boʻlishi mumkin emas. Oldin pul topay yoki qarz olay, 
keyin u-bu narsa oʻylab koʻrarman, degan odamning ishi yu-
rishmaydi. Oldin kallaga bir fikr kelishi kerak, keyin oʻsha fikr 
221 / PUL
Dadam, oyim va men 

 tinib-tinchimas shumtaka.


222 / PUL
roʻyobga chiqishi uchun hammasi oʻz-oʻzidan hal boʻlib ketadi.
Sababini bilmayman, lekin shunaqa yondashuv biror marta 
pand bermagan.
Aslida hamma narsaniyam pul bilan oʻlchab boʻlmaydi. 
Baʼzan pulni ayamasdan, orqasidan qandaydir foyda koʻ-
raman demasdan ishlatish kerak. Odam oʻzini baralla na-
moyon qilishi kerak boʻlgan vaqtlar keladi. Bu ham katta 
sarf-xarajat talab qiladi. Agar bu bilan izzat-nafsingni 
qondiribgina qolmay, yana mamlakatga ham foyda keltir-
sang, ayni muddao. «Katta Osh» loyihasida xuddi shunday 
boʻldi. Bu voqea men yuqorida aytgan gapning eng zoʻr
isboti: yaxshi bir odamning Orzusi bor edi, uni amalga
oshirishga pul ham topildi. 


223 / PUL



225 / KATTA OSH
2017-yili eng sevimli mualliflik kitoblarimdan biri — 
«Oʻzbegim»ni tugatdim. Bu kitobning gʻoyasi Samarqand- 
ga ketishda tugʻildi. Yigirma yillik haydovchim Sunnat
aka doim Sherali Joʻrayevni eshitadi, mashinasida faqat 
Sheralining disklari turadi. Shuning uchun yoʻl boʻyi,
bora-borguncha uning qoʻshiqlarini qoʻyib ketdi. «Oʻzbe-
gim»ni tinglab, shu soʻzning maʼnosini butun dunyoga tu- 
shuntirgim keldi. Bu iborani toʻgʻridan toʻgʻri tarjima qilib 
boʻlmaydi, unda millatning mohiyati, asliyati, feʼli, orzu-
lari, anʼanalari yigʻilgan. «Oʻzbegim» xalqning ruhidir. 
Katta Osh esa bu iboraga mantiqan va uzviy bogʻliq edi.
Rekord oshini tayyorlash fikri oʻzbekning Jeymi Oli-
veri42 — Bahriddin Chustiydan43 chiqdi. Anchadan beri 
orzu qilib yurgan ekan. Ajoyib kunlarning birida taklifi-
ni aytib qoldi. Oddiy biznes doirasidan tashqariga chiqa-
digan nimaiki boʻlsa, ertami-kechmi, menga yetib kelave-
radi-da.
katta
osh
— ◆ XIV ◆ —


 Bahriddin bloger Xushnudbek44 bilan kelib, palovni qan-
day tayyorlamoqchi boʻlishayotganini aytib berdi.
— Buning uchun nimalar kerak? — soʻradim men.
— Pul… Keyin qozon ham kerak!
Pul oldimizda turgan muammolarning eng kichigi ekan. 
Bundan oldin uch tonnalik palov pishirib, rekordlar kitobi-
ga kirganlar borligini aniqladik. Avvaliga yangi rekord oʻr-
natish uchun toʻrt tonna osh damlamoqchi boʻldik. Gʻoyani 
Otabek Umarov va Bobur Parpiyevga aytdim, uchovimiz lo-
yihani amalga oshirishga kirishdik. 
Hamma texnik masalalar, Ginnes va reklama mening 
zimmamda edi. Bahriddin bilan Xushnudbek masalliqlar-
ning hisob-kitobini olishga, oshpazlarni toʻplashga va palov- 
ni damlash jarayoniga javob beradigan boʻlishdi. Eng qiyi-
ni toʻrt tonna osh sigʻadigan qozon yasash boʻldi. Bunaqasi-
ni bizgacha hech kim hech qachon qildirmagan ekan. Choʻ-
yan bilan shugʻullanadiganlarning hammasi bu ishdan oʻzini 
tortdi. Shunda meni OTMKga45, Aleksandr Farmanovning 
yoniga yuborishdi. Men unga maqsadimizni tushuntirdim.
OTMK rahbari ham buning iloji yoʻqligini aytib, bu-
yurtmadan bosh tortdi. Agar Allamjonov boʻlmaganimda, 
«Mayli endi, iloji yoʻq ekan-da,» — deb jimgina orqamga 
qaytib ketgan boʻlarmidim. Lekin men ikkala oyogʻimni bir 
etikka tiqib turib oldim: mutaxassislar, muhandislar, zarur 
226 / KATTA OSH


boʻlsa, olimlarni jalb qilaylik. Nima qilib boʻlsa ham, qozon-
ni yasashimiz shart! — dedim. 
Qozonning chizmasini basseyn loyihalarini tayyorlay-
digan mutaxassislarga chizdirdik. Ular besh tonna oshni 
koʻtaradigan qozonning shaklini chiqarib, devorining qa-
linligi qancha boʻlishini hisoblab berishdi. 
Zavodga keldim. Direktor bizni buyurtmamizning te-
pasiga olib bordi. Besh tonnalik qozonni tayyor qilib 
yasab qoʻyishibdi. Keyin kutilmaganda: 
— Komil, yuring. Sizga bitta syurpriz bor. Yana bitta 
qozon, — deb qoldi.
Qoʻshni angarga qarab yurdik. Qarasam, u yerda sak-
kiz tonnalik qozon turibdi! Yonida maxsus oʻsha qozon-
ga moʻljallab yasalgan dunyoda eng uzun kapgir. Qoyil-e, 
eplashibdi! 
— Qozonni qanday yasashni bilib oldik-ku, shartta bu-
nisiniyam qilib tashladik! — dedi Farmanov.
Xursand boʻldik, albatta. OTMKdagilar bu qozon 
uchun kattakon, maxsus oʻchoq ham tayyorlab qoʻyishib-
di. Biz qozonni tadbirdan yigirma kun oldin sinab koʻ-
radigan boʻldik. Zavodning ichida bosh repetitsiyani oʻt-
kazdik — sakkiz tonnaga yaqin osh damladik. Zavod 
ishchilari uni bir soatda yeb tugatishdi. Osh juda shirin 
227 / KATTA OSH


chiqibdi, retsepti ham sinovdan oʻtib oldi. Xullas, asosiy 
tadbirga tayyor ekanimizga ishonch hosil qildik.
Hamma telekanallarda bosib reklama berdik, kecha-yu 
kunduz tinmay dekoratsiyalarni yasadik, oshpazlar yeng 
shimarib shaylanib turishdi. Forumlar saroyi yoniga katta 
sahna oʻrnatildi, Brodvey46 yuzlab odam kelishiga bayra-
mona bezatildi. Oʻrindiq va stullar oʻrniga kub shaklidagi 
presslangan somonlarni qoʻyib chiqdik, ajoyib narsa boʻl-
di. Chet eldan taklif qilingan mehmonlar Xiyobongacha 
bemalol yurib kelishi uchun «Hyatt» mehmonxonasidan 
Forumlar saroyigacha boʻlgan hudud toʻsib, oʻrab olindi. 
Ammo kutilmaganda hamma harakatimiz yoʻqqa chi-
qay deb qoldi. Meni IIV va MXXdan yoʻqlab qolishdi. Bor-
sam, Oʻzbekistonning barcha kuchishlatar idoralari rah-
bariyatining salkam toʻliq tarkibi atrofimni oʻrab oldi.
— Allamjonov, sen kimsan oʻzi? Oʻzingcha nima ishlar 
boshlading? Yigʻishtir hammasini! Brodveyda hech qanaqa 
osh-posh boʻlmaydi! Anhor-Lokomotivga47 koʻchir! 
— Iloji yoʻq! — tushuntirishga harakat qildim men. — 
Hamma kanallarda reklama ketib yotibdi. Hamma elchi-
larga taklifnoma tarqatilgan. Juda koʻp odam keladi, «Gin-
nes» keladi axir!
— Sen xavfsizlikni oʻylayapsanmi?! Yuz mingta odam 
oqib keladi-ya! — doʻq qilishdi ular.
228 / KATTA OSH



Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish