Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

217 / PUL


218 / PUL
ga ortiqchalik qilib qoldim. Shunchalik begona boʻlib 
qolibmanki, ular guruhni mensiz tuzishdi, allaqanday
bachkana, tirnogʻi, sochini boʻyab olgan, ovozi beoʻxshov 
yigitlarni yigʻib olishdi. Ichida bittasi boʻlardi, sigaretni 
ham qiliq qilib, jimjilogʻini tarvaqaylatib chekardi. Oʻz-
laricha nima balo ashula yozishibdi, bir tiyinga qimmat 
aranjirovka qilishgan, quruq tingʻir-tingʻir. 
Meni guruhga qoʻshish u yoqda tursin, hatto oʻzaro
uchrashuvlariga ham chaqirmay qoʻyishdi. Bobur «Tiko»-
ning pulini Aziz Azimovning qoʻliga bergan, u esa ertasi-
dan telefonini koʻtarmay qoʻygan. Tag-tugi bilan yoʻqolib-
di. Keyin bilsak, oʻsha pulga toʻy qilib, uylanib olgan ekan. 
Kim aybdor? Allamjonov aybdor. Tabiiyki, eʼtirozlar 
mening boshimga yogʻildi. 
— Menga qaranglar, meni chetga chiqarib, oʻzlaring 
oʻsha Aziz bilan ish qildilaring-ku? Pulni ham qoʻliga oʻz-
laring berdilaring. Men u pulni hatto koʻrganim yoʻq! Endi 
nega menga yopishyapsanlar?
Ularni chuv tushirgan Aziz emas, mening gʻoyam 
emish. Toʻgʻri-da, kimnidir aybdor qilish kerak-ku! Azi-
movni hech qanaqasiga ushlab boʻlmadi. Oʻzi viloyatdan 
kelgan, roʻyxatdan oʻtgan manzili boʻyicha esa yashamas 
ekan. Xotini Yunusobodda turarkan. Xotini bilan uning 
dadasi ham doʻstlarimga Aziz haqida ancha qiziq gaplar-
ni aytib berishibdi.


219 / PUL
Bobur bilan oramizga sovuqchilik tushdi, sekin-sekin 
uzoqlashib, oxiri yuzkoʻrmas boʻlib ketdik. U meni hatto 
toʻyiga ham aytmadi. Gaplashib orani ochiq qilib olmoq- 
chi boʻlganimda Boburning javobi qisqa boʻldi:
— Bilasanmi, Komil, otam seni qamatmoqchi edi, men 
zoʻrgʻa toʻxtatib qoldim. Lekin «oʻsha oʻrtogʻing bilan umu-
man aloqani uzasan», deb talab qoʻydi. Koʻziga koʻrinib 
qolsang, tamom boʻldim deyaver. 
Xullas, yana bir dunyo haqorat eshitdim. Uning dada-
si prokuror boʻlgani uchun bu gaplar quruq doʻq-poʻpisa 
emasligini tushundim. Yomon dilim ogʻridi.
Oʻshanda qachondir shu pulni men oʻzim qaytaraman 
deb ahd qildim.
Shu bilan yoʻlimiz boshqa-boshqa boʻlib ketdi. Men 
uning qayerda, qay ahvoldaligini, nimalar bilan band eka-
nini bilmasdim. Oradan oʻn sakkiz yil oʻtib, menga «Qa-
laysan, qayerdasan, bir uchrashaylik» deb yozib qoldi. 
Uchrashdik. Doʻstim hayotda hech nimaga erishmabdi. 
Kamiga, xotini bilan ajrashibdi, ichkilikka berilib ketib-
di. Bor-yoʻqligi ham bilinmay yashab yurgan ekan. Ha, yoʻl 
boshida senga qanchalik zoʻr sharoit yaratib berishmasin, 
bu safaring omadli kelishiga kafolat boʻlolmas ekan. Men 
choʻntagimdan naqd uch ming dollar chiqarib, Boburning 
qoʻliga berdim.


220 / PUL
 Ota-onam menga hech qachon hech kimga yomonlik qilma-
gin deb oʻrgatishgan. Yer dumaloq, nimaiki qilsang, oʻzingga al-
batta qaytadi, deyishgan. Xudoning hisob-kitobi bexato, unda 
adashish boʻlmaydi.
— Toʻqson sakkizinchi yili Aziz Azimovning qilgan ishi 
esingdami? Sizlarni «uxlatib» ketgani. Oʻshanda otang 
meni firibgar deb, qoziqqa oʻtqazmoqchi boʻlgandi. Ye-
magan somsamga pul toʻlaganim rosa alam qilgan. Oʻsha 
guruhni birga tuzgan boʻlsak ham mayli edi. Lekin sizlar 
meni oraga qoʻshmadilaring ham. Hamma oshni oʻzlaring 
pishirdilaring. «Kim boʻpti u?» degansanlar-da, a Bobur? 
Mana, oʻsha uch mingni qaytaraman deb, oʻzimga soʻz ber-
gan edim. Ma, ol.
U dovdirab qoldi. Indamay pulni oldi, chunki bu oʻsha 
vaziyatda uning uchun gʻoyibdan kelgan bir moʻjizadek 
gap edi. Lekin qaytib u bilan koʻrishmadim. Nima keragi 
bor? Har birimiz oʻzimizning yoʻlimizdan ketdik. Biz endi 
butunlay begona odamlarmiz. Mening doʻstlarim — yoʻlni 
boshidan hozirgacha men bilan birga bosib oʻtayotganlar. 
Ogʻir kunimda ham yonimda turganlar. Yaxshi kunimda 
ham yonimda qolganlar. Keyin yana yomon kunlar boʻldi, 
ketidan hammasi yana izga tushdi. Hayotda bunday yax- 
shi-yomon kunlar hali koʻp boʻladi. Har qanday vaziyatda 
yonimizda yelkadosh boʻlib turganlargina haqiqiy doʻsti-
miz ekan. 



Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish