Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda


 / MEN «FORBS» ROʻYXATIGA QANDAY KIRDIM? 146 /



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

145 / MEN «FORBS» ROʻYXATIGA QANDAY KIRDIM?


146 / MEN «FORBS» ROʻYXATIGA QANDAY KIRDIM?
DSQda Abbos Hamidovich Latipov bilan yaqin boʻlib 
qoldik. U meni shogirdi deb hisoblar, menga oʻzi toʻgʻri 
deb bilgan hayot qonuniyatlarini oʻrgatardi. Yaxshi ting-
lovchi boʻlganman, shekilli. Latipovning hayot qonunlari 
oddiy edi —hamma narsa sotiladi va sotib olinadi, ham-
mani sotib olish mumkin, choʻntagingda puling boʻlsa, har 
qanday ayol orqangdan ergashib ketadi; hamma aldoqchi, 
hammaga oʻzining joni shirin, hech kimga ishonma. Siyo-
satga tupur, bu dunyoda faqat pul muhim. U mengayam 
ishonmasdi, vaqti-vaqti bilan tekshirib turardi. 
Men uning gaplarini bir umrga eslab qoldim. Toʻgʻri-
rogʻi, juda muhim bir haqiqatni tushunib yetdim: oʻzing 
nimani yozsang va qabul qilsang, sen uchun hayot qonu-
niyati shu ekan. Universal qoida yoʻq, oʻzingga maʼquli-
ni yozasan va shu qoida ishlaydi. Agar men: «Hammani-
yam sotib olib boʻlmaydi, hamma ayollar ham pul uchun 
orqamdan ergashib ketavermaydi, buni aniq bilaman», — 
desam, demak, har qanday odamning pulga sotilishini me-
Maqolaning tepasida kichkina qilib, «promo» deb yozib 
qoʻyilganiga hech kim eʼtibor bermaydi-da.
Lekin oʻshanda endi qaysi yoʻldan ketishimni oʻzim 
uchun aniq belgilab olgandim. Kim boʻlmoqchiman — 
amaldormi yoki tadbirkormi? Hisobimda yetarlicha pul 
boʻla turib, oʻzimni qashshoq koʻrsatishni xohlarmidim? 
Yoʻq, xohlamas ekanman.


147 / MEN «FORBS» ROʻYXATIGA QANDAY KIRDIM?
ning oʻzim xohlamayman. Boylikka, pulga uchmaydigan, 
samimiy munosabatni birinchi oʻringa qoʻyadigan ayol-
lar bor boʻlsin, deyman. Odamlarga ishongim keladi, shu-
ning uchun mening hayotiy qonuniyatimda «hech kimga 
ishonma» degan gap yoʻq. Toʻgʻri, bu bilan adashishdan 
himoyalanib qolmayman, baʼzan xato qilishim mumkin. 
Lekin hech kimga ishonmasang, hamma alday boshlaydi.
Abbos Hamidovich yaxshi odam edi, rosa qiziqchi kishi 
edi. Majlislarda hamma yon daftarchasini olib, rahbari-
yatning ogʻzidan chiqqanini yozib olishga harakat qilar-
di. Abbos Hamidovich ham jiddiy qiyofada, hafsala bilan 
yozib oʻtirardi. Keyin meni kabinetiga chaqirib olib, yoz-
ganlarini oʻqib berar edi.
«Xoʻsh… Gadoyev boplab Musayevni «podstava» qildi. 
Oʻzi suvdan quruq chiqib ketmoqchi … Hamma ayb ma-
navi …larning oʻzlarida. Parpiyev buni tushunib, enasi-
ni koʻrsatdi. Voy yaramas …lar! Baqrayib turib aldashini 
qara, iflos …! Shartta turib, hammasi yolgʻon, gapni op- 
qochyapti, siz …lar boʻlsa unga ishonib oʻtiribsiz, de-
sang-da, e mayli …»
Parpiyev gap orasida unga ham tashlab qolardi: «Hoy, 
Latipov!» Abbos Hamidovich oʻrnidan turib, mutlaqo 
jiddiy qiyofada «Xoʻp boʻladi, xoʻp boʻladi, Botir Rahma-
tovich…» der, keyin joyiga oʻtirib, yana daftariga yozish-
da davom etardi: «Baribir meni turgʻizdi-ya …! Nima deb 


148 / MEN «FORBS» ROʻYXATIGA QANDAY KIRDIM?
javob berishni bilmadim...» Shu joyida nuqtalar oʻrniga 
oʻzingiz bilgan har qanday soʻkish iborasini qoʻysangiz, 
uning nima deb yozganini tushunasiz. Abbos Hamido- 
vichning uch soatlik majlis davomida yozgan kulgili, uyat 
soʻzlarga toʻla konspektini oʻqiganimda, kulaverib, duma-
lab qolardim. Asosiysi, yozganlarida hamma narsa aniq-ti-
niq koʻrinardi, xuddi rasmiy shaxsning egnidan formasini 
yechib, qip-yalangʻoch turgʻizib qoʻysangiz, oddiy fikrlay-
digan oddiy odamga aylanib qoladigandek. 
Keyin oramizga sovuqchilik tushdi. U bir jiyanini ta-
nishtirib: «Shuni odam qilib ber, u-bu narsa oʻrgatar-
san», — deb menga qoʻshib qoʻydi. Xursand boʻldim,
oʻzimni ustozdek his qilib, yigitchani yonimda olib yur-
dim. Men kunimni oʻzim koʻrardim, hech kimdan hech 
nima soʻramas, undirmas edim. Jiyan esa togʻasiga qayer-
ga borishimni-yu nima yeb, nima kiyishimni, kimlar bilan 
qayerda oʻtirishimni — hamma gapni yetkazib turar ekan, 
kamiga qoʻshib-chatib ham qoʻyarkan. Negadir Abbos 
Hamidovichning menga munosabati yomon tomonga oʻz-
gara boshladi. Oxiri bir kuni portladi. «Men senga shun-
chalik sharoit yaratib berdim, otang qilmagan yaxshilik-
larni qilganman!», — deb doʻq urib ketdi. Yana soʻkinib, 
ham oʻzimning, ham ota-onamning shaʼniga ancha xunuk 
gaplarni aytdi. Oʻsha paytda qoʻlimda toʻpponcha boʻl-
ganida, menimcha, uni otib tashlagan boʻlardim. Chunki 
men uchun muqaddas boʻlgan ota-onamga til tekkizdi, iz-
zat-nafsimni oyoqosti qildi. Lekin bu haqoratlarni ichim-
ga yutdim, javobini keyinga qoldirdim. 


149 / MEN «FORBS» ROʻYXATIGA QANDAY KIRDIM?
Shundan keyin mening BMW X6 mashinamni olib 
qoʻymoqchi boʻldi. U paytda hali davlat tashkilotida ish-
lardim, shuning uchun bu mashinamni minmas edim. X6 
olishni bir umr orzu qilganman, surati kompyuterimning 
monitorida turardi, koʻchada duch kelsam, orqasidan 
havas bilan qarab qolardim. Xullas, oʻsha orzum roʻyobga 
chiqib, xuddi shunaqasini sotib olgandim. 
Janjaldan keyin oradan bir muncha vaqt oʻtib, menga 
GAIdan qoʻngʻiroq qilishdi. Mashinamning raqami va fa-
miliyamni aytib, jarima maydonchasiga olib kelishimni 
talab qilishdi. Qayerdadir tezlikni oshirganmishman. 
— Adashmayapsizmi? Mashinam garajda turibdi-ku, — 
dedim.
Ular esa aqllilik qilmasdan BMWni maydonchaga olib 
borib qoʻyishni qoʻpol ohangda buyurishdi. Mayli, koʻn-
dim. Mashinam nega hibsga olinganini aniqlash uchun
oʻziyam bir oy yugurdim. U kabinetdan bu kabinetga
rosa sarson qilishdi. Bir amallab mashinamni olib chiq-
dim — tanishlarni ishga solishga toʻgʻri keldi. Bunaqa zoʻ-
ravonlikni koʻrib, ular ham hayron boʻlishdi. Bu ishning 
orqasida kim turganini oʻshanda bildim. Abbos Hamido-
vich oʻzicha reja tuzgan ekan: «Allamjonovning mashina-
sini jarima maydonchasiga qoʻyib qoʻyamiz, keyin dav-
lat xizmatchisining bunchalik qimmat mashinasi boʻlishi 
mumkin emas, deb qoʻrqitamiz. Qarabsizki, mashinasini 
nomimizga oʻtkazib beradi».


 Bu ham men uchun yana bitta saboq boʻldi: odam aj-
ratishni oʻrgandim. Yoningda yurib, doʻstingman deydi-
ganlarning aslida kimligini koʻra bilish kerak ekan. Bu 
voqea sabr kosamni toʻldirdi. Davlat xizmatchisi boʻlishni, 
BMWni garajda chang bostirib, oʻzim koʻzboʻyamachilik-
ka «Neksiya»da yurishni xohlamas ekanman, bunga ishon-
chim komil boʻldi. Baribir pora olmayman. Oʻsha paytda-
gi siyosiy tizimda esa davlat xizmatida yurib, umringni 
sarflagan ishing ertami-kechmi hech kimga kerak boʻlmay 
qolardi. Shunday ekan, bu omonat kursining menga nima 
keragi bor? Axiyri bir kun eng yuksak choʻqqiga — davlat 
beradigan uy bilan mashinaga erishish uchunmi?! Oʻsha 
uyni ham, mashinani ham hoziroq, oʻzimning pulimga 
olishga qurbim yetsa, buning nima zarurati bor? 
Hayotimda burilish yasagan qarorga turtki boʻlgani 
uchun Abbos Hamidovichga rahmat.
150 / MEN «FORBS» ROʻYXATIGA QANDAY KIRDIM?

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish