Eng qizigʻi, Mass-media fondiga yaqindagina «ob-havo-
ni belgilab» yurganlar yordam soʻrab murojaat qilishibdi —
auditoriyani yoʻqotishayotganmish. Biz bir paytlar oldimiz-
ga aynan shuni maqsad qilib qoʻygandik. Endi haqqoniy
yangiliklar poygasida sportchilar koʻpayib qoldi, marhamat,
eplasangiz, raqobatlashing.
AOKA ichida tahliliy, ekspertlar va monitoring boʻ-
limlari tashkil qilindi. Monitoring markazi odamlarning
fikrini oʻrganib, ularni tashvishlantirayotgan eng ogʻriqli
nuqtalarni aniqlar edi. Aholining kayfiyatini, islohotlar-
dan rozilik darajasini tahlil qilardi.
OAV — bu signalizatsiya. Signalizatsiyaga qarshi ku-
rashish — xato, yongʻinni oʻchirish kerak.
Xabarlarda qaysi vazirlik yoki idora tilga olinsa, tegish-
li tashkilotga darhol maʼlumot yuborilardi. Bizning vazifa-
miz barcha rahbarlar uchun shaffof axborot muhitini taʼ-
minlash edi. Monitoring vaziyatni oʻrganib, tahliliy boʻlim
bunga qanday munosabat bildirish boʻyicha taklif berardi.
Har bir organ bir dunyo maʼlumot yigʻar, ulardan jamiyat-
ga manfaatli qarorlar qabul qilishda foydalanilardi. Aniq
tashxis qoʻyish — muammoning yarmi hal qilindi degani.
Ayni paytda, matbuot kotiblari jamoasini shakllanti-
rish ustida ham ish ketayotgandi. Matbuot kotiblari koʻp
narsani — u yoki bu mavzuni qanday yoritishni, nimani
aytsa boʻladi-yu nima haqida gapirish mumkin emasligi-
ni, rahbarning fikrini tushunmovchilik yoki mujmallik-
siz qanday yetkazishni bilishi, tushunishi va bajara oli-
shi kerak edi. Biz oldimizga ularni haqiqiy spichrayterlar-
ga aylantirish vazifasini qoʻydik.
Rahbariyat konsepsiyasiga koʻra, barcha qarorlar aho-
lining istak-xohishini inobatga olib qabul qilinishi koʻz-
183 / YANGICHA DEMOKRATIYA
184 / YANGICHA DEMOKRATIYA
da tutilgandi. Agar odamlar biror qarorni qabul qi-
lishga tayyor boʻlmasa-yu, lekin u kelgusida manfaat kel-
tirishi aniq boʻlsa, ekspertlar nuqtayi nazaridan kelib
chiqib, shuni xalqqa tushunarli qilib yetkaza bilish kerak
edi.
Masalan, maktab formasi haqidagi masala shunday hal
qilindi. Biz vaziyatni tahlil qilib, Xalq ta’limi vazirligiga
taqdim etdik. Tahlillar formani joriy qilishga koʻpchilik
uzil-kesil qarshi ekanini koʻrsatdi. Vazirlik qarorini qayta
koʻrib chiqdi. Shuningdek, ijtimoiy, kommunal masala-
lar, narx-navo boʻyicha ham maʼlumot toʻplab borar edik.
Joiz boʻlsa, biz idoralar uchun qoʻshimcha koʻz vazifasini
bajardik. Bizga ishonsa boʻlardi, chunki biz haqqoniy va
toʻliq maʼlumot yigʻardik. Na koʻpirtirardik va na yashi-
rardik.
Jamiyatning umumiy kayfiyatiga taʼsir qiladigan har
qanday qaror oldin bizning qoʻlimizga kelib tushishi niho-
yatda muhim edi. Ushbu qarorlarni ishlab chiqayotgan
mutaxassislar natijada nimaga duch kelishi mumkinligini
tushunishi va xatolarning oldini olishi uchun ham shun-
day tizim zarur edi.
Chet ellarda bu kabi tashkilotlar maxsus xizmatlarga
tenglashtiriladi. Keng koʻlamdagi maʼlumotlarni tahlil qi-
lish har qanday davlatning eng muhim vazifalaridan biri-
ga aylanyapti. Zamon va xavfsizlik talabi bu.
185 / YANGICHA DEMOKRATIYA
Mana shu haqiqiy demokratiya — odamlar nima xohla-
yotganini koʻrib, bilib, shunga qarab reja tuzish, mamla-
kat harakatlanishi kerak boʻlgan yoʻnalishni belgilash, qu-
loqqa yoqadigan xabarlar bilan oʻz-oʻzimizni aldamasdan,
haqiqatning koʻziga tik qarash.
Aynan matbuot erkinligi tashxisning aniq boʻlishini
taʼminlar va bu konsepsiyaning ajralmas qismi edi. Toʻgʻ-
ri, amaldorlarga oson boʻlmadi, chunki oʻzlarini majbur-
lab oʻzgartirishlariga, yangicha ish uslubiga moslashishla-
riga toʻgʻri keldi, lekin bahonada yangi voqelikda yashash
uchun immunitet hosil qilib olishdi.
Busiz mamlakatning gullab-yashnashiga va jahon miq-
yosida ijobiy mavqeni egallashiga umid qilish foydasizligi-
ni hayotning oʻzi koʻrsatdi.
Afsuski, fikrimni davlat miqyosida qaror qabul qiluv-
chi hamma mansabdorlarga ham yetkaza olmadim. Men
haqimda «Barcha vazirlar va amaldorlar ustidan xoʻja-
yinchilik qilish uchun mutlaq hokimiyatga intilyapti», —
degan taʼnalar eshitilib qoldi. Aslida men yurtimiz uchun
zaruriy bir masalaga shart-sharoit yaratmoqchi edim,
xolos. AOKAning oldiga qoʻyilgan eng muhim vazifa hali
oʻzini tiklab olmagan Soʻz erkinligini rivojlantirish va hi-
moya qilish edi. Shu ishni samarali bajaradigan maʼmu-
riy resursni shakllantirmoqchi boʻldim. Soʻz erkinligining
asl mohiyatini tushunish kerak, masʼuliyatsizlik orqasidan
yuzaga keladigan informatsion tartibsizlikni emas.
186 / YANGICHA DEMOKRATIYA
Buning zarurligini ikkala tomonga — hukumat vakil-
lariga ham, jurnalistlarga ham tushuntirib borishimizga
toʻgʻri keldi. Soʻz erkinligini tandirdan yangi uzilgan, qoʻ-
lingni kuydiradigan, lekin ishtahaochar issiq nonga oʻx-
shataman. Shartta ushlab kuyib qolganlar ham ancha boʻl-
di.
Biz hali bu erkinlikka moslashmagandik. Bir qarasa, so-
yamizdan ham qoʻrqib, ichimizdagi senzurani yoqib olsak,
bir qarasa, haddimizdan oshib ketardik. Toʻgʻri, hamma-
si odamning feʼl-atvoriga bogʻliq: kimdir eshikni tepib ki-
rib-chiqadi, kimdir oʻzini chetga olib, panada jimgina ku-
zatib turadi.
Jurnalistlar ham huquq va majburiyatlarini yaxshi bi-
lishi, ham kasb etikasiga rioya etishi, ham yuqori saviyali
boʻlishi zarur. Meʼyorni ushlash bir deganda boʻlib ketadi-
gan ish emasligini hamma tushunib turardi.
Oʻzimning ham ichimda qoʻrquv bor edi. Chunki
men jurnalistlarni tokdan uzilgan simni ushlab koʻrishga
chaqirayotgandim-u, lekin rostdan uzilganmi-yoʻqmi —
aniq bilmasdim. Xudo koʻrsatmasin, birortasiga nima-
dir boʻlsa, aybdor men boʻlardim. Chunki: «Siyosat oʻz-
gardi, jurnalistlar oʻldirib yuboriladigan, mayib-majruh
qilinadigan paytlar oʻtib ketdi. Endi orqaga yoʻl yoʻq» —
deb qayta-qayta gapirib, ularni ishontirayotgan oʻzim
edim.
187 / YANGICHA DEMOKRATIYA
Hammasi qonun doirasida boʻlishini xohlardim. Lekin
jurnalistlarni deb baʼzi amaldorlarning tinchi buzilgan va
unday kimsalardan hamma narsani kutish mumkin edi.
Olmazor tumani hokimi Abdurasul Vahobov uni
koʻchada tasvirga tushirishni boshlagan Kun.uz muxbi-
rining kamerasini sindirdi. Jurnalistlar ham anoyi emas.
Mojaroni tezgina hal qilish mumkin boʻlsa-da, tahririyat
hokimni ishdan boʻshatishni talab qilib turib oldi. «Kun.
uz»chilar singan kamerasi uchun ham, soʻkish eshitga-
ni uchun ham rosmana xafa boʻlishdi. Umuman olganda,
hokim mutlaqo nohaq edi, u mansabdor shaxslarga tegish-
li tartib-qoidalarni qoʻpol ravishda buzib, huquqbuzarlik
sodir etdi. Agar ishdan boʻshatilganida, hammasi tinchib
ketardi.
Lekin kutilmaganda shahar hokimi Vahobovning yoni-
ni olib, jurnalistlarni «suhbat»ga chaqirtirib qoldi. Ular-
ning kim ekanini, joyi qayerdaligini «erkakchasiga tu-
shuntirib qoʻydi». Shunda internetga audioyozuv chiqib
ketdi. Unda ovozi Jahongir Artikxodjayevga oʻxshagan
odam jurnalistlarni haqoratlab, yoʻq qilib yuborishga
tahdid qilgandi. Audio birpasda hamma yoqqa tarqalib,
ancha istehzoli va masxaraomuz gap-soʻzlarning mavzusi-
ga aylandi, dazmol yoqsangiz ham oʻsha «mem» chiqib ke-
ladigan boʻldi.
Biz AOKAdagilar uch kun davomida bu mojaroni hal
qilishga urindik. Tahririyat uzr soʻralishini talab qilar,
188 / YANGICHA DEMOKRATIYA
hokim esa aniq bir shaxsga tahdid qilmaganini, gaplari
shunchaki faraz qilib aytilganini taʼkidlar edi. Xullas, har
doimgidek 90-yillarga xos muomalasini qilib turaverdi.
Vaziyat keskinlashdi, uzrlar qabul qilinmaydigan chega-
raga borib qoldi. Mamlakat tashqarisiga ham gap tarqala
boshladi. Elchilar-u xorijiy nashrlar biz tarafga qarab, bu
yogʻi nima boʻlarkin, deb diqqat bilan kuzatishga kirishdi.
Biz-ku hokimni taniymiz, gaplari qanchalik jiddiy, tah-
didlari rostmi yoki shunchaki poʻpisami — bilamiz. Lekin
jahon hamjamiyati: «Oʻzbekiston poytaxtining meri jur-
nalistlarga haqiqatda jismoniy ziyon yetkazishi mumkin
ekan» — degan fikrga bordi. Hokimning siymosi qoʻr-
qinchli tus ola boshladi. Vaziyat jiddiylashdi.
Bu voqea reytingimiz haqida avji muzokaralar olib bo-
rilayotgan, mamlakatimizda soʻz erkinligi tantana qilgani-
ga, hech kim jurnalistlarga zulm yetkazmayotganiga chet
davlatlarni ishontiramiz, deb bor kuchimiz bilan hara-
kat qilayotgan paytimiz boʻlib oʻtdi. Hokim juda bemahal
oʻzidan «Brigada» yasab oldi-da!
Shaxsan men tahdidlar shunchaki Jahongir Obido-
vichning gaplashish uslubi ekaniga 99,9% ishonaman.
Odamlaridan biri ishdan ketganiga jahli chiqqan, xolos.
Jurnalistlar uning hiqildogʻiga kelgan edi. «Shessekund-
da» hech kimni hezalaklar bilan bitta taksiga oʻtqizmasa
ham, oʻzini tutolmay, ogʻzidan ortiqcha gaplar chiqib ket-
gani shunga.
Bu hodisa 2006-yili Xorazmda roʻy bergan. Haligacha
oʻshanda jonimga qasd qilishgan, deb oʻylayman. Keyin-
roq voqeaning tagiga yetmoqchi ham boʻldim, lekin nima-
niyam isbotlay olardim, deb qoʻl siltab qoʻya qolganman.
DSQ matbuot xizmatida ishlardim.
Soliqchilar bilan alkogol qirollari oʻrtasida doimiy jang
borardi. Soliq qoʻmitasi yashirincha aroq ishlab chiqaruv-
chilarni aniqlab, birin-ketin qamata boshladi. Xorazm
Soliq boshqarmasi boshligʻi Odil Bakiyevich Rustamov-
dan qoʻngʻiroq boʻldi:
— Komil, bir necha tonna aroqni musodara qildik.
Kelib, bir reportaj qilmaysizmi?
U paytda biror hodisa efirga chiqib ketsa, tamom, si-
yosiy masalaga aylanar, endi uni hech kim bosti-bosti qila
olmas edi. Men rahbarning oldiga kirdim.
— Botir Rahmatovich, Xorazmga borib kelmoqchiman.
— Nega? Sabab?
— Aroq.
189 / YANGICHA DEMOKRATIYA
Lekin baribir, koʻnglimda ozgina boʻlsa ham ishonch-
sizlik uchquni tutab yotdi. Men doim jurnalistlardan xa-
votirda edim. Mafiya oshkora aytilgan soʻz yoki reportaj
uchun odamni qanday qilib yoʻq qilib yuborishi mumkin-
ligini boshimdan oʻtkazganman.
— Aroq? — boshliq hayron boʻlib, menga gʻalati qarab
qoʻydi.
Keyin nima uchun bormoqchiligimni qayta-qayta su-
rishtirib, istamaygina ruxsat berdi. Oʻshanda nega bunaqa
gʻalati qaraganini haligacha tushunmayman.
Yoʻlim hech ochilmayotgandek edi. Chipta qolmagan
ekan. Tashkiliy masalalarda ham muammo chiqaverdi,
safarga tayyorgarlik choʻzilib ketdi. Ijodiy guruh aʼzola-
ridan hech kim Xorazmga borgisi kelmasdi. Asqar degan
tasvirchi yigitni zoʻrgʻa koʻndirdim, bir amallab samo-
lyotga chipta topdik. Urganchga qoʻnganimizda qarasam,
sumkamning ichi atirga boʻkib ketibdi. Narsalar ora-
sida turgan shisha idish qanday singaniga aql bovar qil-
maydi.
Lavhani bir nechta joyga borib, tasvirga oldik. Oxirgi
moʻljal Hazorasp edi. «Tiko»da ketyapmiz, toʻgʻri yoʻl, at-
rofimiz dala, tezlik bir yuz yigirma. Asqar old oʻrindiq-
da, qoʻlida kamera, haydovchi — xorazmlik xodimimiz
Alisher. Men orqada oʻtirib, telefonda SMS yozyapman.
Oldinda pritsepiga sement ortilgan traktor ketayot-
gan ekan. Toʻsatdan oʻsha traktor yoʻlning qoq oʻrtasida
shartta orqaga burilsa boʻladimi! Haydovchi vajohat bi-
lan tormozni bosdi, lekin mashina toʻxtashga ulgurmadi.
«Tiko» uchib borib, men oʻtirgan tarafi bilan traktorga
urildi, pachogʻi chiqib, xuddi konserva bankasidek boʻlib
qoldi.
190 / YANGICHA DEMOKRATIYA
Ogʻriqqa chidab boʻlmasdi. Nimadir qilib eshikni och-
dim, amallab mashinadan sudralib chiqdim. Yaxshi-
yam viloyat soliqchilari orqamizdan kelishayotgan ekan.
Hech qancha oʻtmay, «Neksiya»da yetib kelishdi. Qarash-
sa, asfaltda chilparchin boʻlib yotibman, hamma yogʻim
koʻkarib ketgan, yuzim yorilgan, ogʻriqdan butun dalani
boshimga koʻtarib dod solyapman. Haydovchi bilan tas-
virchining ahvoli nisbatan yaxshiroq boʻlsa-da, ular ham
shokka tushib qolishgandi. Asqarni zarbadan kamera toʻ-
sib qolibdi, Alisherning koʻkrak qafasini rul ezib qoʻyib-
di. Xudoga shukr, uncha jiddiy jarohat olishmabdi. Meni
bir balo qilib koʻtarib, mashinaga tiqib, Hazoraspdagi eng
yaqin kasalxonaga olib borishdi.
Kasalxona deganimiz omborga oʻxshash joy, palatada
toʻr-sim karavotlar, reanimatsiya xonasining shiftida bit-
tagina chiroq osilib turibdi. Doktor kelganda dodlayve-
rib, holdan toyib qolgandim. Keyin bilsam, Qadam aka
degan ochiqqina, istarasi issiq bu kishi viloyatning bosh
travmatologi ekan.
— Son suyaging sinibdi, uka. Oyogʻingni osib qoʻyamiz,
uch kun yotasan, keyin uyingga javob beramiz.
Ukol qilishdi, ogʻriq bosildi. Bir mahal doktor koʻk izo-
lenta bilan oʻrab tashlangan oddiy qurilish drelini koʻta-
rib kirdi. Nima qilarkin, deb qarab yotibman. Ukoldan
keyin oyogʻim hech nimani sezmay qolgandi. Bir vaqt dok-
tor drelni yoqib, oyogʻimni tesha boshlasa deng! Keyin te-
191 / YANGICHA DEMOKRATIYA
shikdan arqon oʻtkazib, qayoqqadir chiqib ketdi. Saldan
keyin koʻchadan kattaroq tosh topib kelib, roʻmolga oʻra-
di-da shiftga ildi. Oʻsha tosh yordamida oyogʻimni osilti-
rib qoʻydi. Bunaqasini dahshat kinolardayam koʻrmagan-
siz.
Shu qoʻrqinchli «kino» tufayli suyagim ertasiga joyiga
tushdi. Ammo doktor yana drelini koʻtarib kirdi. Qoʻrquv-
dan koʻzlarim ola-kula boʻlib ketganini koʻrib, shart ikkita
ukol urdi. U yogʻini eslolmayman. Urganch markaziy ka-
salxonasida hushimga keldim. Hamma yogʻim qon, yarmi
gipslab tashlangan badanimdan tarvaqaylab simlar chiqib
yotibdi.
Jiqqa hoʻlman, muzlab qolganman, doktorlar gipsni fen
bilan quritishyapti. Koʻnglim aynib, oʻzimni juda yomon
his qilganim esimda. Xullas, toʻrt kun reanimatsiyada
yotdim. Ammo uydagilarga bildirmadim, sal ushlanib
qolyapman, deb SMS yozib turdim. Telefonimda Shera-
li Joʻrayevning «Birinchi muhabbatim» qoʻshigʻi bor edi.
Oʻshani qayta-qayta eshitib, yigʻlab yotaverdim.
Keyin doktorlar Toshkentga meni qanday joʻnatishni
maslahat qilishdi. Mashinada yurishning umuman iloji
yoʻq, shuning uchun samolyotga chiqaradigan boʻlishdi.
Samolyot ham kichkina ekan, zambil oʻrtadagi yoʻlak-
ka tiqilib qoldi. Yonboshlatib, zoʻrgʻa olib kirishdi meni,
uzunasiga uchta oʻrindiqqa yotqizib, oʻzlari tushib ke-
tishdi: — Oq yoʻl, ogʻayni! Hech boʻlmasa yonimga kim-
nidir qoʻshib yuborishmabdiyam.
192 / YANGICHA DEMOKRATIYA
Samolyot qoʻngach, hamma chiqib ketdi. Men esa yot-
gan joyimda: «Hoy, odamlar! Yordam bering! Meni bu
yerdan opchiqinglar!» — deb baqirib yotibman. Na oʻtira
olaman, na tura olaman.
Bir mahal ichkariga soldatlar kirdi. Meni koʻtarib, tash-
qariga olib chiqishdi, trapdan tushirib, tez yordam mashi-
nasiga solib yuborishdi. Xuddi kontrabanda tashiladigan
mashinadek tuyuldi menga. Shunaqa qilib, kontrabanda
va benzin solingan kanistrlar hamrohligida aeroportdan
chiqib oldim. Tashqarida MDS mashinasi bilan soliqchi
doʻstlarim kutib olishdi.
Mahallaga yaqinlashganimizda «Tez yordam» sirenasini
oʻchirib qoʻyishlarini soʻradim, uyimdagilar qoʻrqib ket-
masin, dedim. Yaxshiyam onam oʻsha kuni navbatchi
ekanlar. Otamga qoʻngʻiroq qildim:
— Ada, faqat vahima qilmang, oyogʻim sinib qoldi.
Menga ozgina yordamingiz kerak boʻlyapti.
Otam meni gipslab tashlangan, hamma yogʻim moma-
taloq boʻlib, shishib ketgan ahvolda koʻrganlarida yuzlari
qanaqa oʻzgarib ketgani hozirgacha koʻz oldimda.
— Ada, qoʻrqmang, yaxshiman. Xavotir olmang!
Oyim ertalab navbatchilikdan kelib, meni koʻrganlari-
da qay ahvolga tushganlarini gapirmay qoʻya qolay...
193 / YANGICHA DEMOKRATIYA
Xorazmdan javob keldi. Goʻyoki voqea yuzasidan ter-
gov oʻtkazilibdi-yu bu baxtsiz hodisaligi aniqlanganmish.
Traktor dalaga burilmoqchi boʻlgan ekan. Sement ortil-
gan traktorga dalada nima bor? Nima uchun yoʻlning qoq
oʻrtasida birdan burilib yuborgan? Yoʻlda bizdan boshqa
hech kim yoʻq edi, nahotki koʻrmagan boʻlsa? Kasalxonada
yotganimda: «Bizni oʻsha reportaj uchun yoʻq qilmoqchi
boʻlishdi, endi kelib, biratoʻla oʻldirib ketishadi» — degan
fikr har kuni miyamda aylanardi.
Olti oy yotdim. Suyaklarim ham, yaralarim ham bitib
ketdi. Xorazmlik travmatologlar respublikada birinchi-
lardan ekanini, Qadam ogʻa esa travmatologiya boʻyi-
cha eng kuchli mutaxassisligini keyin bildim. Mana, ora-
dan 14 yil oʻtdi, hech nima bezovta qilmaydi, doktorning
qoʻrqinchli drelidan hech qanday asorat qolmagan, shukr.
Aytganday, oʻshanda birinchi marta katta pul ishlagan
edim.
Do'stlaringiz bilan baham: |