Muommo: Barcha xodimlarni huquqlari teng bo’lishi kerakmasmi ? Korxona rahbarini so’zlari qonunga qanchalik mos keladi? Mulkdorni qarindoshlariga maxsus imtiyoz va nafaqalar berilishi to’g’rimi? Qonun
10 kazus Antiseptik va gigiena vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Biokosmik” xususiy korxonasining bir guruh xodimlari mazkur korxona egasiga ularning huquq va erkinliklariga rioya etilmayotganligi va ularning huquqlari buzilayotganligi masalasida murojaat qildi.
Ular ish sharoitlari, xususan, ish haqining kechiktirib to‘lanishi, shuningdek, mulkdorning qarindoshlari bo‘lgan xodimlarga maxsus imtiyoz va nafaqalar berilayotganligi yuzasidan prokuraturaga shikoyat bilan murojaat qilishlarini aytishdi.
Bundan tashqari, ular kichik biznes sub’ekti sifatida korxonaning muayyan imtiyozlaridan mahrum bo‘lishiga erishish uchun antiseptik vositalarini belgilangan talab me’yorlar asosida tayyorlanmayotganligi haqida xabar berishlarini bildirishdi.
Bunga javoban korxona rahbari o‘zining xususiy korxonasida o‘zi istaganday ishlashini aytib, norozi bo‘lgan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.
Muommo: Barcha xodimlarni huquqlari teng bo’lishi kerakmasmi ?
Korxona rahbarini so’zlari qonunga qanchalik mos keladi?
Mulkdorni qarindoshlariga maxsus imtiyoz va nafaqalar berilishi to’g’rimi?
Qonun O’zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi, Xususiy koxonalar to’g’risida qonun,
O’zbekiston Respublikasining Konstititsiyasi
Tahlil Kazusda aytilgandek xususiy korxonaning bir guruh xodimlari ish sharoitdan, ish haqining kechiktirib tulanayotganidan korxona egasiga shikoyat qilishini aytishdi. Ya’ni bu holatda ishchi xodimlarini huquqi buzilgan, ishchi bilan ish beruvchi o’rtasida mehnat shartnomasi tuzilgan vaqtda, mehnatiga qachon va qancha to’lanishi kelishiladi, ish beruvchi ish haqini xohlagan vaqtda emas qonunda belgilangan mundatda to’lashi kerakdir. Bu O’zbekiston Respublikasini Mehnat kodeksining 153- modasida ko’rsatib o’tilgan,6-moddasida aytilganidek xodimlarning mehnatining natijalariga aloqador bo’lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yul qo’yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.Xususiy korxonalar to’g’ridagi qonunning 18-moddasiga qarasak Xususiy korxona (ish beruvchi) va xususiy korxonaning xodimi o’rtasidagi o’zaro munasabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. Bu qonuning 30-moddasida Xususiy korxonalar to’g’risidagi qonunni buzgan shaxs qonunda belgilangan tartibda javobga tortiladi. Hamda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 37-44 – moddalarida Hat bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir va har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi deb aytilgan.
Xulosa Mening fikrimcha bu yer xodimlarni huquqlari buzilagan chunki mehnat shartnomasiga ko’ra shartlar bajarilmagan va shuni aytish lozimki hamma xodimlarni huquqlari tengdir ayrimlarni mulkdorni qarindoshi bo’lgani uchun imtiyozlar olishga haqqi yuqdir.Korxona rahbari o’zini xususiy korxona ekanligini va o’zi xohlagan ishashini aytib ularni ishdan bo’shatadi, ammo xususiy korxonalar to’g’risidagi qonunga ko’ra shartnoma shartlarini buzganligini ko’rsak bo’ladi.Xodimlar bu yerda haqli korxona rahbari ustidan shikoyat qilsa bo’ladi.