2017-
yil
Matbuot
kotibi
— ◆ XI ◆ —
Odamlarimiz juda isteʼdodli. Kadrlar yetishmasligi esa
oʻtirgan oʻrnini yoʻqotishdan qoʻrqib, eng aqlli va ijodkor
xodimlarni soʻndiradigan rahbarlarning nuqsoni. Vaho-
lanki, odamlarga koʻp narsa kerak emas, ishini keng qam-
rovda koʻra olish imkonini berib, qoʻllab-quvvatlab tur-
sangiz, himoya qilsangiz boʻlgani. Kim qanday vazifani
bajarishini, nimaga javobgarligini aniq belgilab qoʻying,
takliflarini muhokama qiling. Tamom.
Prezident matbuot xizmatida hozir ham bizning ja-
moamiz yoʻlga qoʻygan model inersiyasi boʻyicha ish ket-
yapti. Hamma oʻsha paytdagidek ishlayapti, faqat men
ketdim, xolos.
Lavozimdan ketishimga Samarqandda yuz bergan
shov-shuvli fojia turtki boʻldi. Yosh oʻqituvchi Diana Ye-
nikeyevani yuk mashinasi urib ketdi. U Prezidentning ke-
lishiga yoʻlning chekkasini supurib tozalayotgan oʻqituv-
chilardan biri edi. Eski kasalimiz — katta rahbarning
kelishiga xoʻjakoʻrsinga harakat qilish jamoatchilikni port-
latib yubordi. Prezident joylardagi vaziyatga yasama ha-
shamatlarga qarab baho bermasligini shuncha gapirsa
ham, koʻpchilik amaldorlar oldingi odati boʻyicha rahba-
riyatning kelishiga, hududlarni tozalash, gul ekish, meh-
monlar koʻzi tushadigan devorlarni boʻyashda davom etar-
di. Ular buni oddiy hol deb hisoblashar, аxir mehmon
kelsa, uyimizni ham tozalab qoʻyamiz-ku, deyishardi.
Lekin Prezident mehmon emas, nomiga boʻyalgan devor
bilan aldab boʻlmaydi uni.
170 / MATBUOT KOTIBI
Eng himoyasiz qatlam — byudjetdan oylik oladigan xo-
dimlarni hasharga haydash odatini yoʻqotish kerak edi.
Oʻsha zahoti bu fojiada Prezidentni ayblagan «jonkuyar-
lar» paydo boʻldi. Men murojaat bilan chiqishga qaror qil-
dim. Odamlarni koʻcha tozalashga haydab olib chiqish oʻt-
gan zamondan qolgan sarqitligi, buni toʻxtatish kerakligi
haqida gapirib, video tayyorladim. Matbuot kotibi sifati-
da davlat rahbarining nuqtayi nazarini ifodalash mening
vazifam-ku.
Bu voqeadan keyin Vazirlar Mahkamasida yigʻilish oʻt-
kazildi. Aynan shu masalalar koʻtarilib, hamma boʻgʻin-
dagi rahbarlar orasida muhokama qilindi. Ayrim viloyat
va tumanlarda haqiqatni bejab koʻrsatishga qarshi kurash
boshlandi. Maxsus qaror qabul qilinib, koʻchalarni obo-
donlashtirish ishlariga odamlarni jalb qilish taqiqlab qoʻ-
yildi.
Vaziyatga jahon hamjamiyati alohida munosabat bil-
dirdi. Ular buni Oʻzbekiston Prezidentining gʻarb uslu-
bida ishlay boshlagan matbuot xizmati faoliyatida yangi
davr deb baholashdi. Tabiiyki, bu meni yana ham ilhom-
lantirib yubordi. Biz baʼzi voqealar haqida hatto oldindan
xabar berib, Prezidentning qayerga, nima uchun borayot-
gani, qaysi masalalar muhokama qilinishini gapiradigan
boʻldik. Toʻgʻri, xalqaro miqyosda bu oddiy holat boʻlishi
mumkin. Lekin bizda oldinlari bunday ishlanmas, bu biz
uchun yangilik edi.
171 / MATBUOT KOTIBI
Biz davlat rahbarining faoliyatini, har bir qadamini
haqqoniy koʻrsatishni yoʻlga qoʻydik. Prezident nima ish-
lar bilan shugʻullanishi haqida odamlarda tasavvur paydo
boʻldi. Xalq uning hashamatli kabinetga kirib olib, buyruq
berib oʻtiradigan inson emasligini bildi. Tinimsiz butun
mamlakatni aylanib, yigʻilishlar oʻtkazadigan, chet ellar-
ga safar qilib, oliy darajadagi muzokaralar olib boradi-
gan, muhim bitimlar imzolaydigan yurt rahbarini koʻrdi.
Oʻzbekiston qisqa muddat ichida hamma qoʻshnilar bilan
munosabatlarni yaxshilab oldi, toʻxtab qolgan koʻpgina lo-
yihalarni qayta ishga tushirdi. Yoʻllar, chegaralar ochildi,
biznes aloqalar tiklandi. Bularning hammasi — haqiqiy
diplomatiya. Biz esa barchasini xalqqa koʻrsatib borardik.
Prezident kecha-yu kunduz tinim bilmay ishlardi. Bun-
day tezkor hayotni hatto tasavvur qilish qiyin. Uyga bir-
rov borib kelishga ham vaqtimiz yoʻq, hali u viloyatga, hali
bu viloyatga safarga chiqib ketamiz, materiallarni ham
yoʻl-yoʻlakay montaj qilamiz. Mashinadan samolyotga, sa-
molyotdan mashinaga oʻtirib, butun respublikani aylanib
chiqamiz. Zafarga erishish yoʻlida yurish emas, yugurish
kerak, deyishadi. Aks holda, bir joyda turib qolasan. Biz-
ning vaziyatda esa mamlakatimiz jarlikka ogʻib ketmasligi
uchun Prezident yeldek uchishiga toʻgʻri kelardi.
Taʼlimdan tortib, qishloq xoʻjaligigacha, barcha soha-
larda muammolar yetarli, hammasini boshqatdan tiklab
chiqish kerak edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |