161 / MILLIY TV
2017-
yil
emas. Davrning oʻzi buni talab etayotgandi: siyosat odam-
larga tushunarli, yaqin boʻlishi kerak.
Bilishimcha, u paytda Prezidentning matbuot kotibi
lavozimiga Sherzod Qudratxoʻja nomzodi koʻrilayotgan
ekan. Eshitib, xursand boʻldim. Sherzod aka juda tajriba-
li jurnalist. Oʻzbekiston hamda yaqin va uzoq xorij davlat-
lari oʻrtasida doʻstona aloqalar oʻrnatilayotgan payt, oʻsha
kunlari ham Prezident rasmiy safar bilan Janubiy Koreya-
ga borishi rejalashtirilgandi. Xususiy telekanalga va bu so-
hada tajribaga ega boʻlganim uchun tashrifni yoritishda
yordam berishimni soʻrashdi. Men jon deb rozi boʻldim.
Butun jamoamni toʻpladim, Shuhrat Jalilov, Husan
Salihovni jalb qildim, kerakli texnik uskunalar, montaj
stollarini, salkam butun telekanalni olib, Seulga uchdik.
Ish uchun alohida xonani band qilib, koreyalik televide-
niyechilar bilan muzokaraga kirishdik. Efirni Toshkent-
ga toʻgʻridan toʻgʻri uzatib turish uchun sunʼiy yoʻldoshni
ijaraga oldik. Koreyaning oliy darajadagi davlat tadbirla-
rini translyatsiya qilish huquqiga ega eng zoʻr telekanali-
dan ijaraga PTS36 olib turdik. Unga qoʻshib, butun jamoa-
sini yolladik.
Bu biz uchun shunchaki topshiriq emas, haqiqiy
drayv — hissiyotlarni junbushga keltiradigan voqea boʻldi!
Shu paytgacha OAVga rasmiy uchrashuvlardan tuzukroq
surat ham berilmas, biz esa birinchi marta xorijga tashrifni
toʻgʻridan toʻgʻri efirga uzatmoqchimiz!
162 / MILLIY TV
Saida Shavkatovna ham Koreyaga keldi. Men Saida
bilan Sherzod akaga jonli efirga chiqmoqchi ekanimiz-
ni aytdim. Shu payt Sherzod akaga Toshkentdan qoʻngʻi-
roq boʻldi: «Yoʻq! Hech qanday jonli efirga ruxsat yoʻq!» —
bu gap eʼtirozga oʻrin qoldirilmaydigan ohangda
aytildi.
Boshimdan bir chelak muzdek suv agʻdarilgandek his
qildim oʻzimni. Nima uchun jonli efirni taqiqlashdi ekan
deb, oʻtirib oʻylay boshladim. Hoynahoy, butun dunyoga
sharmanda boʻlmaylik, deb choʻchishgan. Bunday ishlarda
tajribamiz yoʻq-ku, nimadir oʻxshamay qolishidan xavotir
olishyapti. Saidaga uchrashdim:
— Bizni eplay olmaydi bular, deb oʻylashyapti, shuning
uchun ruxsat tegmagan. Bunaqa yuqori darajadagi xalqa-
ro translyatsiya birinchi marta boʻladi-da. Lekin buni qi-
lishimiz shart, ishoning! Xoʻp, nima muammo chiqishi
mumkin? Efir koreyalik superprofessionallar qoʻlida boʻl-
sa, mendan boshqa birorta oʻzbek yoʻq u yerda, qiladigan
ishim ham faqat komanda berish, xolos. Agar shu ishni
hozir qilmasak, hech qachon qilolmaymiz, tushunyapsiz-
mi? Zarurat tugʻilsa ham! Chunki hech qaysimizning taj-
ribamiz boʻlmaydi. Urinib koʻrishimiz shart! Qoʻlimizdan
nimalar kelishini koʻrsatishimiz kerak!
— Bilib boʻlmaydi-da... — ikkilanib qoldi Saida. Unga-
yam osonmas edi. Lekin davlat rahbari matbuot xizmati-
163 / MILLIY TV
ning yangi pogʻonaga chiqishi uchun qulay fursat kelgani-
ni tushunib turardi.
— Keling, harakat qilib koʻraylik, — dedim men. —
Agar eplolmasam, meni Mustaqillik maydoniga olib
chiqib, otib tashlashsa ham mayli. Qamalib ketishga ham
roziman. Menga baribir.
Jonli efir gʻoyasi miyamda tinimsiz aylanar, uni udda-
lashimizga azbaroyi ishonchim komilligidan Saidani ham
koʻndirdim. Bu haqiqiy avantyura edi, chunki hech kimni
ogohlantirmadik. Bir qarorga keldik: jonli efirga chiqa-
miz, u yogʻi nima boʻlsa boʻldi. Men nima qilayotganim-
ni juda yaxshi tushunib turardim — Toshkentdan boʻlgan
buyruqqa qarshi borayotgan edim. Yana qaysi bir tuman
miqyosidagi Navroʻz tadbirida emas, hukumatlararo uch-
rashuvda! Xalqaro protokolga qay darajada qatʼiy rioya
qilinishi, eng mayda narsa ham muhim ekanini hisobga
olsak, bu hazilakam qaror emas edi.
Jonli efir taqiqlanganidan hech kimning xabari yoʻq,
shuning uchun MTRKdagilar tayyor turgandi.
Balki bilishgandir ham, ammo sharmandam chiqishi-
ni tomosha qiladigan vaqt keldi, deb oʻylagan boʻlishlari
mumkin. Oʻzi meni hech qachon yoqtirishmasdi, shuning
uchun: «Bu oʻzboshimcha Allamjonovning rasvosi chiqsa,
oʻzidan koʻrsin, aralashib nima qilamiz?» — deyishgandir.
164 / MILLIY TV
Xullas, tantanali marosim boshlandi. Hammasi shu-
naqa chiroyli oʻtdiki... Otlar tuyoqlarini qarsillatib gijing-
lagan, bayroqlar hilpiragan, tantanali musiqa yangragan...
Manzaramisan manzara! Delegatsiyamiz aʼzolari savlat
toʻkib turibdi, hammalarini yaqqol koʻrsatdik. Ikki dav-
lat Prezidentlari qoʻl berib salomlashdilar. Bu voqea oʻsha
zahoti Oʻzbekistonda ham namoyish etildi. Men ham su-
ratga tushib qolgan ekanman: boshimga kapyushonimni
ilib, asbob-uskunalar orasida bukchayib olib oʻtiribman —
kun sovuq edi. Qoʻlimda telefonli planshet, kadrni kuzat-
yapman. Aniq esimda, oʻtirgan joyimda: «E Xudoyim, ish-
qilib hammasi yaxshi oʻtsin, Oʻzing yordam ber, sharman-
da qilma…» — deb tinmay duo qilganman.
Hammasi zoʻr boʻldi! Jonli efir boshlaganimizni koʻrib,
koreyaliklar ham marosimni toʻgʻridan toʻgʻri koʻrsatish-
di. Hammasi kutganimizdan ham silliq oʻtdi: birorta ka-
mera bir marta ham oʻynab ketmadi, oʻz ishiga talabchan
koreyaliklar shunaqa rakurslarni tanlashibdi-ki, tasvirlar
qoyilmaqom chiqdi oʻziyam. Koreya bilan Oʻzbekiston bu
tashrifni bir paytda, birgalikda tomosha qildi. Oʻzbekis-
ton tarixida hali bunaqasi boʻlmagandi.
Tabiiyki, Prezident qarorgohga qaytgach, shu zahoti
oila aʼzolari, yaqinlari qoʻngʻiroq qilib, hammasi juda zoʻr
oʻtganini aytib, tabriklashibdi.
Prezident ham materialni koʻrib: «Yashanglar! Juda
yaxshi ishlabsizlar! Uddasidan chiqibsiz!» — dedilar.
165 / MILLIY TV
Men haq boʻlib chiqdim.
Ertasiga tadbirkorlar uchrashuvini ham jonli efirda
koʻrsatdik. Xullas, hammasi yaxshi ketdi.
Safardan qaytdik. Kutilmaganda matbuot kotibi qilib
meni tayinlashmoqchi ekanligini eshitib qoldim. Yoʻgʻ-e,
boʻlishi mumkin emas! Allaqachon davlat xizmatidan ket-
gan odamman, menga buning keragi yoʻq, yuribman erkin
qush boʻlib, nima qilaman buni? Men hatto opershtabning
majlislariga ham kirmasdim. Sherzod aka bor-ku, zarur
nimadir gap boʻlsa, oʻzi aytardi. Mening ishim yordam be-
rish, xolos. Hazillashyapsizmi? DSQdan keyin boshqa hech
qachon davlat ishida ishlamayman, deb oʻz-oʻzimga soʻz
berganman va shu qarorimda qatʼiy turishga ahd qilgan-
man. Koreyada ham kerakli tasvirlarni olib boʻlib, rasmi-
yatchilikka aloqasi yoʻq erkin odamlarday, shahar aylanib
yurdik. Xohlasam ishga kelaman, xohlamasam — kel-
mayman. Birov gʻing demaydi. Menga yana nima kerak?!
Qolaversa, Sherzod akaning oldida ham noqulay edi,
xuddi hammasini ataylab uyushtirganday boʻlib qola-
man-ku. Balki, Sherzod aka haliyam shunaqa deb oʻylab
yurgandir.
Uch marta rad javobini berdim, kadr ortida yordam-
lashib turishimni aytdim. Lekin hadeb yoʻq deyaverish
ham notoʻgʻri edi. Bu yogʻiga nima ishlar boʻlgani oʻzin-
gizga maʼlum. Togʻda yotibman, koʻrada kabob pishirib.
166 / MILLIY TV
Bir mahal Zaynilobiddin Nizomiddinov qoʻngʻiroq qilyap-
ti: «Tabriklayman, endi siz Prezidentning matbuot koti-
bisiz…»
Xuddi oʻsha kunlari «Avtotest» bilan «Anhor.uz» on-
layn OAV oʻrtasida jang boʻlayotgan edi. Lola Islomovaning
chiqargan maqolasi menga qattiq tegib ketgandi. Men fi-
ribgar ekanman, monopolist ekanman, davlatni oʻmarib-
man, Vazirlar Mahkamasini ham «sotib olgan» emishman.
Vaholanki, Vazirlar Mahkamasi birorta loyihani osonlik-
cha qabul qilmaydi. Yigirmadan ortiq vazirlik bor, loyiha-
ni har bittasiga yuborib, tasdiqlatish kerak, hamma vazir-
larning «ogʻzini moylash» u yoqda tursin, bittalab oldiga
kirib chiqishning iloji yoʻq. Bu diplom himoyasidan ham
qiyin. Har bitta idora loyiha qanchalik maqsadga muvo-
fiqligi, qay darajada foyda keltirishini oʻzining yoʻnalishi
boʻyicha sinchiklab oʻrganib chiqadi. Chunki ertaga bir
gap boʻlsa, ular javob berishadi. Xohlagan vazirlik shart-
ta rad qilishi mumkin. Oʻsha paytda men «Anhor» bilan
kurashga astoydil bel bogʻlagandim. Yuristlarim maqola-
ni tahlil qilib, fuqarolik kodeksining bir necha moddasi
buzilganini aniqladilar. Lolani idoralarga chaqirtira bosh-
lashdi.
Xullas, matbuot kotibi etib tayinlandim. Prezidentning
matbuot kotibi oldinlari OAVga ham norasmiy kuratorlik
qilardi. Chunki OʻzMAAdan amalda hech qanday foyda
yoʻq edi. Men matbuot kotibi sifatida mustaqil xususiy
nashrni yoʻqotishga urinayotgandek boʻlib qoldim. Shun-
167 / MILLIY TV
doq ham koʻpchilik goʻrimga gʻisht qalab yurgan vaqtlar.
Lekin biznes bilan shugʻullangan paytlarim birovlarning
men haqimda nima deb oʻylashiga, gap-soʻziga umuman
parvo qilmasdim. Ammo Prezidentning imijiga javob be-
radigan, bunchalik masʼuliyatli lavozimda oʻtirgan man-
sabdor har bir qadamini oʻylab bosishi kerak. Kamiga
Sergey Yejkov yangi matbuot kotibi soʻz erkinligini boʻgʻa-
yotgani haqida birpasda maqola chiqarib yubordi.
«Anhor» bilan bogʻliq hamma rejalarimga nuqta qoʻy-
dim. Oʻrtamizdagi dushmanlik keyinchalik doʻstona mu-
nosabatlarga aylanishini, Lola Islomova bir kun kelib
Mass-media fondi huzuridagi Jamoatchilik kengashining
raisi boʻlishini kim ham oʻylabdi deysiz?!
169 / MATBUOT KOTIBI
Prezident Matbuot xizmatiga kelganimda, u yerda-
gi hammani boʻshatib, jamoani yangidan tuzishni masla-
hat berishdi. Lekin men unday qilmadim. Bor xodimlarni
toʻplab, har biriga razm soldim.
Toʻgʻri, bu tizimga yana odamlar qoʻshildi, lekin ular
yangi lavozimlarni egalladilar. Matbuot xizmatining aso-
siy xodimlari joyida qoldi.
Oʻshanda bir narsani tushunib yetdim — ish siljima-
yotgan boʻlsa, bunda oddiy xodimlarning deyarli aybi yoʻq.
Ularni xira tortgan yulduzga oʻxshatish mumkin. Xodim-
lar ongini qoʻrquv-xavotirdan, «mening gʻoyalarim hech
kimga kerakmas», «siz — xoʻjayin, men nodonman», «fik-
rim baribir hech kimni qiziqtirmaydi» degan qarashlar-
dan tozalash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |