245 / PANDEMIYA
246 / PANDEMIYA
«Xavfsiz yordam» loyihasi haqida internet-nashrlarda
bir ogʻiz xabar berib oʻtildi, xolos. Bizga piarning keragi
yoʻq edi. Asosiysi, shu ish qilingani. Oʻshanda Saida jiddiy
bir gap aytdi: «Ayollarimiz oʻta xokisor, andishali. Koʻp-
chiligi oʻzining yordamga haqli ekanini bilmaydi. Kimdir
ularga koʻmak berishi, qoʻllab-quvvatlashi mumkinligini
xayoliga keltirmaydi. Muammolarini koʻchaga chiqarib,
duch kelgan joyda dardini dasturxon qilmaydi. Oʻzi uchun
hech narsa talab qilmaydi. Lekin kimdir aynan xokisorli-
gi tufayli umidsizlikka tushib qolishi mumkin. Eng dah-
shatlisi — shu. Biz oʻzimiz bunday ayollarni qidirib topi-
shimiz kerak».
Saidani eshita turib, «Jurnalistlar-chi, ularning ahvoli
qanday kechyapti ekan?» — deb oʻylab qoldim.
Jurnalistlarning ham sandiq tagiga tashlab qoʻygan jam-
gʻarmasi boʻlmaydi. Ayniqsa karantinda reklama yoʻqligi
uchun nashrlar birin-ketin yopila boshlagandi. Nima boʻl-
ganda ham, ularning ahvoli yaxshi emasligi aniq edi. Oʻsha
vaqtda Mass-media fondida direktor boʻlib ishlayotgan
Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan «Anhor.uz» bosh mu-
harriri, Fond jamoat kengashi raisi Lola Islomovalar yuz
kishilik roʻyxat tuzishdi. Lola roʻyxatdagilarning har bi-
riga qoʻngʻiroq qilib, hol-ahvol soʻrab chiqdi. Keyin oziq-
ovqat toʻplamlari tayyorlandi.
Sasha Ivanyujenkoga qoʻngʻiroq qildim:
247 / PANDEMIYA
— Yejkov qalay ekan, bilinglar-chi. Uni ham roʻyxatga
qoʻshib qoʻying.
— Bogʻlandik, — dedi Sasha. — Sergey Aleksandro-
vich yordamdan qatʼiyan bosh tortdi. Oʻsha Allamjonov-
dan hech narsa kerakmas menga, — dedi.
«Boʻpti, oʻzi biladi, koʻzimiz uchib turgani yoʻq», —
dedim ichimda. Bir quti oziq-ovqat evaziga meni ogʻdirib
olishmoqchi deb oʻyladi, shekilli.
Fondimiz avgust oyigacha muhtojlarni qoʻllab turdi.
Liliya Nikolenko tuzgan roʻyxatlar boʻyicha oʻqituvchilar-
ga va oʻquvchilarga ham yordam berildi. Ehtiyojmandlar
roʻyxatini doimiy yangilab turadigan volontyorlarga ham
koʻmaklashildi.
Odamlarimizning nihoyatda koʻngli ochiq-da, hatto
shunchalik qiyin vaziyatda ham oʻzbegimning anʼanasiga
koʻra, sovgʻa-salomga javoban «togʻora» qaytarishga hara-
kat qilishardi. Kompot, murabbolargacha berib yubori-
shardi. «Mana, Komil aka, sizga ilindik...»
Biz bu ishlarni reklama yoki oʻzimizni koʻrsatish uchun
qilmadik. Oʻsha payt yurtimizda hukm surgan vaziyat-
ni uzil-kesil anglaganimiz yoʻq hali. Oʻzbek xalqi yana bir
marta oʻzligini koʻrsatdi. Vatandoshlarimiz och qolsa ham,
oxirgi burda nonini muhtojlar bilan baham koʻradi. Biz
allaqachon umidimizni uzib qoʻygan fuqarolik jamiyati
248 / PANDEMIYA
shunda namoyon boʻldi. Odamlar koʻp ishlarni zimmala-
riga olib, musibatni yengib oʻtishda davlatga tirgak boʻ-
lishdi.
Biz pandemiyadan butunlay boshqa odamlar boʻlib
chiqdik. Badjahl, asabiyroq, lekin ayni vaqtda atrofdagi-
larga hamdard, haqiqiy inson boʻlib chiqdik. Volontyorlar
vatanni qutqara olishini koʻzimiz bilan koʻrdik.
Afsuski, bu sinovdan oʻtolmaganlar ham boʻldi. Un-
daylar haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va
prokuratura har kuni xabar berib turdi. Menimcha, bu
kimsalar toʻgʻri yoʻldan ogʻib ketishdi. Sinovdan oʻta olish-
madi. Biz — insonlarning emas, Allohning sinovidan.
Buning javobi oldida bizning malomatimiz hech narsa
emas.
Karantinning boshidan oxirigacha — martdan avgust-
gacha odamlarning kayfiyatini kuzatib, yuqoriga tahli-
liy maʼlumotlar berib turdik. Avvaliga odamlar intizom-
li boʻlib, uyida oʻtirib, jimgina karantinning tugashini
kutgan boʻlsa, lokdaunning oxiriga kelib, koʻpchilik oʻzi-
ga endi buyogʻiga qanday yashaymiz, degan savolni berdi.
Agar oʻsha paytda karantin bekor qilinmasa, koronavirus-
ga moslashib yashashga oʻrganmasak, jamiyatda norozilik
kayfiyati tarqalishini toʻxtatolmay qolardik.
Bu kasallik hech qayoqqa yoʻqolib ketmadi. Biz kasal-
lik bilan kurashib yotgan bir paytda, koʻpgina amaldorlar-
249 / PANDEMIYA
ning layoqatsizligi, saviyasi pastligi ochiq-oydin koʻrinib
qoldi. Baʼzan byudjet pulini talon-taroj qilish, shundoq
ham oʻlay deb turgan biznesning kulini koʻkka sovurish
holatlari ham kuzatildi.
Hadeb buyruq berib, doʻq-poʻpisa qilmasdan, arzi-
mas mayda-chuydani ham hijjalab tushuntirish, isbotlash,
ishontirish lozim edi. Masalan, jurnalistlar tibbiyot tizimi
amaldorlarining nutqlaridagi norozilik, malomat ohangi-
ni yoʻq qilishni necha martalab iltimos qilishdi, talab qi-
lishdi, hatto janjallashib ham ketishdi. Niqob taqmagani
uchun odamlar aybdor, chet eldan qaytib kelgani uchun
odamlar aybdor, atrofdagilarga kasal yuqtirgani uchun
ham, oʻzlariga kasal yuqqani uchun ham faqat odamlar-
ning oʻzi aybdor. Bunday munosabat oqibatida kovid qan-
daydir sharmandali kasallik deb qabul qilinadigan boʻlib
qoldi. Xalq karantindan qoʻrqa boshladi. Kasalni yashir-
gan odam tabiiyki, malakali tibbiy yordam olmaydi, nati-
jada oʻzi bilganicha davolanishni boshlaydi, uyida bor do-
rilarni, antibiotiklarni hovuchlab ichadi, duch kelgancha
osma ukol olaveradi.
Oʻzboshimchalik bilan notoʻgʻri davolanish oqibatida
juda koʻpchilikdan ayrilib qoldik, odamlar oʻladigan ah-
volga yetgandagina tez yordam chaqirdi, malakali tibbiy
yordam kechikdi.
Bunday ishonchsizlik kayfiyatiga qarshi qoʻlimizdan
kelganicha kurashdik, lekin baʻzi amaldorlar bitta fikrni
250 / PANDEMIYA
Do'stlaringiz bilan baham: |