Safar insonni har tomonlama toblaydi, degan gapning mohiyatini bugun ayni mustaqil
hayotga qadam qo’yish jarayonida anglab borayotganga o’xshayman.
2017-yil 18-iyul. London ilmiy muzeyidagi Vilyam Mo’rdokning dvigateli oldida turib,
uning ixtirosi va undan oldingi olimlarning yasagan dvigatellari o’rtasidagi farqni
anglamaslikning ilojisi yo’q edi. Uning dvigateli o’z zamondoshlarining dvigatellarini
mukammallik va hajm o’lchaminig qulayligiga ko’ra ancha orqada qoldirgandi. Muzey
eksponatlarini kuzatar ekanman bir paytlar tarix kitobida o’qigan satrlarim: “Bu ulkan dvigatellar
Britaniyaning bug’ sanoati rivojlanganini yaqqol namunasi hisoblanib, dunyoni isloh qilgan
ixtirolardan biridir,”- etimini jimirlatib yubordi. Ikki haftalik Angliya sayohatidan so’ng, men
O’zbekistonga qaytdim va kelajakda o’z yurtim rivojiga munosib hissa qo’sha oladigan
muhandis bo’lish yo’lida ko’proq ilm olishga intila boshladim.
Maqsadimni amalga oshirish yo’lida bilimlarimni yanada boyitish uchun maktab
darsliklaridan tashqari “New Scientist”, “ResearchEU” va “International herald tribune”
jurnallarini o’qib bordim. Menda muhandislikka oid ko’plab yangi g’oyalar aynan shu
izlanishlarim orqali tug’ila bordi.
Jumladan, sun’iy organlar: qo’llar va oyoqlarga bolgan
ehtiyoj, tabiyatga zarar yetkazmaydigan energiya manbayi, sog’liqni saqlashda ishlatiladigan
elektron qurilmalar meni juda ham o’ziga jalb qildi. Bunga bir nechta sabab bor. Birinchisi,
mening ustozlarimdan birining chap qo’lining yelkadan past qismi kesib tashlangan edi. Unga
kelajakda sun’iy qo’l yasab berish va bu ishim muaffaqiyatli chiqishi haqida o’ylaganimda
yanada muhandislikka bo’lgan muhabbatim chuqurlashgandi. Ikkinchisi, hozirda juda ham
muhim bo’layotgan, har qanday iqtisodiyotni rivojlantirishga qodir bo’lgan narsalardan biri
qayta tiklanadigan energiya manbayi davlatimizga, xalqimizga va iqtisodiyotimizga juda
kerakligini angladim va bu sohadagi yangi tatqiqotlar mamlakatimiz rivojiga nur ustiga a’lo nur
bo’lishini his qildim. Bunday yashil energiyani tatqiqotini joriy qilish va natijaga erishishni
oy’lash menga yanada ko’proq motivatsiya bag’ishlardi.
Hayotimni o’zgartirib va maqsadlarimni aniqlashtirib bergan o’sha sanadan roppa-rosa 2
yil o’tib men Prezident maktabiga imtihon topshirdim. Muhtaram Prezidentimiz tashsabbuslari
bilan barpo etilgan bu maktabda men maqsadlarimga yana ham yaqinlashish imkoniga ega
bo’ldim. Men hozirda xalqaro darajadagi A-level fanlarini o’qiyampan va bular menga
dunyoning muhandislik sohasi bo’yicha yetakchilardan biri bo’lgan AQSHdagi Purdyu
Universitetiga kirishimga yordam berdi. Menga yaratilgan sharoitlarga buyuk ixtirolar bilan
javob qaytarish buyuk ajdodlarimizga xos bo’lish deb hisoblayman.
“El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiyasi sovrindorligi nasib etsa Amerika Qo’shma
Shtatlarida tahsil olib, bilimlarimni kengaytirib davlatimni energiya mustaqilligini ta’minlashda,
muhandislik sohasini O’zbekistondagi eng rivojlangan sohalardan biriga aylantirshda hissamni
qo’shsam va imkoniyati cheklanganlarga kamtarona yordamimni bera olsam men o’zimga
bergan so’zimni ustidan chiqqan va maqsadimga erishgan bo’laman.