262 / SSV BILAN GIDROKSIXLOROXIN TUFAYLI KURASH
263 / SSV BILAN GIDROKSIXLOROXIN TUFAYLI KURASH
Sifatli taʼlim oʻqituvchidan ham, repetitorlardan ham
boshlanmaydi. Sifatli taʼlim oʻquvchining portfelidagi
darslikdan boshlanadi.
Har yili «mualliflar guruhi» darsliklarimizga oʻzgarish
kiritish haqida qarorlar qabul qildirib, ularni boshqat-
dan chop ettiradi. Lekin yangidan chiqarilgani bilan oʻsha
darsliklar yaxshiroq boʻlib qolmaydi. Qaytaga eski xatola-
riga yana yangilari qoʻshilib, battar boʻladi. Men oʻsha mu-
alliflar guruhining bir darslikni nima uchun qayta chop
qilish kerakligini asoslab yozgan xatini oʻqiganman — huj-
jatning oʻzida xatolar tiqilib yotibdi, bildirilgan fikrlar
mantiqqa zid.
Darslikning byudjeti mualliflari oladigan million soʻm-
lab gonorarlardan, har yili oʻttiz millionlab nusxada chop
265 / SIFATLI TAʼLIM NIMADAN BOSHLANADI?
Sifatli ta'lim
nimadan boshlanadi?
— ◆ XVII ◆ —
qilishga ketadigan milliardlab soʻm xarajatlardan shaklla-
nadi. Bizda darsliklar oʻquvchilarga bilim emas, koʻproq
uni chop qilganlarga moʻmay daromad beradi.
AOKAga rahbar boʻlgach, men bu masalaning tagi-
ga yetmoqchi boʻldim. Nima uchun matematika darsligi
bunchalik tez-tez oʻzgaradi? Nima uchun fizika darsligiga
har safar yangi kirish soʻzi yoziladi? Fizika qonuniyatlariga
«yangilik» kiritishmaganiga rahmat. Fundamental fanlar
darsliklarini hadeb oʻzgartirish shartmi? Bu fanlarda qan-
day jiddiy oʻzgarish boʻlishi mumkin oʻzi? Eng yangi tarix
darsligini oʻzgartirish mumkindir, adabiyot, informatika,
boring ana, zamon oʻzgarib turgani uchun chet tili darsli-
giyam oʻzgarishi mumkindir, oʻquv dasturiga baʼzan yangi
darsliklar kiritsa boʻlar, lekin matematikaning nimasini
oʻzgartirishadi? Geometriyani-chi? Fizikani-chi? Kimyo-
ni-chi? Biologiyani-chi?
Darsliklar nima uchun koʻpga chidamaydi? Chunki
yupqa, yumshoq muqovali qilib bosiladi. Har kuni ochib,
varaqlanadigan, tinmay oʻqiladigan kitobni qanday qilib
bunday muqovada chiqarish mumkin?
Darslikning muqovasi qattiq boʻlsa, toʻrt yilgacha chi-
dab beradi. Xalq taʼlimi vazirligidan: «Darsliklarni qattiq
muqovali qilishga nima xalaqit beradi?», — deb soʻradim.
Bu narsa pulga taqalar ekan. Portfelning vaznini belgilay-
digan SanQM (sanitariya qoidalari va meʼyorlari)ga ham
oʻzgarish kiritish kerak boʻlarmish. Xoʻp, buni hal qilsa
266 / SIFATLI TAʼLIM NIMADAN BOSHLANADI?
boʻladi-ku? Maxsus yengil vaznli (gʻovak) qogʻozdan qat-
tiq muqova chiqarish mumkin. Toʻgʻri, sal qimmatroqqa
tushar, lekin har yili qayta chop qilishga hojat qolmaydi.
Qoʻlingizdagi hozir oʻqiyotgan kitobingizni yopib, vaz-
nini bir chamalab koʻring-da. Shunga oʻxshash boshqa ki-
toblarga nisbatan yengilligini sezyapsizmi? Bunaqa yen-
gil qogʻozning turlari koʻp. Darsliklarni ham ana shunday
qogʻozdan qilsa boʻladi.
Men ishni bir chekkadan, darslik tayyorlash zanjiri-
ning boshidan oxirigacha oʻrganib chiqdim. Tabiiyki, bu
sohada shaffoflik haqida gapirmasa ham boʻladi, shuning
uchun juda koʻp savollar paydo boʻldi. Men bu chigal vazi-
yatni tartibga solmoqchi boʻldim.
Birinchi sentabr kuni darsliklar oʻquvchilarning port-
felida boʻlishi kerak. Har doimgidek, XTV toʻlov mud-
datini choʻzib, oxiriga taqaydi, shuning uchun buyurtma
bor-u, pul yoʻq, natijada bosmaxonalar bankdan 25 foiz-
lik kredit olishga majbur. Keyin bu kreditni toʻlash uchun
bankning foizini kitobning narxiga qoʻshib, byudjet hiso-
bidan yopish kerak boʻladi.
— Axir bu davlatga zarar-ku! — dedim men mat-
baachilarga.
— Pul berishmasa boshqa nimayam qila olardik? —
javob berishdi ular.
267 / SIFATLI TAʼLIM NIMADAN BOSHLANADI?
Biz jadval ishlab chiqib, darsliklarni kim, qachon tas-
diqlashi, kim qachon pul toʻlashi, kim qachon chop qilib,
maktablarga tarqatishini aniq belgilab berdik.
Moliya vazirligiga taklif bilan chiqdik, ish mexanizmini
bosmaxonalar kredit olishga majbur boʻlmaydigan daraja-
da soddalashtiraylik, dedik. Vazir rozi boʻldi.
Darslik otasining narxida chiqarilgani, ularni chop qi-
lishga hamma, hatto xususiy bosmaxonalar ham jalb qilin-
gani yetmagandek, ularni oʻquv yili boshlangunicha chiqa-
rib ulgurishmas edi, chunki ishga kech kirishilar ekan.
Keyin esa bozorlarda oʻsha darsliklarning qalbaki
nusxalari paydo boʻlardi — kimga kitob yetmasa, ularni
qoʻldan sotib olish uchun bozorga borardi. Xoʻsh, bu qal-
baki nusxalar qayerdan kelib chiqishi mumkin? Qayoqdan
boʻlardi, oʻsha darslikni chop qilgan bosmaxonalardan-da!
Bu esa qonunga mutlaqo zid edi. Har bir darslikka «Sotuv
uchun emas» deb yozib qoʻyilgan. Shunday qilib, har bir
darslikning boshi qonun buzilishiga borib taqaladi.
U yogʻiga qogʻoz yetkazib beruvchilar bilan ochiqcha-
siga gaplashdik. Narx-navoni surishtirdik. «Oʻzbekiston»
nashriyotining yangi direktori qogʻoz sotib olishga borib,
hammadan «otkat» qancha boʻlishini soʻrab chiqdi. So-
tuvchilar har doimgidek bexijolat 25 foiz «shapka» tak-
lif qilishdi. Biz hamma qogʻozni kimdan sotib olmoqchi
boʻlsak, oʻsha korxona «tenderda yutgan» hisoblanar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |