Bunday ochiq chiqishlar odamlar kovidni yashirish kerak
emasligini tushunishlariga juda katta yordam berdi, deb
oʻylayman. Chunki vahimaga tushmaslikka harakat qilib,
vaqtida davolanish muhim edi.
uqtirish uchun oylab vaqt ketdi. Shuning uchun har safar
kechikaverdik.
Oʻzim ham koronavirus yuqtirib oldim. Qayerda, qan-
day yuqtirganimni bilmayman, lekin ofisda hamma ehti-
yot choralari koʻrilgan edi. Tuzalganimdan keyin vaziyat-
ni oʻnglash uchun bu haqda ochiqchasiga yozishga qaror
qildim. Kovid bilan kasallanish uyat emas, sharmandalik
emasligini, bu virus har qanday odamga yuqishi mumkin-
ligini, buni yashirish kerak emasligini baralla gapirdim.
Kasallikning qanday oʻtishi haqida videolavha tayyorlab,
«Insayder.uz». Telegram-kanaliga xabar yubordim. Keyin-
chalik doʻstlarim «Oʻshanda qoʻrqib ketganingdan yigʻla-
ganingni bekor gapiribsan, ojizligingni koʻrsatish shartmas
edi», deyishdi. Yoʻq, menimcha hammasini ochiq aytish
kerak edi. Vahimaga tushmagan, qoʻrqmagan odamning
oʻzi qolmagandi. Buni tan olish, tabiiy holat ekanini koʻr-
satish shart edi. Murojaatimni barcha OAVlari nashr qi-
lishdi.
251 / PANDEMIYA
Umuman, Oʻzbekistondagi pandemiya haqida hali kitob-
lar, esse va maqolalar yozilsa kerak. Vaqt oʻtgach, odamlari-
miz uchun nimalar qilinganini-yu odamlarga qarshi nimalar
qilinganini eslay boshlaymiz.
Oʻzim iyulning boshlarida kasal boʻldim. Agar butun
dunyoni COVID-19 vahimasi qamrab olmaganida, balki
men ham bu kasalni yuqtirganimni bilmagan boʻlarmi-
dim.
Mazam qochayotganini birinchi marta his qilgan kunim
ofisda kechasi soat uchgacha ishlagandik. Iyul oyining
boshi, havo issiq, lekin koʻchaga chiqqanimda birdan etim
junjikib ketdi. Gʻalati boʻldim.
Shunchalik muzlab qoldimki, yarim soat issiq suvli
vannada yotib ham oʻzimga kelolmadim. Isitmam chiqa
boshladi. Avvaliga eʼtibor bermadim. Shamollagandir-
man-da, deb qoʻya qoldim. Keyin ichimdan titroq keldi,
253 / SSV BILAN GIDROKSIXLOROXIN TUFAYLI KURASH
SSV bilan
Gidroksixloroxin
tufayli kurash
— ◆ XVI ◆ —
konditsioner yoqilmagan boʻlsa ham, yomon sovqotdim.
Ertasiga aʼzoyi badanim qaqshab ogʻridi, kuchli holsizlik
paydo boʻldi.
Yaxshiyam, iyun oyida SES bilan SSV nihoyat odam-
larga uyda davolanishga ruxsat bergan ekan. Endi bemor-
lar kasalxonaga majburan joylanmas, ogʻir kasallar uchun
zarur oʻrinlar bekorga band qilinmayotgan edi. Kovidning
yengil shaklini uyda, shifokor nazorati ostida ham bemalol
davolash mumkinligi tan olindi.
Menga quyidagi koʻrsatmalar berildi: hech qanday
kuchli dori isteʼmol qilmaysiz, tez-tez suyuqlik ichasiz, to-
moqni chayqab turasiz, koʻproq yotasiz, oʻpka uchun nafas
mashqlarini bajarasiz. Bu dardga qarshi maxsus davo cho-
rasi yoʻq, shuning uchun vahimaga berilmasdan, ortiqcha
dorilardan tiyilasiz, organizmni zoʻriqtirmaysiz.
Vahimaga tushmaslikka harakat qildim, lekin bu oson
emas ekan. Rosmana qoʻrqib ketdim, chunki bu dard
bilan bogʻliq eng katta muammo — mavhumlik edi. Er-
taga ahvolim birdaniga qaysi tomonga oʻzgarib ketishini
bilib boʻlmasdi.
Iyul oyida respublikaning yetakchi shifokorlari Inno-
vatsion sogʻliqni saqlash palatasi bilan hamkorlikda yoʻ-
riqnoma chiqarishdi. Unda barcha bozori chaqqon «fuf-
lomitsin»larning kovidga hech qanday foydasi yoʻqligi
ochiqchasiga aytilgan edi. Agar virusli pnevmoniya bosh-
254 / SSV BILAN GIDROKSIXLOROXIN TUFAYLI KURASH
langan boʻlsa, tomchi dori olish mumkin emas ekan, chun-
ki oʻpka suvga toʻlib, shishib ketarkan. Azitromitsin bilan
plakvenil qoʻshilganda yurakni ishdan chiqararkan. Anti-
biotiklar bu virusda foyda bermas, aksincha, ahvolni bat-
tar ogʻirlashtirar ekan.
Internetga ulangan har qanday odam bu maʼlumot bilan
tanishish imkoniga ega edi. Ammo viloyatlarda, axborot-
ning asosiy manbayi faqat turkcha seriallar berilayot-
gan televizor boʻlgan hududlarda ahvol ancha murakkab
edi. Sal maza qochsa, darrov «osma ukol» olishdek «mil-
liy» davolanish usulimiz koʻp odamning yostigʻini quritdi,
yana qancha kishining sogʻligʻi battar yomonlashdi. Vaho-
lanki, kovid davolasa boʻladigan kasallik ekan.
Har qanday epidemiya har qanday mamlakatdagi far-
matsevtlar uchun Susambilday gap. Bizning mamlakat-
da ham shunday. Aholi vahimaga tushsa, dorixonachi-
lar uchun ayni muddao. Sarosima qancha kuchli boʻlsa,
odamlar shuncha koʻp dori sotib oladi. Oxirgi puliga boʻl-
sa ham. Kerakmi, kerakmasmi, koʻtarasiga olib tashla-
shadi. Koʻngil xotirjamligi uchun. Vaqt oʻtib, bunaqa
bilib-bilmay turli-tuman dori isteʼmol qilishdan kasallik
zoʻrayib ketishi maʼlum boʻldi. Yengil kechayotgan kasal-
lik oʻrtacha ogʻir holatga oʻtib, borgan sari avj olishi mum-
kin ekan.
Yozning jaziramasi — iyul va avgustda kovid avjiga
chiqdi. Bunga qaysidir darajada chet eldan koʻp odamning
255 / SSV BILAN GIDROKSIXLOROXIN TUFAYLI KURASH
qaytib kelgani sabab boʻldi. Shuningdek, karantin talab-
larining biroz yumshatilgani ham. Shifokorlar yetishmay
qoldi, tez yordam mashinalari, kasalxonalarda joy yetmay
qoldi. Undan sal oldin Qozogʻistonda vaziyat xuddi shun-
day boʻlgan edi: odamlar tahlil topshirganida koronavirus
chiqmagan boʻlsa ham, pnevmoniya holati koʻpayib ketdi.
Qozoqlar ham oʻzimizga oʻxshagan. Toʻylarga, azalarga bo-
rish odamning hayotidan ham zarur ekan. Oradan ikki
hafta oʻtgach, epidemiya toʻlqini bizga ham yetib keldi.
Iyul oyining oʻrtalarida Ziroat Mahmudovna Mirziyo-
yeva Milliy TVda savol-javob turkum koʻrsatuvlari qilib,
odamlarga toʻgʻri davolanish yoʻllarini koʻrsatish, viloyat-
lardagi shifokorlarga davolash yoʻriqnomasini bittalab,
hijjalab tushuntirishni menga taklif qildilar. Milliy TVni
viloyatlarda hamma koʻradi, shuning uchun biz ham koʻr-
satuv tayyorlasak, koʻplab bemorlar va shifokorlarga foy-
dasi tegar, deb umid qildik.
«Tez yordam» koʻrsatuvining formatini oʻylab qoʻydim.
Yetti kun eng tajribali, eng ilmli shifokorlardan Azizaxon
Xoʻjayeva, Raʼno Qosimova va Dildora Sekler — bir im-
munolog va ikki virusolog bilan birga koʻrsatuvni olib
borib, jonli efirga uzatdik. Ular koronavirus nimaligi-
ni, undan qanday saqlanish kerakligini, belgilari qanaqa
boʻlishini, bemor odamga nima mumkin-u, nima qatʼiy
mumkin emasligini erinmay bitta-bittalab tushuntirib
berishdi.
256 / SSV BILAN GIDROKSIXLOROXIN TUFAYLI KURASH
Koʻrsatuv konseptini bir kecha-kunduzda yozib tash-
ladik. Esimda, oʻsha kuni juma edi, yakshanba kuni esa
birinchi koʻrsatuv efirga berildi. Koʻrsatuvni oʻzim olib
bordim. Birinchidan, tabib tabib emas, boshidan oʻtgan ta-
bib — men ancha mavzuning ichiga kirib qolgan edim,
shifokorlar bilan ularning tilida soʻzlasha olardim, ikkin-
chidan, koʻrsatuvga boshlovchi tayyorlaymiz desak, vaqt-
dan yutqizardik.
Men oʻsha uch shifokordan, ayniqsa Azizaxon Xoʻjaye-
vadan nihoyatda minnatdorman. Aziza opa jurʼatli ayol,
SSVdan ham, tibbiyot sohasidagi boshqa amaldorlardan
ham mutlaqo choʻchimay, hech qayoqqa alanglamay, shi-
fokorning vijdoni nimani talab qilsa, shuni roʻy-rost gapi-
radi. U immunolog sifatida kovidni davolashda plakvenil
ishlatishga qatʼiyan qarshi edi. Plakvenil immunosupres-
sor, yaʼni immunitetni tushiruvchi dori boʻlib, avvaliga
koʻpgina davlatlarda COVID-19ni davolash vositalari ora-
sida birinchi oʻrinni egallab turgandi. Keyingi tadqiqotlar
kovidni davolashda plakvenilning foydasi yoʻqligini, baʼzi
holatlarda uni qoʻllash hatto xavfli ekanini koʻrsatdi. Ay-
niqsa azitromitsin antibiotigi bilan birga qoʻllanilganda
salbiy taʼsiri kuchayarkan. Shuning uchun hamma undan
voz kecha boshladi.
Lekin SSV uyda davolanish uchun aynan mana shu do-
rilarni tavsiya qilaverdi. Eng qizigʻi, gidroksixloroxin bilan
azitromitsin oʻzimizda bemorlarni davolashning Beshin-
chi yoʻriqnomasidan chiqarib tashlangandi. Bunda Inno-
257 / SSV BILAN GIDROKSIXLOROXIN TUFAYLI KURASH
vatsion sogʻliqni saqlash palatasi bilan uning boʻlim bosh-
ligʻi Klara Yodgorovaning xizmati katta boʻldi. Bu shifokor
preparatning samara bermasligi haqidagi JSSTning dast-
labki tadqiqotlariga asoslanib, shu qarorga kelgan edi.
Yangi, Beshinchi yoʻriqnoma joriy qilinib, u Sogʻliqni saq-
lash vaziri Shodmonov tomonidan tasdiqlandi. Biz koʻrsa-
tuvda vazirning imzosi va muhri qoʻyilgan aynan shu yoʻ-
riqnomaning asl nusxasini koʻrsatib, odamlarga bor gapni
tushuntirdik.
Oradan ikki kun oʻtib koʻrsatuvga taklif etilgan Klara
Yodgorova unga nomaʼlum shaxslar qoʻngʻiroq qilib, gid-
roksixloroxin mavzusida ehtiyotroq boʻlishni «maslahat»
berganini, bu dorini yana klinik yoʻriqnomalarga qaytar-
moqchi boʻlishayotganini jonli efirda gapirdi.
Katta tajribaga ega immunolog Azizaxon Xoʻjayeva sti-
mulyator yoki supressorlardan koʻr-koʻrona foydalanish
immunitetga qanchalik jiddiy zarar yetkazishi mumkin-
ligini hijjalab tushuntirib berdi. «Immunitetning ishiga
aralashib boʻlmaydi, ayniqsa organizm notanish korona-
virusga duch kelgan paytda. Gidroksixloroxin organizm-
ning immun reaksiyasini soʻndirib qoʻyadi. Oqibatda juda
koʻp odamlar boshqa har qanday virusning hujumi oldida
mutlaqo ojiz boʻlib qoladi», — dedi Azizaxon Xoʻjayeva.
Lekin SSV aholiga gidroksixloroxin tarqatish niyatida
qattiq turib oldi. Keyin shu masalaga bagʻishlangan mat-
buot anjumani oʻtkazildi, unda janob Oqilov51 Oʻzbekis-
258 / SSV BILAN GIDROKSIXLOROXIN TUFAYLI KURASH
Do'stlaringiz bilan baham: |