172 / MATBUOT KOTIBI
173 / MATBUOT KOTIBI
Bir yoqdan kadrlar yetishmovchiligi, bir yoqdan kor-
rupsiya va saviyasizlik chigal bir tugunga qorishib ketgan-
di. Nari-berisi bilan yigirma yil ichida odamlar ishlashni
unutib yubordi. Endi yangi sharoitlarda qanday yoʻl tutis-
hni bilmas, qaror qabul qilish va samarali ishlashdan bu-
tunlay uzoqlashib ketilgandi.
Prezidentimizga qolgan «meros»ning yuki ogʻir edi.
Shunga qaramay, Rahbarimiz hech bir ikkilanishsiz siyo-
siy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotdagi barcha ijobiy oʻzgarishlar-
ga keng yoʻl ochdi. Mamlakat taraqqiyotining harakatlar
strategiyasi ishlab chiqildi. Qaysi yoʻldan ketishimiz, ni-
malarga erishishimiz kerakligi aniq belgilandi.
Baʼzi hollarda qayta tiklash ham emas, butunlay buzib
tashlab, yangidan qurishga toʻgʻri keladi. Jamiyatda kor-
rupsiya oʻta chuqur ildiz otib ketgan va biz bundan xijolat
ham qilmay qoʻygandik. Xalqaro reytinglarning eng past-
ki qatorlariga tushib ketganimiz ham bor gap. Pora de-
ganda qandaydir uyatli ish, majburlikdan qoʻl uriladigan
jinoyatni emas, uddaburonlikni, oson yashash yoʻlini tu-
shunadigan boʻlib qoldik. «Hamma yoqni sotib olganman,
hamma joyda tanish-bilishim bor», — deydiganlar omadi
chopgan odamlarga aylandi. Mana endi jamiyatimiz kor-
rupsiyaning qanchalik dahshatli narsa ekanini tushunib
yetyapti. Korrupsiya aynan kimlargadir taalluqli boʻlmay-
di, u butun jamiyatni yemiradi.
Konvertatsiyaga qachon ruxsat berilarkin, deb kut-
ganlarimiz, uning ochilishiga umuman ishonmay qoʻygan
paytlarimizni eslayman. Hatto binoyidek obroʻ-eʼtibor-
li odamlar iqtisodiyotning tanazzuli yaqinligi haqida ga-
pirar, bizning mamlakatda erkin konvertatsiyaga ruxsat
berib boʻlmaydi, degan xulosaga kelgandi. Qaniydi hozir
oʻshalarning koʻziga bir qarasam, deyman. Konvertatsi-
ya xuddi zambarakdan otilgan oʻqdek bizni oldinga surib
yubordi. Tadbirkorlar uchun litsenziyalar kamaytirildi,
byurokratik chigʻiriqlar uzila boshladi, soliq islohotlariga
kirishildi. «Konvertatsiyani ochinglar, tinchgina ishlashga
qoʻyib berishsin, xalaqit qilishmasin» — koʻpchilik tadbir-
korlardan shu gapni eshitardik. Tekshiruvlar taqiqlab qoʻ-
yildi. Nazoratchi organlarning bitmas-tuganmas reydlari
toʻxtatilib, korrupsiya oʻpqonining ogʻzi yopildi.
Korrupsiya eng urchib ketgan soha — pasport va fuqa-
rolik tizimida ham islohotlar boshlandi. Oʻzbekiston-
ga 1995-yilgacha koʻchib kelgan, soliq toʻlasa-da, omonat
haq-huquqlar asosida yashab kelayotgan insonlarga fuqa-
rolik berila boshlandi. Mamlakatdan tashqariga chiqish
uchun olinadigan bemaʼni stikerlar yoʻq qilindi. Kap-kat-
ta ayollar eri yoki ota-onasining roziligi bilangina chet-
ga chiqishi mumkin boʻlgani-chi, esingizdami? Ayol kishi
oʻttiz besh yoshga toʻlmagunicha istalgan joyga borish
huquqiga ega emas edi!
Odamlar orziqib kutgan muhim oʻzgarish — pensiya
tizimining islohotiga ham navbat keldi. Butun umr meh-
174 / MATBUOT KOTIBI
nat qilib, pensiya badalini toʻlab kelgan odamning pensi-
ya yoshida ham ishlashga imkoni yoki ehtiyoji boʻlsa-yu,
buning uchun pensiyasining yarmi ushlab qolinsa?! Qaysi
mantiqqa toʻgʻri keladi bu? Adolat qaror topdi, ishdan
uzilmagan pensionerlar endi pulini toʻliq oladigan boʻldi.
Majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kampaniya bosh-
landi. Bir asrlik «anʼana»miz — darslarning noyabr oyiga-
cha toʻxtab qolishiga chek qoʻyildi. Avval maktab oʻquv-
chilari, keyinroq talabalar paxtaga yuborilmaydigan boʻl-
di. Vaqt oʻtib, har yili majburan paxta terimiga chiqarila-
digan boshqalar ham bu tashvishdan qutuldi. Toʻgʻri, ja-
rayon qiyin kechdi, orqaga ketishlar, janjal-toʻpolonlar
boʻldi, lekin shu ish oxiriga yetkazildi. Ochigʻi, Paxta Ja-
nobi oliylari hukmronligini hech qachon yenga olmasak
kerak, deb oʻylardim.
Siyosiy sabablar bilan qamalganlar ozod qilina bosh-
landi. Nihoyat, Jasliqdagi37 qamoqxona yopiladigan boʻl-
di. Vijdon erkinligi endi deklaratsiyadagi quruq gap emas
edi. Aholisining 90 foizi musulmonlardan iborat yurti-
mizda Islom dini norasmiy ravishda taqiqlab kelingan-
ligi — aqlga sigʻmaydigan holat! Davlat asta-sekin, lekin
izchillik bilan dindorlarni tinch qoʻya boshladi. Hozir
poytaxtda Islom sivilizatsiyasi markazi qurilyapti. Chet
ellik «daʼvat»chilar din niqobi ostida internet sarhadlari-
ni murosasiz chiqishlarga toʻldirgan bir davrda Oʻrta Osi-
yoda keng tarqalgan, boshqa din va aqidalarga bagʻrikeng
Islomni himoyalash yoʻlida katta qadam qoʻyildi.
175 / MATBUOT KOTIBI
Aytaman desa, gap koʻp... Har bir sohada hayot oʻzgara
boshladi, baʼzan biroz keskin, kutilmagan tarzda. Ammo,
eng asosiysi — har bir insonga oʻylash, fikrlash, soʻzlash,
baralla xitob qilish ozodligini berish edi. Odamlar oʻzla-
ri koʻnikib, moslashib ketgan ojizlik botqogʻidan, umid-
sizlik sirtmogʻidan qutulib, Oʻzbekistonni chirmab ola-
yotgan boshboshdoqlikka qarshi kurashishi zarur edi.
Biz oʻzining oʻtmishidan, muammolaridan qoʻrqmaydigan
kuchli jamiyatga aylana boshladik.
Oʻsha paytda mamlakatimiz oldida turgan vazifalar
juda koʻp edi, hozir ham shunday.
Shuning uchun Prezidentga uyqu yoʻq edi. Biz ham
uxlay olmasdik. Asosiy muammo jismoniy charchoq emas,
unga-ku, koʻniksa boʻladi. Zimmamizdagi masʼuliyat yuki..
Bu vazifalarni chek-chegarasi yoʻqdek koʻrinar edi goʻyo.
Bir qarasa, ilhomlanib, zavq-shavqqa toʻlib ketsam, bir
qarasa hafsalam pir boʻlib, nimanidir notoʻgʻri qilib qoʻy-
sam-chi, degan xayol bilan tushkunlikka tushib qolardim.
Mana endi ancha diydam qotib, hissiyotlarimni bosh-
qara oladigan boʻlib qoldim. Depressiyaga tushmasdan, sa-
marali ishlashning yoʻlini bilib oldim — vazifangni puxta,
toʻgʻri, halol va sifatli qilib bajar, boʻldi. U yogʻiga natijaga
qarab, xulosa chiqariladi. Xato qilishdan qoʻrqmaydigan
boʻldim. Hamma ham adashadi, muhimi, xatolarni vaq-
tida tuzata bilish.
176 / MATBUOT KOTIBI
U paytda esa, kuchim yetmay qolayotganini sezdim —
bu biz uchun mutlaqo yangi tajriba edi. Judayam uyqum
kelar, lekin umuman uxlay olmasdim. Avval ruhiyatim,
keyin butun organizm toʻkilib tusha boshladi. «Yosh boʻla
turib, oʻzimdan salkam ikki baravar katta insonning or-
tidan yetolmasam-a?» — degan fikrgina meni harakatga
undardi. Keyin bu ham yordam bermay qoʻydi. Chunki
«saroy»ning boshqa oʻziga yarasha koʻz ilgʻamas qiyinchi-
liklari va nozik muammolari ham bor edi, albatta.
Tanaffus qilmasam boʻlmasdi.
Ishdan boʻshash haqida ikki marta ariza yozdim. Ikkin-
chisiga — ishdan sogʻligʻim tufayli ketayotganim koʻrsatil-
gan arizaga qoʻl qoʻyishdi. Esimda, oʻshanda Milliy TVdagi
ofisimga kelib, bir yarim oy hech qayoqqa chiqmay, Pre-
zidentga vaʼda qilingan kitob — «Maqom»ni yozib tugat-
dim.
Maqom oddiy kuy-qoʻshiq emas. Bu Allohga munojot,
U Zotga sheʼriy, musiqiy roz aytishdir. Men maqomni ju-
dayam yaxshi koʻraman. Maqom — qalbimning ohan-
gi. Qarangki, oʻsha kunlari kitob ustida ishlar ekanman,
tinmay Xudoga munojot qildim. Qarangki, oʻsha kunla-
ri kitob ustida ishlar ekanman, tinmay Xudoga munojot
qildim.
Ayni paytda «Hayotdan nima xohlayman, oʻzi?» degan
savolga javob topishga urindim. Tinchgina, imkon qadar
177 / MATBUOT KOTIBI
toʻqchilikda, oʻzimni oʻylab yashashnimi yoki yurtim
uchun qoʻldan kelgancha nimadir qilishnimi? Bu men
uchun juda muhim masala edi. Bu — hamma uchun
muhim masala. Har kim oʻz yoʻlini oʻzi tanlaydi.
Kitob tayyor boʻlgach: «Bu Sizning topshirigʻingiz edi,
iltimos, qabul qiling», — deb Prezidentga yubordim.
Nihoyatda hurmat qiladigan insonlarim jonini fido qilib
ishlayotganini bir chekkadan shunchaki tomosha qilib
turolmasligimni oʻsha paytda tushunib yetdim.
Ofisda «chilla» oʻtirgan kunlarimning birida hovlida
kabob pishiradigan boʻldik. Sixlangan kaboblarni koʻraga
terib, tepasida qarab tursam, bir parcha goʻsht choʻgʻ us-
tiga tushib ketdi. Rasmga olib, «Olovlar ichida yonayot-
gan yagona kabob» yozuvi bilan Facebookka qoʻydim, shu
goʻshtga oʻxshab, jizgʻanak boʻlib ketmaslikka harakat qil-
yapman, degan maʼnoda. Oʻsha postim rosa mashhur boʻ-
lib ketdi, juda koʻp layk va kommentlar yigʻdi. Odamlar
nima demoqchi ekanimni tushunmagan boʻlishi mumkin,
lekin koʻpchilik yaxshi gaplar yozib, koʻnglimni koʻtardi.
Keyin OʻzMAAga rahbarlik qilishni taklif etishdi. Shu
yerda bir muhim narsaga eʼtiboringizni qaratmoqchi-
man — Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan Soʻz Erkinligi-
ning eʼlon qilinishi demokratik davlatlarning koʻzi uchun
oʻylangan quruq rasmiyatchilik emas. Bu ongli ravishda
qoʻyilgan muhim strategik qadam boʻlib, uning yordami-
da korrupsiyani yenga boshlash mumkin edi. Xalq atrofi-
mizni oʻrab turgan gʻij-gʻij muammolar haqida oshxonada
178 / MATBUOT KOTIBI
pichirlashib oʻtirmay, baralla gapirishni oʻrganishi kerak
edi. Bunday shaffoflik imi-jimida davlatni oʻmarib, rah-
barning tashrifi oldidan «hammasi joyida, olam — gulis-
ton» tarzida ish yuritishga oʻrganganlarning oyogʻiga bolta
urdi va mamlakatni olgʻa harakatlantirib yubordi. Kon-
vertatsiya yurt iqtisodiyoti uchun qanchalik inqilobiy
qaror boʻlsa, bu ham muhimlikda undan qolishmaydigan
qadam edi. Prezident sutkasiga 25 soat ishlagan taqdirda
ham, hamma mansabdorlarni shaxsan nazorat qilishning
iloji yoʻqligini juda yaxshi bilgan, deb oʻylayman. Shuning
uchun Soʻz Erkinligi Prezident oldiga maqsad qilib qoʻy-
gan barcha islohotlarni amalga oshirishda ulkan «projek-
tor» boʻldi.
Soʻz erkinligi bilan birga uning nojoʻya oqibatlari —
feyklar, yolgʻonlar va axborot hujumlari paydo boʻldi.
Lekin bular ham kerak edi — shu bahona biz har xil nay-
ranglarga qarshi immunitet hosil qila boshladik. Haqiqat
bilan kimlarningdir shaxsiy manfaatlarini farqlashni oʻr-
gandik. Haliyam oʻrganyapmiz.
Xullas, OʻzMAAga rahbar etib tayinlandim. U yerga
borganimda menga qarshi yozilgan uydirma buyurtma
postlarni aynan shu idoraning bir necha xodimi oʻtirib
toʻqiganidan xabar topdim. Endi ular mening qoʻl ostim-
da edi! Assalomu alaykum!
179 / MATBUOT KOTIBI
181 / YANGICHA DEMOKRATIYA
Prezident Karimov hukmronligi davrining oxirlarida
mamlakat mafkuraviy xizmatlari oʻta muhim bir narsa-
ni — burgaga qoʻshib koʻrpani ham kuydirib yuborganini
tushunib yetdi. Ular Respublikada soʻz erkinligini chek-
layverib, oʻzlari bilmagan holda, jamiyatimizning boshqa
davlatlar siyosiy jarayonlari bilan yashashiga sharoit yara-
tib qoʻygandi. Oʻzimizda haqqoniy yangiliklar berilmasli-
gining oqibati edi bu.
AOKAni boshqarishga kirishar ekanman, agentlik qan-
day ishlashi kerakligi haqida aniq tasavvurim bor edi.
Aslida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agent-
ligi mohiyatiga koʻra mamlakatda Tashqi ishlar vazirli-
gi, Senat va Parlamentdan keyingi eng asosiy mafkuraviy
organ boʻlishi kerak. Chunki bularning hammasi — katta
siyosat, AOKA esa axborot va mafkuraviy masalalar boʻ-
yicha bosh javobgardir.
Yangicha
demokratiya
— ◆ XII ◆ —
182 / YANGICHA DEMOKRATIYA
Bu targʻibot mashinasi ham, jazolovchi organ ham
emas, balki aniq tashxislar qoʻyadigan klinika, shu-
ningdek, mamlakatni tashqi axborot hujumlaridan hi-
moyalovchi bosh organ sanaladi. Axborot xavfsizligi-
ni taʼminlash uchun toʻlaqonli axborot muhitini yaratish
kerak. Bu muhitni esa mahalliy OAV va blogerlar tash-
kil qilishi lozim. Ularni qoʻllab-quvvatlabgina, mamla-
kat ichida xorijdan qaratilgan fikrlarning taʼsirini ka-
maytirishga erishardik. Oʻzimiznikilar ichki vaziyatni
yaxshiroq biladi, muammolarni koʻzi bilan koʻradi, su-
rishtiruvlar oʻtkazadi, shu hududda yashaydi, xalq bilan
bitta tilda gaplashadi. Bir qarashda ular xuddi vahima
tarqatayotgandek, vaziyatni keskinlashtirayotgandek koʻ-
rinar, lekin aslida unday emas. Ularning ovozi shu payt-
gacha odamlarga axborot tarqatgan hamma nashrlardan
balandroq jaranglamoqda. Ular haqqoniyroq, qiziqarli-
roq, tezkor maʼlumot tarqatadi, voqelikni tanib boʻlmay-
digan darajada oʻzgartirmaydi, bejab tashlamaydi. Ular
bilan bahslashish, raddiya berish, munozara qilish ham
mumkin. «Ozodlik Radiosi » yoki boshqa anonim kanal-
lar bilan bahslashib koʻring-chi?
Do'stlaringiz bilan baham: |