214 / PUL
215 / PUL
ganman, kimgadir maslahat, kimnidir turtkilab turishga
toʻgʻri kelgan. Men bilan ishlaydiganlar tashabbus koʻrsat-
gani yoki yaxshi gʻoya bergani uchun har doim mehnat
shartnomasida koʻrsatilganidan koʻproq pul topish imko-
niga ega. Bunaqa narsalarga hech qachon pul ayamaslik
kerak, boʻlmasa bir umr restoranda hamma uchun oʻzing
toʻlab yurishingga toʻgʻri keladi.
Atrofingdagilarni boy qilsang, baʼzan seni ham meh-
mon qilib turishadi.
Sherikchilik bilan qilingan biznesdan koʻpincha odam-
ning hafsalasi pir boʻladi. Lekin aravani yakka-yolgʻiz
tortib, ishing oʻxshamay qolganda boringni yoʻqotish
undanam ogʻir. Ammo hali yosh boʻlsang, muvaffaqiyat-
sizliklarni dars oʻrnida qabul qilish kerak. Oʻzim ham ha-
ligacha bunaqa vaziyatlardan saboq olaman. Har bitta
muvaffaqiyatsizlik odamni toblaydi, tajribasini oshiradi.
Hammaning omadi kelyapti-yu, mening nuqul ishim yu-
rishmaydi, deb oʻylaydigan odam biznes bilan shugʻullan-
magani yaxshi.
Shu yoʻlda eng yaqin doʻstlaringdan ham ayrilib keti-
shing mumkin, hamma narsaga tayyor turish kerak ekan.
Baʼzan yoʻqotishlar mutlaqo senga bogʻliq boʻlmaydi, bu
borada yagona yoʻriqnoma yoʻq, har bir «ssenariy» oʻzi-
ga xos. Lekin har bir yoʻqotishdan keyin yurakda chan-
diq qolar ekan.
Toʻqqizinchi sinfdaligimda kallamga toʻsatdan «ashu-
lachilar zoʻr pul topadi» degan fikr kelib qoldi. Toʻyga
chiqib, uch-toʻrtta ashula aytilsa, besh yuz, baʼzan ming
dollar ishlasa boʻlar ekan. Konsertdan tushadigan daro-
madni oʻylasa-ku dahshatga tushadi odam. Ajoyib biznes
reja tuzdim, oʻn toʻrt yoshimda men uchun iloji yoʻq nar-
saning oʻzi yoʻq edi. Ashula aytish uchun isteʼdod u yoqda
tursin, hech boʻlmasa ozgina musiqiy qobiliyat, ovoz kerak
deb oʻylab ham koʻrmabman. Asosiysi — tanilib, gonorar
ishlash, debman. Lekin juda unchalik adashmagan ekan-
man — estradada koʻp narsani mashhurlik va gonorar hal
qilarkan.
Oʻrtoqlarimning hammasi boyvachcha edi, prokuror,
amaldorlarning bolalari. Men ularga musiqiy guruh tu-
zishni taklif qildim. Bir-ikki marta TV-4 kanaliga borib,
xit-parad boshlovchiligiga kastingdan oʻtib kelganim
uchun oʻzimni salkam prodyuser his qilib yurgan paytla-
rim. Oʻzimcha tayyorlandim, xolavachchamning sviterini
olib turdim, skeletning rasmi tushirilgan bandanani pe-
shonamga tangʻib, sochimga gel chaplab, oʻzim yozgan
ashula matnini olib, televideniyeni zabt qilish uchun yoʻl-
ga tushdim. Eng zoʻri menman, hammada yaxshi taassurot
qoldirdim, deb oʻylardim. Meni chapak chalib qabul qi-
lishlariga ishonchim komil edi. Lekin hech kim orqam-
dan soʻrab kelmadi. Faqat bahonada Aziz Azimov bilan
tanishib oldim.
216 / PUL
U paytda Aziz MTV mukofotiga oʻxshatib «Navo-98»
tanlovini oʻtkazardi va bu loyihaga rejissorlik qilish uchun
hozirgi kunda Milliy TVda ishlayotgan Ayub Shahobid-
dinovni ham taklif qilgandi. Ular koʻzimga shou-biznes-
ning super-professionallari boʻlib koʻringani esimda. Aziz
menga pop-guruh uchun kerakli hamma sarf-xarajatlar
va undan tushadigan daromadni hisob-kitob qilib berdi.
Boshlanishiga «arzimagan» pul — uch ming dollar kerak
ekan. Lekin tanilib, mashhur boʻlib ketganimizdan keyin
butun respublika boʻylab gastrollarga borib, xit-paradlar-
da birinchi oʻrinlarni egallab, shu uch mingni bir yil ichi-
da oʻttiz ming dollar qilib chiqarib olarkanmiz.
Men bu gʻoya bilan oʻrtoqlarimning oldiga borib, mana
shu pop-guruhga pul tiksak, bizni oldinda porloq kelajak
kutayotgani haqida toʻlqinlanib gapirib berdim.
Bobur degan qalin doʻstim boʻlardi. Har kuni tushlik-
ni ham, kechki ovqatni ham oʻrtada boʻlishib yeydigan oʻr-
togʻim. Uning oʻzi va ogʻaynilari mendan bir yosh katta
edi. Bobur boshqa hech kimda yoʻq uyali telefon tutar-
di. Doʻstimning puli borligiga ishonchim komil boʻlgani
uchun uni «oʻrashga» tushdim.
Bor mahoratimni ishga solib, Boburni shunaqayam
ishontiribmanki, u pochchasini — opasining erini «Tiko»
mashinasini sotib, pulini unga berishga koʻndiribdi. Men
Aziz ikkalasini tanishtirib qoʻydim. Lekin tez orada ular-
Do'stlaringiz bilan baham: |